2021-yil 22-fevral kuni Samarqand davlat universiteti kimyo fakulteti 1-bosqich talabalari uchun viloyat o’lkashunoslik muzeyiga ekskursiya tashkil etildi. Talabalar tariximizning turli davrlariga oid eksponatlar bilan tanishib chiqdi. Muzey ilmiy xodimlari tomonidan muzey ekspozitsiya zallarida talabalarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.