Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

SamDU talabalari o‘rtasida sport musobaqalari boshlandi

img

Samarqand davlat universitetida fakultetlararo va bo‘limlararo talabalarning 70-spartakiadasi boshlandi.
Spartakiada mobaynida sportning basketbol, voleybol, qo‘l to‘pi, yengil atletika, stol tennisi, shaxmat, mini futbol, kurash, dzyudo kabi turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Mazkur musobaqalardan ko‘zlangan maqsad yosh avlodni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish, ularning jismonan baquvvat, ma’nan yetuk insonlar etib tarbiyalash, talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va shu orqali ularning madaniy dam olishlarini ta’minlash hisoblanadi. 
Kelgusi yilning apreligacha davom etadigan sport musobaqalarida universitet talabalaridan yuzlab yigit-qizlarning ishtirok etishlari kutilmoqda.

Mavlon Boboxonov, 
Rus filologiyasi fakulteti dekanining 
ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari

http://www.samdu.uz/assets1/plugins