Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Ipak yo’li universitetlararo futbol kubogi musobaqasida SamDU talabalarining ishtiroki

img

2019 yil 22-30 oktyabr kunlari Xitoy xalq Respublikasining Sian shahridagi Shansi pedagogika universiteti (Shaanxi Normal University)da “Silk Road Cup University Football Tournament” nomli xalqaro ipak yo’li universitetlararo futbol kubogi musobaqasi bo’lib o’tdi. Hamkor universitetlar o’rtasidagi ushbu turnirda Samarqand Davlat universiteti, Rossiya Federasiyasining M.B.Lomonosov nomidagi Moskva davlat uniyersiteti, Qirg’izistonning Qirg’iziston milliy universiteti va Xitoyning Shansi pedagogika universitet talabalari ishtirok etishdi.

Musobaqada Samarqand Davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i O.Umarov, jismoniya madaniyat fakulteti “Sport pedagogik mahoratini oshirish” kafedrasi o’qituvchisi Sh.Ermatov va jismoniya madaniyat fakultetining 15 nafar talabalari ishtirok etishdi. Turnir davomida Shansi pedagogika universiteti tomonidan shaxarning ko’rgazmali joylariga sayohatlar uyushtirildi. Bundan tashqari universitetlar o’rtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bo’yicha fikrlar almashinildi. Hozirgi kunda ikki hamkor universitetlar o’rtasida ikki tomonlama diplom berish dasturi mavjud bo’lib, SamDU tarix fakultetining 7 nafar talabalari 2+2 dasturi bo’yicha Shansi pedagogika universitetida tahsil olishmoqda. Shu bilan birga, 2 nafar magistratura bosqichida va 3 nafar aspirantura bosqichida tahsil olish uchun Shansi pedagogika universitetiga talabalar yuborilmoqda xamda hamkor universitetning 2 nafar o’qituvchilari Ma Qian va Ma Xiaoyu lar universitetning xalqaro talim dasturlari fakultetiga xitoy tilidan dars berish uchun tashrif buyurmoqda.

Musobaqa natijasiga ko’ra 1-o’rin M.B.Lomonosov nomidagi Moskva davlat uniyersiteti 2-o’rin Samarqand Davlat universiteti 3-o’rin Shansi pedagogika universiteti talabalariga nasib etdi. Tomonlarga kubok va estalik sovg’alar topshirildi.

Xalqaro hamkorlik bo’limi

SamDU

SamDU

SamDU

SamDU

Xalqaro hamkorlik bo’limi