Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

MAQSADIMIZ – QONUN VA ADOLAT USTUVORLIGI

img

Samarqand davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shu yil 13 iyun kuni Toshkent shahrida sud organlari tizimida odil sudlovni ta’minlash borasidagi ishlarning ahvoli, muammolar va istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda so‘zlagan nutqi mazmunini tushuntirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda rus filologiyasi, ijtimoiy-iqtisodiyot va geografiya fakultetlari professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdilar

Tadbirda qatnashgan Samarqand viloyat Adliya boshqarmasi mas’ul xodimi Sheroz Shodiyev davlatimiz rahbari tomonidan videoselektor yig‘ilishida ko‘tarilgan masalalarga alohida to‘xtalib o‘tdi, mamlakatimizda sud tizimini isloh qilish, odil sudlovni ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida so‘zladi. Istiqlol yillarida mamlakatimizda sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlash va nufuzini oshirish, uni ilgarigi jazolovchi organdan inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qiladigan, jamiyatdagi demokratik o‘zgarishlarning muhim vositasi bo‘lgan institutga aylantirishga qaratilgan keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotganligini ta’kidlab o‘tdi. 

Yig‘ilish so‘ngida Sh. Shodiyev professor-o‘qituvchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berdi

http://www.samdu.uz/assets1/plugins