Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Бўлим бошлиғи

Ajabov Abdurazzoq Qayumovich

1966 yil 1-dekabrda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Dusha qishlog’ida tug’ildim. 
Men 1973 yili Dehqonobod tumanidagi 53-son o’rta maktabning 1-sinfiga qabul qilindim. 1983 yili o’rta maktabni tamomlab, Samarqand davlat unisersitetining fizika fakultetiga o’qishga qabul qilindim. 
1984-1986 yillari Armiya safida xizmat qildim.  
1986 yildan o’qishimni davom ettirdim. 1989 yili Toshkent davlat universiteti (hozirgi O’zMU) ning fizika fakultetiga o’tib o’qishimni davom ettirdim. 
1990 yili universitetni yadro fizikasi va kosmik nurlar fizikasi ixtisosligi bo’yicha tamomlab, yo’llanma bilan Kitob Xalqaro Kenglik Stansiyasi (Observatoriyasi)ga ishga yuborildim. Observatoriyada kuzatuvchi muhandis lavozimida Bamberg teleskopida kuzatishlar olib bordim.1992-1995 yillar davomida SamDUda aspiranturaning kunduzgi bulimida tahsil oldim.
1995 yildan SamDU Yadro fizikasi laboratoriyasida ilmiy xodim lavozimida faoliyat yuritdim.
1999 yili ilmiy rahbarim D.Sh.Rashidova rahbarligida nomzodlik dissertasiyamni himoya qildim (f.-m.f.n.). 
2005 yildan SamDU qoshidagi “Astronomiya o’quv-ilmiy markazi”da faoliyat boshladim.
2016 yilda Astronomiya ixtisosligi bo’yicha dosentlik unvonini oldim.
Hozirda SamDU qoshidagi “Astronomiya o’quv-ilmiy markazi”da bosh ilmiy xodim lavozimida faoliyat yuritmoqdaman.

“Astronomiya o’quv-ilmiy markazi” – (AO’IM)

Fan va ta’limni yanada rivojlantirish, Samarqand mintaqasida astronomiya sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borish hamda yo’qori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida O’z FA Astronomiya instituti hamda Samarqand davlat universitetining SamDU qoshida “Astronomiya o’quv-ilmiy markazi” tashkil etish haqidagi (2004 yil 1-matr) qo’shma qarori va ushbu qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida SamDU ning 2004 yil 29-martdagi №50-ij qaroriga muvofiq SamDU qoshida “Астрономия ўқув-илмий маркази” (AO’IM) tashkil etilgan. 
AO’IM da оptik ko’zgusi diametri o,48m bo’lgan “Grubb-Parsons” teleskopi mavjud, teleskopga zamonaviy ZAQ (ПЗС) kamerasi ham o’natilgan bo’lib, u koinotning eng uzoq ob’ektlarini ham sifatli tasvirga olish imkoniyatiga ega. 
AO’IM da 3 shtat birligi asosida shakllangan kuzatuvchilar guruhi faoliyat olib borishadi. SamDU Fizika fakulteti astronomiya yo’nalishining bakalavr hamda magistrantlari AO’IM da turli mavzulardagi Bitiruv-malakaviy ishlari va Magistrlik dissertatsiya ishlarini bajarishmoqda. 
AO’IM xodimlari tomonidan, kuzatish ishlari asosan Maydanak balandtog’ observatoriyasida amalga oshirilayotgan “Blazar teleskoplari yillar osha” deb nomlangan Xalqaro dasturga muvofiq, bizning sayyoramizga nisbatan 280 Mpk masofada joylashgan BL-Lac ob’ektlarini kuzatish ishlari ham davom ettirilmoqda. 
2007 yili AO’IM xodimlari tomonidan GSC 2007:761 raqamli ~ 6.5 soatlik aylanish davriga ega bo’lgan qo’shaloq o’zgaruvchan yulduz kashf etildi va xalqaro katalogga kiritildi. (Bu yulduzning yorqinlik differensial egri chizig’i δ = 0,05 yulduz qiymati aniqlik darajasida topildi). Shuningdek, ushbu markazda 2007-2011 yillar davomida “Blazar ob’ektlarning yorqinligi o’zgarishlarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental grant loyiha muvaffaqiyatli bajarildi. Hozirda esa 2017-2020 yillarga mo’ljallangan “ВА-ФА-Ф2-006 Samarqand va Maydanak observatoriyalarida astrofizik obektlarning o’zgaruvchanligini o’rganish” mavzusidagi fundamental grant loyiha bajarilmoqda.
 AO’IM o’quv observatoriyasi sifatida faoliyat yuritmoqda.

http://www.samdu.uz/assets1/plugins