Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Tibbiy madaniyat- sog‘lom hayot

img


Samarqand davlat universitetida “Yoshlar o‘rtasida tibbiy madaniyatni oshirish, tibbiy ko‘rikning sog‘lom hayot kechirishda tutgan o‘rni” mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda Samarqand shahar Xotin-qizlar qo‘mitasi, Samarqand shahri reproduktiv salomatlik markazi, Jamiyat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil etish ilmiy tadqiqot instituti Samarqand viloyati hududiy bo‘linmasi va Samarqand Davlat universiteti Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida tashkil etildi. 
Tadbirda “Yoshlar o‘rtasida tibbiy madaniyatni oshirish, tibbiy ko‘rikning sog‘lom hayot kechirishda to‘tgan o‘rni”, “To‘ylar haqida-o‘ylar”, “Nikohlanuvchi shahslarning tibbiy ko‘rigi”, “Nikohdan oldingi tibbiy ko‘rikning ahamiyati” “Oila mustahkam qo‘rg‘on” mavzularidagi ma’ruzalar tinglandi.
Davra suhbati davomida talabalar tibbiy ko‘rik sog‘lom hayotni tashkil etishda muhim ekanligi haqida bilimlarga ega bo‘lishdi. Tadbirda talabalar o‘zlari qiziqtirgan savollarga javob oldilar. 

http://www.samdu.uz/assets1/plugins