Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Tabriklaymiz!

img


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 martda qabul qilingan “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to’g’risida”gi qarori bilan a’lo xulqi, noyob iste’dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o’qishdagi muvaffaqiyatlari hamda ta’lim, fan, adabiyot, san’at, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun 28 nafar iqtidorli qizlar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Ular orasida universitetimiz talabalari ham borligi juda quvonarli:

Musulmonova Kamola Xusniddin qizi - Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti 2-bosqich magistranti.

Usmanova Nurinisso Olimovna - Samarqand davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti 1-bosqich talabasi

 

8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Samarqand Davlat universiteti Xotin-qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti raisi dosent To’xliyeva Sharofat Bektashevna “Mo’tabar ayol” ko’krak nishoni bilan taqdirlani.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan qizlarimizni va Sh.B.To’xliyevani “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan universitet rahbariyati, barcha fakultetlar yetakchilari, SamDU jamoasi, yoshlar, talabalar nomidan qo’shaloq bayram bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.