Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Tarix fakultetida “Ikki avlod uchrashuvi” tadbiri

img

Samarqand davlat universiteti tarix fakultetida universitetning 90 yilligi   munosabati bilan “Xalq bilan muloqat va inson manfaatlari yili” davlat dasturida belgilangan maqsad va vazifalariga uyg‘un va hamohangligini ta'minlash borasida “Ikki avlod uchrashuvi” madaniy-ma'rifiy tadbir 23-iyun 2017 yilda o‘tkazildi. Tadbirni SamDU ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektor A.A.Eshtaev kirish so‘zi bilan ochdi. O‘zRFA akademigi A.A.Askarov, SamDU professori M.D.Djurakulovlar o‘z ilmiy, pedagogik faoliyatlari, ilmiy maktablari, universitetning shonli 90 yilligi tarixi to‘g‘risida yosh avlodga so‘zlab berishdi. Talabalar tomonidan ham savollar berilib tadbir muhim ma'naviy –ma'rifiy ahamiyat kasb etdi.

http://www.samdu.uz/assets1/plugins