“Targ‘ibot poyezdi” loyihasi ishtirokchilari Samarqandga keldi

img

      “Saylov – 2021: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida “Targ‘ibot poyezdi” loyihasi ishtirokchilari Samarqand davlat universiteti tomonidan kutib olindi.

     Ma’lumki, Prezident sayloviga ham sanoqli kunlar qolmoqda. Mazkur siyosiy jarayonda talabalarning faol ishtirokini ta’minlash, saylovga oid bilimlarini rivojlantirish hamda ularga vatanimiz ravnaqi yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatini yetkazish maqsadida “Saylov – 2021: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida “Targ‘ibot poyezdi” loyihasiga start berildi.

     Bugun ushbu loyiha ishtirokchilari Samarqand davlat universiteti tomonidan kutib olindi.

     Loyiha respublikaning 14 ta hududida joylashgan oliy ta’lim muassasalari va filiallarida joriy yilning 13–15-oktabr kunlari o‘tkaziladi.

      Loyiha doirasida Toshkent davlat yuridik universitetining malakali professor-o‘qituvchilari boshchiligidagi iqtidorli talabalardan iborat targ‘ibot guruhlari tomonidan hududlardagi oliy ta’lim muassasalari va filiallari talabalarining saylovga oid bilimlarini oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlari, ma’naviy tadbirlar tashkil qilinadi.

 

Samarqand davlat universiteti Axborot xizmati
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar