Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Rus filologiyasi fakultetida she’riyat kunlari bo‘lib o‘tmoqda

Rus filologiyasi fakultetida o‘zbekistonlik rusiyzabon shoir va yozuvchilar ishtirokida she’riyat kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Shunday kechalarning birida talabalar Vika Osadchenko, Bax Axmedov, Murtaz Saxibov, Olesya Say, Alina Dadayeva kabi shoirlar ijod namunalarini eshitishga muvaffaq bo‘ldilar.

Batafsil

«Sen yolg‘iz emassan» xayriya aksiyasi

Geografiya va ekologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari va talaba yoshlari «Kamolot» YoIH bilan hamkorlikda Samarqand shahar 10-son bolalar mehribonlik uyida 1 iyun «Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni»ga bag‘ishlab «Sen yolg‘iz emassan» shiori ostida xayriya aksiyasini o‘tkazdi. Aksiya tadbirida fakultet talabalari o‘zlarining turli chiqishlari bilan jajji bolajonlarni xursand qilib, ularga esdalik sovg‘alarini topshirdilar.

Batafsil

Yoshlarga e’tibor - kelajagimizgа e’tibor

1 iyun «Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni» munosabati bilan 2017 yil 1 iyun kuni Viloyat xalq ta‘limi boshqarmasiga qarashli 10-son Mehribonlik uyida SamDU biologiya va kimyo fakulteti professor-o‘qituvchilari va 1-kurs talabalari mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan «Yoshlarga e’tibor - kelajagimizga e’tibor» mavzusida uchrashuvi o‘tkazildi.

Batafsil

Huquqbuzarlikni oldini olish bo‘yicha o’tkazilgan profilaktik tadbir

SamDU Geografiya kafedrasi o’qituvchilari hamda Payariq tuman IIB xodimlari hamkorligida 2017 yil 1-iyun kuni Payariq Kattaturk xizmat ko’rsatish va Payariq maishiy xizmat va servis kasb hunar kollejlari bilan hamkorlikda profilaktika tadbiri o’tkazildi.

Batafsil

Aqidaparastlikka yo‘l yo‘q

Rus filologiyasi fakultetida O'zbekiston musulmonlar idorasi Samarqand viloyat vakilligi bilan hamkorlikda talabalarni turli diniy oqimlar ta'siridan asrash hamda missionerlik faoliyatining oldini olishga qaratilgan "Din, aqidaparastlik va tahdid" mavzuidagi tadbir bo'lib o'tdi.

Batafsil
http://www.samdu.uz/assets1/plugins