​  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 fevraldagi 56-F farmoyishi asosida 2020 yil 21-22 fevral kunlari Samarqand davlat universitetida “Samarqand viloyatini innovasion rivojlantirish: muammolar va yechimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o’tkazildi.

  Konferensiyada respublika oliy ta’lim muassasalari ilmiy ishlar va innovasiyalar bo’yicha prorektorlari, ilmiy-tadqiqot institutlarining ilm-fan bo’yicha direktor o’rinbosarlari, viloyat tarmoq tashkilot rahbarlari, ishlab chiqarish korxonalari hamda boshqa turli tashkilotlardan taniqli mutaxassislar, olimlar xududlarni innovasion rivojlantirish bo’yicha shu kunning dolzarb muammolarini muhokama qilishdi.

  Konferensiya davomida, xududlardagi muammolar muhokama qilinadi, ilmiy tadqiqot ishlarining ushbu dolzarb muammolar yechimiga yo’naltirilgan mavzulari shakllantirildi.

  Konferensiya dasturiga 171 ta ma’ruza kiritildi, 8 ta ma’ruza yalpi yig’ilishda va qolgan ma’ruzalar sho’ba yig’ilishlarida muhokama qilindi.

  Anjuman yalpi yig’ilishi va sho’ba yig’ilishlarida sohalar bo’yicha yuzdan ortiq ma’ruzalar tinglandi. Ma’ruzalarda viloyat hududida mavjud muammolar olimlar va soha mutaxassislari tomonidan muhokama etildi.

  Oliy ta’lim muassasalaridan ilmiy ishlar va innovasiyalar bo’yicha prorektorlari, ilmiy tashkilotlarning ilm-fan bo’yicha direktor o’rinbosarlari anjuman davomida o’zaro tajriba almashishadi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining magistr talabalari va doktorantlarni ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli stajirovkalarga yuborish, yoshlarning startap loyihalari kabi masalalar muhokama qilindi.

  Anjuman davomida Camarqand shahridagi oliy ta’lim muassasalari olimlarining innovasion ishlanmalari ko’rgazmalari tashkil qilindi.

  Anjuman davomida Camarqand shahridagi oliy ta’lim muassasalari yosh tadqiqotchilarining startap loyihalari ko’rgazmalari tashkil qilindi.

Shuningdek, anjuman yakuniy natijalariga ko’ra, hududning soha mutaxassislari, oliy ta’lim muassasalarining professor-o’qituvchilari tomonidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida tanlovga e’lon qilish maqsadida dolzarb mavzular tanlab olindi.