Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Bo’lim boshlig’i

Bobodustov Bobur Mirzaboyevich

1989 yil, Samarqand viloyati, Nurobod tumanida to'gilgan;

2007-2012 yillarda Samarqand davlat univеrsitеti tarix fakulteti talabasi;

2012-2013 yillarda Samarqand davlat univеrsitеti Al va KHKlari bilan ishlash bo`limi  metodisti;

2013-2015 yilllarda Samarqand davlat univеrsitеti  tarix fakulteti magistri;

2015 yildan hozirgi kunga qadar Samarqand davlat univеrsitеti Al va KHKlari bilan ishlash bo`limi  boshlig`i.

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘limi faoliyati

Samarqand Davlat universiteti akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘limi (bundan keyin bo‘lim) Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 21 fevraldagi 07/02-1-6-sonli topshiriq xatiga asosan tashkil etilgan. Tashkiliy tuzilmasi 3 ta shtat: 1 shtat bo‘lim boshlig‘i, 2 ta uslubchidan iborat.

Bo‘lim OO‘MTVning 2011 yil 14 martdagi 109-sonli buyrug‘iga asosan universitetga biriktirilgan 37 ta kasb-hunar kollejlari hamda 3 ta akademik litsey bilan hamkorlikda bajarilayotgan ishlarni muvofiqlashtiradi. Ushbu ta’lim muassasalari bilan besh yilga mo‘ljallangan hamkorlik shartnomasi tuzilgan.

Bo‘limning maqsad va vazifalari:

Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid qonunlari, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, OO‘MTVning Hay’at qarorlari, buyruqlari, topshiriq xatlari, viloyat hokimi qarori hamda universitet rektori buyruqlari, Ilmiy kengash va dekanlar yig‘ilishi qarorlari, hamda amaldagi tegishli me’yoriy hujjatlarga amal qiladi.

Universitet professor-o‘qituvchilarining akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarda o‘rindoshlik va soatbay ishlashlarini tashkil etish va doimiy ravishda bu boradagi ma’lumotlar bankini yangilab borish;

Universitet qoshidagi akademik litseylar va biriktirilgan kasb-hunar kollejlarida turdosh kafedralar bilan hamkorlikda olib borilayotgan ilmiy, o‘quv-uslubiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni umumlashtirish;

Universitet professor-o‘qituvchilarining o‘rta maxsus ta’lim muassasalari pedagoglari bilan hamkorlikda o‘quv-uslubiy qo‘llanma, ko‘rsatma va ilmiy maqolalar yaratishni targ‘ib etish;

Biriktirilgan AL va KHKlarning professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlanganlik holatini o‘rganib borish va kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni bartaraf etish bo‘yicha takliflar berish;

Universitetda doimiy o‘tkazilib kelinayotgan “Uzluksiz ta’lim sifat va samaradorligini oshirishning nazariy-uslubiy muammolari” mavzusidagi respublika ilmiy konferensiyasiga va boshqa seminar-treninglarda akademik liseylar va kasb-hunar kollejlarining pedagoglarini faol ishtirokini ta’minlash;

AL va KHKlarida tashkil etilgan “Abituriyent shtab”lari faoliyatini nazorat qilish va har tomonlama ko‘maklashish;

AL va KHKlarida universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan yosh o‘qituvchilarga metodik yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etilayotgan seminar-treninglar, ochiq darslar, master-klasslar bo‘yicha ma’lumotlarni umumlashtirish;

Ustoz-shogird tizimida AL va KHKlarida ishlayotgan faol, bilimli, yosh, o‘qituvchilarga universitetdan rahbarlar tayinlash va ularni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb etish ishlarini nazorat qilish;

Biriktirilgan kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari malakasini oshirishga amaliy yordam ko‘rsatish;

Biriktirilgan kasb-hunar kollejlariga keltirilgan zamonaviy asbob-uskunalarni ishga tushirishga va ularga metodik yordam ko‘rsatish ishlariga mutaxassislarni jalb etish;

Bajarilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tayyorlaydi.

http://www.samdu.uz/assets1/plugins