Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Markazi boshlig'i

Abdullayev Abubakir Narzullayevich

  • Qabul vaqti: Seshanba,Payshanba (14:00-15:00)
  • Telefon: +99866-239-12-58
  • Elektron pochta: samdu_atm@samdu.uz

1973-yilda Sirdaryo vilоyatida tug‘ilgan;

1997-yilda Samarqand davlat univеrsitеtini tamоmlagan;

1995-2002- yillarda Samarqand davlat univеrsitеti hisоblash markazi оpеratоri;

2002-2010 - yillarda Samarqand davlat univеrsitеti aхbоrоtlashtirish tехnоlоgiyalari kafеdrasi assistеnti;

2010-2016 - yillarda Samarqand davlat univеrsitеti aхbоrоtlashtirish tехnоlоgiyalari kafеdrasi dоsеnti

2016 yil 12-martda Samarqand davlat univеrsitеti aхbоrоt tехnоlоgiyalar markazi bоshlig‘i lavоzimiga tayinlangan, tехnika fanlari nоmzоdi.

Markaz faoliyati haqida

Markaz universitet o‘quv, ilmiy, ma’muriy va xo’jalik xizmati jarayonlarida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va undan foydalanish tashkillashtiradi.

Universitet axborot-kommunikasiya infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi.

Universitetga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiya vositalarini sotib olish bo‘yicha takliflar kiritish, joriy etish, foydalanish, loyihalashtirish hamda rivojlantirish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi.

Universitetda yagona axborot xavfsizligi siyosatini yuritadi.

Universitetda tarmoq va tarmoq qurilmalari xavfsizligini va doimiy ishchi holatda bo‘lishini nazorat qiladi.

 

Markazning asosiy vazifalari:

  • universitetda tarmoq administratorligi va tarmoqqa kirishni nazorat qilish, universitet rasmiy veb-sayti, serverlari, axborot resurslari xavfsizligini va doimiy ish faoliyatida bo‘lishligini ta’minlash;
  • universitet ko‘p darajali telekommunikatsion tarmoqlari xamda texnik vositalarni xavfsizligini va sifatli ishlashini ta’minlash, shuningdek monitoringini yuritish;
  • o‘quv jarayonida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va foydalanish samaradorligini oshirish bo’yicha Moodle masofaviy o‘qitish tizimi va multimediali ta’lim resurslarini texnik jixatdan qo‘llab-quvvatlash;
  • universitet tarkibiy bo‘linmalarini multimedia vositalari va texnika vositalari bilan jixozlash, sotib olish bo‘yicha takliflar kiritadi.
  • universitetda foydalaniladigan texnik vositalarni modernizasiya qilish ishlarini tashkil etish.
  • universitetda axborotlashtirish va texnik vositalar bilan bog‘liq tovar va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha korxona, tashkilotlar bilan shartnomalarni o’rnatilgan tartibda rasmiylashtirish va shartnomalar tuzishda ekspert sifatida ishtirok etish.
http://www.samdu.uz/assets1/plugins