Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Xi’an Jiatong universiteti bilan aloqalarimiz kengaymoqda

img

2019 yilning 9-22 iyul kunlari Samarqand davlat universtitening Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakultetining professor-o’qituvchilari Shaxzoda Negmatova, Gulnoza Sultanova, Shoira Kubayevalar Xitoy xalq respublikasining Sian Jiatong universitetining “Buyuk ipak yo’li” yozgi maktabida malaka oshirdi. Sian Jiatong universiteti dunyo reytingida 331 o’rinda bo’lib, hozirda 14000 talaba tahsil oladi, shundan 2000 tasi xorijliklarni tashkil etadi. 24 ta fakulteti va 50 ga yaqin kafedralari bor.

“Buyuk ipak yo’li” yozgi maktab dasturi davomida xitoy tili va yozuvi, xitoy madaniyati va tarixi, matematik modellashtirish, Xitoy innovasiyalari haqida ma’ruza va amaliy darslar o’tkazildi. Shuningdek dastur doirasida Xitoy tarixiy obidalari, muzey va diqqatga sazovor joylariga ekskursiyalar  tashkil etildi. Xi’an Jiatong universitetining “Buyuk ipak yo’li” yozgi maktabida olingan bilim, ko’nikma va taassurotlar yuzasidan 23 iyul kuni Samarqand davlat universitetining “Xalqaro ta’lim dasturlari markazi”da talaba-yoshlar ishtirokida seminar-trening o’tkazildi.

Safar jarayonida olingan malaka va ko’nikmalar asosida kelgusida Samarqand davlat universitetida ham “Yozgi maktab” tashkil etish taklifi loyihasi kelishildi.