Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Oliy ta'limni korrupsiyasiz sohaga aylantirish-ustivor vazifa

img

Samarqand Davlat universiteti faollar zalida bo’lib o’tgan tadbirda Samarqanddagi barcha oliy o’quv yurtlarining rektorlari va professorlari, fakultetlar dekanlari, kafedra mudirlari, Yoshlar Ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchilari, matbuot hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Yig’ilishni SamDU rektori Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov olib bordi.

Unda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati qonunchilik sud-huquq masalalari hamda korrupsiyaga qarshi kurashish qo’mitasi raisi Botir Matmurodov ma’ruza qildi.

  • Davlatimiz rahbari Parlamentga, xalqimizga murojaatida korrupsiyaga qarshi kurashish barchaning, rahbarlardan tortib oddiy fuqarolargacha insoniy burchiga, qalb da’vatiga aylanmog’i shartligini alohida ta’kidlangani bejiz emas, -deya so’zini boshladi ma’ruzachi. – Oliy ta’lim korrupsiyasiz, to’g’ri, shaffof, halol, vijdonan bo’lmog’i kerak.
  • Har bir shahs, qaysi lavozimda bo’lishidan qat’iy nazar Prezidentimizning gaplaridan tegishli xulosa chiqarishi, biz barchamiz korrupsiya holatlariga nisbatan murosasiz bo’lishimiz kerak. Korrupsiya- ta’limni, taraqqiyotni jilovlaydi, to’g’anoq bo’ladi. Unga nisbatan e’tiborsizlik qilmaylik…

Yig’ilishda korrupsiyaga qarshi kurashda barchamiz faol bo’lish bilan birga, bu ishga aholini, keng jamoatchilikni, faol yoshlarimizni, talaba yigit-qizlarni jalb etish lozimligi takidlandi.

SamDU

SamDU

SamDU

SamDU matbuot xizmati.