Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

"SamDUning barcha yo'nalishlari professor-o’qituvchilari psixologiya va metodologiya usullarini nozik sirlarini o’rganishmoqda"

img

Bugungi kunda jahonda keng tarqalgan COVID-19 pandemiyasi sababli dunyo ilm ahlining bevosita muloqoti cheklanib qoldi. Ammo shunday bo’lsada ilm ahli yangi ilmiy natijalarga erishishga harakat qilib kelmoqda. Dunyo olimlari masofadan turib muloqotni keng yo’lga qo’ydi. Bu borada Samarqand davlat universiteti Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti jamoasi ham samarli tarzda ilmiy tadqiqotlarini davom ettirmoqda. Fakultet professor-o’qituvchisi Sh. Axmedova bir qancha vaqtdan beri Hindistonning Mumbay Texnologiya universiteti professori Azizuddin Khan bilan birga ilmiy izlanishlar olib bormoqda edi. Bugungi kunda esa bu hamkorlikni yanada kengaytirib, Zoom dasturidan foydalanilgan holda Hindistonning Mumbay Texnologiya universiteti professori Azizuddin Khan tomonidan olib borilayotgan masofaviy vibenarlarda psixologiya va metodologiya sohasida ilmiy tadqiqotda qo’llaniladigan metodlar bilan birgalikda yangi tadqiqot usullari o’rgatilib kelinmoqda. Nafaqat fakultet jamoasi balkim, SamDUning barcha yo'nalishlari professor-o’qituvchilari, doktorantlari va talabalari psixologiya va metodologiya usullarini nozik sirlarini o’rganishmoqda. Barcha ishtirokchilar ingliz tilida olib borilayotgan bunday masofaviy ta’limdan mamnun bo'lib yangi va zamonaviy bilimlarni egallashga intilmoqdalar.