Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Ta’lim sifatini oshirish dolzarb vazifa

img

Samarqand viloyatida “Butun kuchni xalq ichidan olaylik, quchoq ochib maktablarga boraylik” shiori ostida Respublika ishchi guruhi o’z ishini boshladi.

SamDUning Yoshlar bilan ishlash  bo’yicha prorektori Alisher Eshtayev rahbarligida Kattaqo’rg’on tumanidagi maktablarga universitet professor- o’qituvchilari tashrif buyurib, maktablar faoliyati bilan tanishmoqda. Dargoxlarda uchrashuv va davra suxbatlari tashkil etilmoqda. Tuman maktablarida STEAM fanlarini chuqurroq o’rganishga e’tibor qaratilmoqda.

SamDU professori, tilshunos olim Suyun Karimov o’zi tahsil olgan Nurobod tumanidagi 4-umumta’lim maktabida bo’lib, dargoxga kitoblar hadya etdi.

Tilshunos olim tashkil etgan maxorat darsi o’quvchi va o’qituvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Samarqand Davlat universitetining 400 nafar professor-o’qituvchilari pedagogik jamoasi bu ishlarda faol ishtirok etmoqda.

SamDU matbuot xizmati.