Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

MUQADDAS DINIMIZ SOFLIGI – IJTIMOIY BARQARORLIK GAROVI

img

Samarqand davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shu yil 15 iyun kuni Toshkent shahrida "Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzusidagi anjumanda so‘zlagan nutqida belgilangan vazifalarni bajarishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda rus filologiyasi, ijtimoiy-iqtisodiyot va geografiya fakultetlari professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

 

Tadbirda ishtirok etgan «Ruhobod» jome’ masjidi imom xatibi T.Amirov davlatimiz rahbarining anjumanda so‘zlagan nutqi mazmun va mohiyati, diniy tashkilotlar va ulamolarning yoshlar tarbiyasida tutgan o‘rni haqida ma’lumot berdi. Uchrashuvda professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalar o‘z fikrlarini bildirdilar.

http://www.samdu.uz/assets1/plugins