Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Hindiston elchisining tashrifi

img

Shu yilning 7-oktyabr kuni Hindistonning O’zbekistondagi Favqulotda va muxtor elchisi Santosh Dja va hamrohlari Samarqand Davlat universitetida ehtirom bilan kutib olindi.

SamDU

SamDU

Universitet rektori, professor Rustam Xolmurodov va elchi janoblari o’rtasida bo’lib o’tgan samimiy muloqotda Hindistondagi nomdor oliy o’quv dargohlari va Samarqand Davlat universiteti o’rtasida ta’lim – fan, innavasiyani rivojlantirish, kadrlar yetishtirish, ma’naviy-ma’rifiy aloqalarni mustaxkamlash xususida so’z bordi.

Hindistonlik martabali mehmon nufuzli va nomdor bulgan Dehli va Na’landa universitetlari, shuningdek, xususiy oliy ta’lim dargoxlari Samarqand Davlat universiteti bilan yaqin hamkorlik urnatishdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi. Kelgusi yili O’zbekiston va Hindistonda, xususan tarixiy qadamjolarga boy bulgan Samarqandda san’at va madaniyat kunlari o’tkazish xususidagi taklifni o’rtaga tashladi.

Shundan so’ng elchi Santosh Dja va universitet rektori Rustam Xalmuradov o’rtasida kadrlar tayyorlash, qo’sh diplomlik aloqalarini yo’lga qo’yishga qaratilgan tarixiy hujjat imzolandi.

Har ikkala taraf bir-birlariga esdalik sovg’alarini topshirishdi.

Hindistonlik mehmonlar SamDUning Xalqaro ta’lim Dasturlari fakultetida tashkil etilgan Hindiston madaniyati o’quv markazining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan tashkil etilgan Xalqaro ta’lim dasturlari markazida ayni paytda 2+2 shaklida 180 nafar talaba tahsil olmoqda.

SamDU

SamDU  

Universitet rahbari esda qolarli marosimida Xindistonning mamlakatimizdagi Favqulotda va muxtor elchisi ishtirok etayotganligi tarixiy ramziy ma’noga egaligini aytib o’tdi. Martabali mehmon har ikala davlat rahbarlarining tashabbusi bilan O’zbekiston va Hindiston aloqalari rivojlanib, buyuk o’zgarishlarga erishilayotganligini mamnuniyat bilan ta’kidladi.

Ta’lim markazidagi Hind madaniyati o’quv markazining ochilishidan so’ng shart - sharoitlar ko’zdan kechirildi.

Elchi janoblari va hamrohlari universitetning tarix va biologiya fakultetlaridagi arxeologiya va zoologiya muzeylarini ko’zdan kechirishdi.

SamDU matbuot xizmati