Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Axborot-resurs markazi direktori

Nasrullayeva Madina Akramovna

  • Qabul vaqti: dushanba-juma(8:00-16:00), shanba (8:00-14:00)
  • Telefon: +99866 239-11-51
  • Elektron pochta: m_ nasrullaeva@mail.ru

1960 yil 30 mayda Samarqand shahrida tavallud topgan.

1967 - 1977 yilgacha Samarqand shahridagi   52-o’rta maktabda o’qigan.

1977 yilda Samarqand Davlat universitetining fundamental kutubxonasiga kutubxonachi lavozimida ishga kirgan.

1978-1983 yilgacha Moskva davlat  San’at institutining kutubxonashunoslik fakultetida o’qigan.

2012 yildan boshlab Samarqand davlat universitetining Ilmiy axborot-resurs markazi direktori lavozimida ishlaydi.

Samarqand davlat universitetining fundamental kutubxonasi 1927 yilda tashkil topgan. 2006 yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 20 iyundagi “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to’g’risida”gi PQ-381 sonli qarori asosida Samarqand davlat universitetining Ilmiy axborot-resurs markazi (IARM) tashkil etildi. Bunda markaz tizimi va uning faoliyati tubdan o’zgardi.

  Hozirgi kunda IARMda 5 ta bo’limlar mavjud:

  • Ilmiy uslubiy va axborot ma’lumot (davriy nashrlar) bo’limi;
  • Axborot kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo’limi;
  • Axborot kutubxona resurslari bilan xizmat ko’rsatish bo’limi (abonementlarga xizmat ko’rsatish, o’quv zallari va kitob saqlashni inobatga olgan xolda);
  • Elektron axborot-resurslar bo’limi;
  • Xorijiy axborot resurslar bilan ishlash bo’limi.

SamDU IARM qoshida to’rtta filial mavjud:  IARM- 1(Fizika fakultetidagi kutubxon),  IARM-2 (Kasbiy ta’lim fakultetidagi kutubxona),  Xarbiy kafedradagi o’quv kutubxona va Sattepo maskanida joylashgan ARM-1 va unga qarashli shahar va tumanlardagi 7 ta kutubxonalar  faoliyat ko’rsatmoqda.

Ilmiy  axborot-res urs markazining umumiy fondi 2698439 nusxani tashkil etadi. Shundan, ilmiy- 897041 nusxa, darslik – 431718 nusxa, o’quv qo’llanma -639451 nusxa, badiiy – 125222 nusxa, chet el adabiyotlari -92238 nusxa  va boshqa adabiyotlar -207039 nusxani tashkil etadi.

IARM va uning filiallarida 13104 nafar foydalanuvchilar mavjud. Shundan, 8152 nafari talabalar, 794 nafari professor-o’qituvchilar va boshqa foydalanuvchilar 4158 tani tashkil qiladi.

IARM  va uning filiallarida hammasi bo’lib 7 ta o’quv zallari mavjud va unda 300 ta ish o’rinlari tashkil qilingan.  IARMning Markaziy o’quv zali va talabalar turar joyi qoshida mavjud bo’lgan 2 ta o’quv zallar 2-smenada ya’ni soat 8:00 dan 20:00 gacha faoliyat ko’rsatadi.

http://www.samdu.uz/assets1/plugins