Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Bo’lim boshlig’i

Sharipov Baxtiyor Djurakulovich

  • Qabul vaqti: Har kuni (8-00 – 16-00)
  • Telefon: +99895-500-41-15
  • Elektron pochta: b-sharipov@umail.uz

1970 yil Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tug'ilgan.

1987-1988 yy. -Toshkent avasiya zavodida tokar

1988-1990 yy. -Harbiy xizmat

1990-1991 yy. - Samarqand viloyat Ishtixon tumani Kommunizm  jamoa xo'jaligida ish yurituvchi

1991-1996 yy. - Samarqand davlat universiteti talabasi

1996-1998 yy. - Samarqand Davlat universiteti umumiy huquqshunoslik kafedrasi assistenti, dekan muovini

1998-2005 yy. - Samarqand Davlat universiteti davlat huquqi o'qituvchisi

2005 – x.v. yy. - Samarqand Davlat universiteti huquqshunoslik fakulteti davlat huquqi o'qituvchisi, o'quv ishlari buyicha dekan muovini

2008– 2016   yy. - Samarqand Davlat universiteti huquqshunoslik fakulteti davlat huquqi katta o'qituvchisi

2016– x.v.         Samarqand Davlat universiteti  harbiy bo'limi  boshlig'i

SamDU  2-bo’limi  bajaradigan vazifalari

  1. Harbiy xizmatga majbur fuqarolar va chaqiruvchilarni ishga qabul qilish mobaynida ularning harbiy hisobga oid hujjatlarini majburiy ravishda tekshirib ko’rish. Mudofa ishlari bo’limida yuritilayotgan xarbiy xisobga kiritilmagan shaxslarni harbiy hisobga kiritish yoki chaqiruv uchastkasida qayd etish masalasi to’la tukis  hal etilgunga qadar ishga qabul qilmaslik.
  2. Universitet rektorining har yilgi bo’yruqlarida harbiy xizmatga majbur fuqarolar va chaqiriluvchilar hisobini yuritish hamda fuqarolarning ushbu toifasini mas’ul shaxslarni tayinlab borish. 
  3. Univesitetni harbiy hisob yuritishga doir hujjatlarning zaruriy  miqdori bilan ta’minlash uchun mudofaa  ishlari bo’limiga talabnoma taqdim etish.
  4. Ishga qabul qilingan va ishdan bo’shatilgan barcha harbiy xizmatga majbur fuqaro va chaqiriluvchilar haqida mudofaa ishlari bo’limiga yetti kun ichida belgilangan shaklda rasmiylashtiriladigan xabarnomani taqdim etib borish.
  5. Harbiy xizmatga majbur fuqaro va chaqiriluvchilarning oilaviy  holati, turar joy manzili va lavozimida ro’y bergan o’zgarishlarning hisobini muntazam yuritib borish. Bunday o’zgarishlarga oid ma’lumotlarni yetti kun ichida T-2 shaklda yuritiladigan shaxsiy hisob varaqalari, zarur bo’lganda esa 4-shaklda rasmiylashtiriladigan guvohnomalarda aks ettirib borish.
  6. Harbiy xizmatga majbur fuqarolar va chaqiriluvchilarning turar joyi va faoliyatida ro’y bergan barcha o’zgarishlarni mudofaa ishlari bo’limiga yetti kun ichida xabar berish.
  7. Rahbariyat, prof.uqituvchilar va muxandis-texniklar  tarkibiga mansub harbiy xizmatga majbur fuqarolarni  bron qilishga doir hujjatlarni o’z vaqtida rasmiylashtirish.
  8. Harbiy xizmatga majbur fuqaro va chaqiriluvchilarni ishdan bo’shatish mobaynida, ular tomonidan topshiriladigan qarzi yo’qlik varaqasida harbiy hisobga kiritilgan mudofaa ishlari bo’limining mas’ul shaxsi imzosi ham bo’lishini talab qilish. Umumiy yotoqxonada istiqomat qilganlar  ishdan bo’shayotganda esa harbiy hisobdan chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi orqali umumiy yotoqxonada istiqomat qilayotganlar ro’yxatidan chiqarish masalalari  ustidan qat’iy nazorat qilib borish.
  9. Safarbarlik e’lon qilingan davrda mutaxassislarni almashtirish rejasini tuzish va unga aniqliklar kiritib borish.
  10. T-2- shakldagi shaxsiy  hisob varaqalarida aks ettirilgan ma’lumotlarni harbiy guvohnomalar va chaqiruv uchastkasida qayd etish guvohnomalariga kiritilgan ma’lumotlar bilan taqqoslash, varaqaning 2-bo’limiga kiritilgan umumiy ma’lumotlarga aniqliklar kiritish va T-2- shakldagi shaxsiy hisob varaqalariga taqqoslash tadbirlari o’tkazilganligini anglatuvchi yozuv kiritish.
  11. T-2- shakldagi shaxsiy hisob varaqalari va 4-shakldagi guvohnomalarda aks etirilgan ma’lumotlarni mudofaa ishlari bo’limida yuritiladigan hisob varaqalari va 4-shaklda rasmiylashtiriladigan xabarnomalarga kiritilgan ma’lumotlar bilan taqqoslab chiqish.
  12. Ishlayotgan harbiy xizmatga majbur fuqarolarga harbiy xizmatga chaqirilishini kechiktirish huquqini tasdiqlovchi guvohnomalarni topshirish rejasi va vedomostini tuzish hamda mas’ul shaxslarni 4-shaklda rasmiylashtiriladigan guvohnomalarni topshirish tartibi bilan tanishtirish.
  13. Univesitetda ishlayotgan harbiy xizmatga majbur fuqarolar va chaqiriluvchilar hisobini yuritish hamda fuqarolarning  ishlarining holati bo’yicha tekshiruv tadbirlarini tashkillashtirish va o’tkazish.
  14. Maxsus harbiy hisobga oid blankalar, guvohnomalar va xabarnomalarning soni, saqlanish  va sarf etish tartibini hamda ish yuritish sifatini dalolatnomalar tuzgan tarzda tekshirib chiqish. Dalolatnomaning bir nusxasining mudofaa ishlari bo’limiga taqdim etish.
  15. Universitetdagi maxsus harbiy hisobga oid blankalar sonini mudofaa  ishlari bo’limining qat’iy hisobot beriladigan blankalarga doir hisob-kitoblar daftariga aks ettirilgan ma’lumotlar bilan taqqoslash.
  16. 6-“b” shakldagi hisobot bo’yicha Universitetning bron qilingan va safarbarlik e’lon qilingan davrga  oid yozma ko’rsatma berilgan harbiy xizmatga majbur fuqaro va chaqiriluvchilar soni haqidagi ma’lumotlarni tayyorlab, mudofaa ishlari bo’limiga taqdim etish. 
  17. Talabalar kadrlar bo’limi tomonidan beriladigan buyruqlarni tahlil qilish.O’qishga qabul qilingan talabalarni harbiy ro’yxatga olish va shunga doir hujjatlarni rasmiylashtirish.
  18. O’qishni tugatayotgan talabalarni Mudofaa bo’limi tomonidan ro’yixatdan chiqarilishini ta’minlash.
http://www.samdu.uz/assets1/plugins