Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Yoshlar vatanga fidoylik ruhida ulg’aymoqda

img

Mexanika-matematika fakultetida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularda vatanga daxldorlik tuyg’usini yuksaltirishga qaratilgan tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirda O’zFA akademigi, SamDU matematika-fizika va funksional analiz kafedrasi mudiri S.N.Laqayev, mexanika-matematika fakulteti dekani prof. A.X.Begmatov, rezervdagi podpolkovnik G’.Qurbonov ishtirok etdi. Akademik S.N.Laqayev o’z so’zida kindik qoni to’kilgan joy har bir kishi uchun eng qadrli maskan – aziz Vatani hisoblanishini, shuning uchun qalbi uyg’oq har bir inson o’z vatanini sevishi shartligini ta’kidladi.

SamDU

Podpolkovnik G’.Qurbonov esa Qurolli Kuchlarimiz tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasida zamonaviy, tez harakatlanuvchan, yurtimiz xavfsizligi, sarhadlarimiz daxlsizligi va xalqimizning tinch-osoyishta hayotini himoya qilishga qodir puxta tayyorgarlikka ega milliy armiyamiz shakllanganini ta’kidladi.

SamDU

Tadbir davomida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.

SamDU