Samarqand Davlat universitetida “Xitoy yangi yil bayrami” nishonlandi

img

2021-yil 22-fevral kuni Samarqand Davlat universitetida, Xalqaro ta'lim dasturlari fakulteti talabalari, Xitoydan kelgan mehmonlar va Konfutsiy instituti o'qituvchi va o'quvchilari birlashib, "Xitoy yangi yili"ga bag'ishlangan tantanali bayram  bo'lib o'tdi.

Tadbir davomida xitoy urf-odatlari, xitoy tilidagi she'rlar, o'zbek va xitoy milliy raqslari va qiziqarli o'yinlar namoyon qilindi, talabalar tomonidan qiziqarli va ma'noga boy savollar berildi. Tadbir yakunida talabalarga va kelgan mehmonlarga esdalik sovg'alari taqdim qilindi.