Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

YANGI O‘QUV YILIGA YANGI MAQSADLAR BILAN

img

Samarqand davlat universitetida rus filologiyasi, ijtimoiy-iqtisodiyot, geografiya va ekologiya fakultetlarining talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligi va Bilimlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda mazkur fakultetlarning faxriy professor-o‘qituvchilari, talabalar, ularning ota-onalari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Bilimlar kuni tadbirida so‘zga chiqqan geografiya va ekologiya fakultet dekani S. Abbosov, rus filologiyasi fakulteti dekani v.b. R. Ryasnyanskaya, ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti dekani Sh. Umidullayev va o‘qituvchi Sh. Jo‘raqulovlar universitetning birinchi bosqichiga o‘qishga qabul qilingan talabalarni shunday qutlug‘ bayram bilan tabrikladilar.

Tadbir so‘ngida davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinganlarga Talabalik guvohnomasi tantanali ravishda topshirildi.

http://www.samdu.uz/assets1/plugins