Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Samarqand davlat universitetining fakultetlarida talabalar va ularning ota-onalari bilan uchrashuvlar olib borilmoqda

img

Samarqand davlat universitetida 2019 yilda oliy ta’lim muassasalarida to’lov-kontrakt asosida o’qitish qiymatining o’rnatilishi yuzasidan rektor, prorektorlar, dekanlar, hamda Yoshlar ittifoqi yetakchisi tomonidan talabalar va ularning ota-onalari o’rtasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Fakultetlar, guruhlar kesimida tashkil etilayotgan mazkur tadbirlarda talabalar va ularning ota-onalariga to’lov kontrakt qiymati miqdorlarini ikki xil ko’rinishda – “stipendiyali”  va “stipendiyasiz” amalga oshirish hamda oyma-oy bo’lib to’lash imkoniyati yaratilganligi, iqtidorli talabalarni rag’batlantirish maqsadida stipendiya tayinlash bo’yicha bir qator yangiliklar kiritilganligi to’g’risida batafsil ma’lumotlar berilmoqda.

Shuningdek, talabalar va ularning ota-onalari bugungi kunda Respublikamizda oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, o’quv va ijtimoiy infratuzilmasini modernizasiya qilish, zamonaviy o’quv laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi va mebellar bilan jihozlash, kutubxona fondini to’ldirish bo’yicha amalga oshirilayotgan  ishlar to’g’risida xabardor qilinmoqda.

 SamDU  matbuot xizmati