Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Iqtisodiyot va biznes fakultetida nazariya va amaliyot integrasiyasi doirasida mahorat darslari boshlandi

img

Samarqand davlat universitetida  bank, moliya, soliq sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar hamda sohaga oid qonun hujjatlaridagi yangiliklar haqida professor o’qituvchilar, doktarantlar va magistrlarni muntazam xabardor qilib borish maqsadida Iqtisodiyot va biznes fakulteti tomonidan yetuk iqtisodchi olimlar va amaliyotchi mutaxassislar taklif qilinib, belgilangan reja va tasdiqlangan dasturlar asosida davra suhbatlari, mahorat darslari va sayyor darslar tashkil etilib kelinmoqda.

Universitetning 105 auditoriyasida 15.02.2020 sanada reja asosida mahorat darsi tashkil etildi. Ushbu darsda Asia Alliance bank bo’lim boshlig’i K.Abduhamidov “Raqamli iqtisodiyotda biznes reja ishlab chiqish” va “Yuksalish” umummilliy harakati Bosh mutaxassisi D.A’zamov “Biznesda muloqot” mavzusida mahorat darsi o’tkazdilar.

Tadbirda so’z olganlar Oliy Majlisga yo’llangan Prezident murojaatnomasida bank tizimida raqamli texnologiyalarni qo’llash, yangi bank mahsulotlarini joriy etish va dasturiy ta’minotlar bo’yicha zamon talablaridan 10-15 yil orqada qolayotgani, soha uchun tayyorlanayotgan kadrlarning bugungi kun talablariga javob bermasligi haqida tanqidiy fikrlar bildirib o’tilganini aytib o’tdilar.

Shundan kelib chiqib, banklarda axborot texnologiyalarini keng tadbiq etishga qodir salohiyatli mutaxassislarni yetkazib berishda oliy ta’lim muassasalari bilan bevosita amaliy hamkorlikni yangi bosqichga chiqarish bo’yicha fikr-mulohazalar va takliflar bildirildi. Jumladan, banklar o’z kadrlar siyosati va faoliyat yo’nalishlaridan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasining o’quv-uslubiy ta’minotini sifat jihatidan yaxshilash borasida bank sohasidagi so’ngi o’zgarish va joriy etilayotgan dunyo standartlari asosida nazariyotchi pedagoglar bilan amaliy ish olib borish maqsadga muvofiq ekanligi aytib o’tildi. Dars mashg’ulotlarini sohadagi bugungi islohotlar jarayoniga monandligini ta’minlash maqsadida sohaning malakali mutaxassislarini bu jarayonga jalb etish zarur.

Shuningdek, olimlar, soha mutaxassislari, tadbirkorlar va talabalar ishtirokida biznes loyihalarni iqtisodiy tahlil qiladigan muammoli tadqiqot laboratoriyalari faoliyatini yo’lga qo’yish sohani rivojlantirishga o’z hissasini qo’shadi. Aholida bank tizimiga nisbatan ishonchni shakllantirishga va banklar faoliyatiga chetdan aralashish holatlariga chek qo’yishga qaratilgan qonuniy asoslarni mustahkamlash va uning ijrosini nazorat qilish borasidagi fikr-mulohazalar ham qizg’in muhokama qilindi.