Samarqand davlat universitetiga 1420 yilda asos solingan

Rus filologiyasi fakultetida she’riyat kunlari bo‘lib o‘tmoqda

img

Rus filologiyasi fakultetida o‘zbekistonlik rusiyzabon shoir va yozuvchilar ishtirokida she’riyat kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Shunday kechalarning birida talabalar Vika Osadchenko, Bax Axmedov, Murtaz Saxibov, Olesya Say, Alina Dadayeva kabi shoirlar ijod namunalarini eshitishga muvaffaq bo‘ldilar.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Vika Osadchenko hamda shoira Olesya Sayning «Стишки и порошки» deb nomlangan o’zgacha poetik janr namunalari yig‘ilganlarga juda manzur bo‘ldi.

Bundan tashqari, tadbirda ishtirok etgan «Восток свыше» jurnali bosh muharriri Leyla Shaxnazarova va «Звезда Востока» jurnali bosh muharriri Klavdiya Panchenkolar talabalarning jisman va qalban she’riyatga nihoyatda tashnaligini alohida ta’kidladilar. Yig‘ilish ishtirokchilari va talabalarga yangidan yangi ijodiy yutuqlar tiladilar.