Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Huquqshunos maslahatchi

  • Qabul vaqti:
  • Telefon:
  • Elektron pochta:

Yuridik xizmat faoliyatining asosiy yo’nalishlari va vazifalari

Yuridik xizmat – davlat organi va tashkiloti faoliyatini huquqiy ta’minlash maqsadida qonunchilikda belgilangan me’yor va mezonlarga muvofiq majburiy tartibda tashkil etiladigan yoki joriy qilinadigan mustaqil tarkibiy tuzilma yoxud lavozim,

Yuridik xizmat yuridik departament, yuridik boshqarma, yuridik bo’lim, yuridik byuro shaklida tashkil qilinishi yoxud bitta shtatdan iborat bosh yuriskonsultdan iborat bo’lishi mumkin.

Yuridik xizmatning mavjud shtat birliklarini qisqartirishga va ularni davlat organi va tashkilotining boshqa tarkibiy tuzilmalariga qayta taqsimlashga yo’l qo’yilmaydi.

Yuridik xizmat o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

Yuridik xizmat xodimi yoxud yuriskonsult lavozimida oliy yuridik ma’lumotga ega bo’lgan shaxs ishlashi mumkin.

Yuridik xizmat boshlig’i lavozimiga oliy yuridik ma’lumotga va yuridik mutaxassislik bo’yicha kamida ikki yillik ish stajiga ega bo’lgan shaxs tayinlanadi.

Yuridik xizmat xodimi lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaxslar belgilangan tartibda adliya organlarida stajirovkadan o’tadilar.

Adliya organlarida stajirovkadan o’tish tartibi O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.

Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimlari lavozimiga O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda tayinlanadilar va ozod qilinadilar.  

* davlat organi va tashkilotining huquqni qo’llash faoliyatida qonun   ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashni tashkil etish;

* davlat organi va tashkiloti tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ – huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish;

*   davlat organi va tashkilotining qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida ularning tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish;

*  davlat organlari va tashkiloti xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot – kommunikasiya texnologiyalari orqali yetkazishda ishtirok etish;

*   shartnomaviy – huquqiy va talabnoma – da’vo ishlarini yuritish, davlat organi va tashkilotining mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta’minlash.