Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Bo’lim boshlig’i

Musurmonov Erkin Rabbimovich

  • 1965 yilda Samarqand viloyati, Pastdarg’om tumanida tug’ilgan;
  • 1983-1990 yillar Samarqand davlat universiteti talabasi;
  • 1984-1986 yillar Harbiy xizmat;
  • 1992-1994 yillar Samarqand davlat universiteti aspiranti;
  • 1992-2002 yillar Samarqand davlat universiteti «O’zbek adabiyoti tarixi» kafedrasi o’qituvchisi;
  • 2003-2007 yillar Samarqand davlat universiteti «O’zbek adabiyoti tarixi» kafedrasi o’qituvchisi;
  • 2005-2007 yillar Samarqand davlat universiteti doktoranti;
  • 2008-2009 yillar Samarqand viloyati 64-maktab internati o’qituvchisi;
  • 2009-2009 yillar Samarqand shahar 35-maktab o’qituvchisi;
  • 2009-2013 yillar Samarqand davlat chet tillar instituti jahon adabiyoti kafedrasi o’qituvchisi;
  • 2013-2013 yillar Samarqand davlat chet tillar instituti akademik lisey va kasb-hunar kollejlari bo’yicha prorektor vazifasini jamoatchilik asosida vaqtincha bajaruvchi;
  • 2013-2014 yillar Samarqand davlat chet tillar instituti jahon adabiyoti va xalqaro kommunikasiyalar kafedrasi dosenti vazifasini bajaruvchi;
  • 2014-2015 yillar Samarqand davlat chet tillar instituti nashr-matbaa markazi muharriri;
  • 2015 yildan Samarqand davlat universiteti tahririy-nashriyot bo’limi boshlig’i

Tahririy-nashriyot bo’limi o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasining «Noshirlik faoliyati to’g’risida», «Faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalash to’g’risida»gi Qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 11 iyundagi 275-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Noshirlik faoliyatini lisenziyalash to’g’risida»gi Nizom, O’zbekiston Matbuot va axborot agentligining 2008 yil 16 iyun 68-sonli Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetiga tegishli adabiyotlarni nashr qilish huquqini berish to’g’risidagi Buyrug’i, 2014 yil 19 iyunda (reyestr 18-1980) ro’yxatdan o’tkazilib 5 (besh) yil muddatga berilgan guvohnoma, Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti tahrir-noshirlik faoliyati to’g’risida Nizom, Samarqand davlat universiteti bosmaxonasi Nizomi va rektor buyruqlari, universitet Ilmiy Kengashi tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida amalga oshiradi.
Tahririy-nashriyot bo’limida O’zbekiston Matbuot va axborot agentli¬gining 2008 yil 16 iyun 68-sonli Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetiga tegishli adabiyotlarni nashr qilish huquqini berish to’g’risidagi Buyrug’iga binoan Samarqand davlat universitetining o’z qog’ozi va matbaa bazasi hisobiga monografiyalar, o’quv adabiyoti ( uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari), ilmiy ommabop risolalar, universitet olimlarining bibliografik ocherklari, universitetning marhum taniqli olimlari hayoti va faoliyatini yorituvchi «Xotira» ruknidagi pedagogik ocherklari, universitet professor-o’qituvchilari, ilmiy xodimlari va tadqiqotchilarning ilmiy ishlar to’plamlari, ilmiy, ilmiy-amaliy, o’quv-uslubiy konferensiyalar, seminarlar, anjumanlar materiallari nashr etiladi.
SamDU bosmaxonasi 1989 yil tashkil qilingan. Bosmaxonada yuqorida ko’rsatilgan o’quv va ilmiy adabiyotlar chop etiladi hamda universitet o’quv jarayonida foydalanish uchun kerakli o’quv materiallari ko’paytiriladi. Universitet uchun kerak bo’ladigan ish qog’ozlari bosiladi. Bosmaxonada matn terish, original-maket tayyorlash, matbaa dizayni ishlari ham amalga oshiriladi.
Bosmaxona nashrga tavsiya etilgan o’quv va ilmiy adabiyotlarning asl nusxasini universitet tahrir kengashi qarori bilan qabul qiladi va bu hujjatlarni asos sifatida ma’lum muddat saqlaydi. Universitet uchun zarur hujjat qog’ozlari, blankalari fakultet, bo’lim va kafedralarning buyurtmalari universitet rektori yoki prorektorlarining yozma ravishdagi ko’rsatmalari asosida qabul qilinadi. Chop etish uchun keltirilgan barcha ishlar qayd daftariga yozib boriladi va saqlanadi. Chop etish qat’iy ravishda buyurtmalar kitobida ro’yxatga olingandan so’ng amalga oshiriladi.

http://www.samdu.uz/assets1/plugins