Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Bo’lim boshlig’i

Davronov Kamoliddin Qulpiddinovich

  • Qabul vaqti: dushanba, chorshanba, juma 13:00 dan 17:00 gacha
  • Telefon: +99866-239-15-83
  • Elektron pochta: manaviyat@samdu.uz

Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi

Mustaqil Respublikamizning istiqboli har jihatdan yuksak malakali va ma’naviyatli kadrlar tayyorlashga bog‘liq. Xususan, Prezidentimizning ma’naviy-ma’rifiy va milliy g‘oyamizga oid barcha ta’limotlarini yoshlarga yetkazish universitetning ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limining asosiy vazifasidir. 
Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi universitetda o‘tkaziladigan, talabalarni milliy istiqlol g’oyalariga cheksiz sadoqat, ona diyorga mehr-muhabbat, ozod va obod Vatan barpo etishdek ulug‘ va olijanob maqsadga e’tiqod, jasur va fidoiylik ruhida tarbiyalashga mo‘ljallangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etadi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
Bo‘lim ish faoliyatining asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilangan: 
- oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha qabul qilingan hujjatlari va ko‘rsatmalarini universitet jamoasiga o‘z vaqtida yetkazish va ulardagi vazifalarning bajarilishini ta’minlaydi. 
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlarni, Prezident asarlari va nutqlarini talabalar o‘rtasida targ‘ibot qilish va tushuntirishni tashkil qiladi. 
- fakultet dekanlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha muovinlari va jamoatchilik kengashlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. 
- talabalar turar joylarida ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini tashkil etadi. 
- Axborot resurs markazi ma’naviy-ma’rifiy hayotini nazorat qiladi. 
- «Axborot guruhi» uchun yetarli shart-sharoitlar yaratadi. «Axborot soatlari»ning yuksak saviyada o‘tishini nazorat qiladi.
- Ustoz-murabbiylar kengashi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi. 
- «Kamolot» YoIH, xotin-qizlar kengashi hamda turli jamoatchilik harakatlari va tuzilmalari bilan yaqindan hamkorlik qiladi. 
- Respublika, viloyat va shahar miqyosida o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlarda, universitet jamoasi va talabalarning keng ishtirokini ta’minlaydi.   
- universitet talabalari ichidan mutaxassislik, chet tili va kompyuterni bilish darajasini aniqlaydigan suhbat-so‘rovlar va aqliy qobiliyat darajasini aniqlaydigan psixologik testlar yordamida iqtidorli talabalarni ajratib olishni tashkil etadi.
- iqtidorli talabalarga qo‘shimcha darslarni tashkillashtiradi, ularga uslubiy yordam ko‘rsatadi.
- iqtidorli talabalarning tanlovlarda ishtirok etishini tashkillashtiradi va nazorat qilib boradi.
- iqtidorli talabalar safidan Prezident va atoqli shaxslar nomidagi davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralab olish uchun imtihonlarni tashkillashtiradi. 
- iqtidorli talabalar bilan mutaxassislik, chet tili, informatika va ma’naviyat asoslari, tarix fanlarini o‘rgatish bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlarni tashkillashtirish va ularni o‘qitishga malakali mutaxassislarni jalb qiladi.
- ularning Respublika va xalqaro miqyosida o‘tkaziladigan konferensiya, olimpiada va tanlovlarda qatnashishini uyushtiradi. 

http://www.samdu.uz/assets1/plugins