Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

lmiy kengashi kotibi

Boltayev Mardonqul

  • Qabul vaqti: Seshanba, juma (14-00 – 16-00)
  • Telefon: (8 366)239-17-63
  • Elektron pochta: el-kotib@samdu.uz

1958 yilda Samarqand viloyati Narpay tumanida tug’ilgan.

1975-1980 yy. – Samarqand Davlat universiteti o’zbek va tojik filologiyasi fakulteti talabasi.
1980-1990 yy. –Samarqand Davlat universiteti o’zbek filologiyasi fakulteti umumiy tilshunoslik kafedrasi laboranti, katta laboranti, soatbay o’qituvchisi.
1990-1993 yy. –Samarqand Davlat universiteti fakultetlararo o’zbek tili kafedrasio’qituvchisi.
1993-2008 yy. – Samarqand  Davlat universiteti amaliy tilshunoslik, o’zbek tili va adabiyoti o’qitish metodikasi kafedrasi katta o’qituvchisi.
2008-2015 yy. –Samarqand Davlat universiteti amaliy tilshunoslik, o’zbek tili va adabiyoti o’qitish metodikasi kafedrasi dosenti.
2009-2016 yy. –Samarqand Davlat universitetining devonxona mudiri (o’rindoshlik asosida).
2015-2017 yy. –  Samarqand Davlat universitetining o’zbek tili va adabiyoti kafedrasi,  o’zbek tili va adabiyoti o’qitish metodikasi kafedrasi katta o’qituvchisi.
2017 yil martdan h.v. – Samarqand Davlat universiteti ilmiy kengashi kotibi.

UNIVERSITET ILMIY KENGASHI

Universitet ilmiy kengashi O’zRning “Ta’lim to’g’risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi qonunlari hamdaOliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil 3 dekabrdagn 487-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Oliy o’quv yurtining ilmiy kengashi to’g’risidagi namunaviy nizom”ga muvofiq tayyorlangan nizom asosida tashkil etiladi. 
Ilmiy kengash tarkibiga universitet rektori, prorektorlar, ilmiy kengash kotibi, fakultetlar dekanlari, universitet tarkibiga kiruvchi mustaqil tashkilot va tarmoqlar rahbarlari, mutaxassis chiqaruvchi ayrim kafedralar mudirlari, harbiy kafedra boshlig’i, universitetning ayrim bo’lim boshliqlari, jamoat tashkilotlari rahbarlari, MO va QT  markazi boshlig’i, universitet qoshidagi ALlar direktorlari  o’z xizmat lavozimlari bo’yicha kiritiladi. Bundan tashqari, ilmiy kengashning boshqa a’zolari fakultetlarning umumiy majlislarida yashirin ovoz berish yo’li bilan saylanadilar.Universitet ilmiy kengashining vakolat muddati 5 yil.
Ilmiy kengashning maqsadi universitet jamoasining intellektual salohiyati, ilmiy, pedagogik va boshqa imkoniyatlarini O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarning bajarilishini ta’minlash, oliy ta’limning davlat ta’lim standarti talablari darajasida mukammal bilim, malaka, ko’nikmalariga ega bo’lgan professional mutaxassislar tayyorlashga yo’naltirishdan iborat.Ilmiy kengash majlislari reja asosida o’tkaziladi va bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomalar ilmiy kengash raisi va ilmiy kotib tomonidan imzolanadi. Ilmiy kengash qarorlari universitet rektori tomonidan tasdiqlanganidan so’ng kuchga kiradi. 

Samarqand Davlat universiteti ilmiiykengashining tarkibi

1. Xalmuradov Rustam Ibragimovich - Rektor

2. Eshtayev Alisher Abdug’aniyevich - Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor

3. Solieev Axmad Soliyevich - O’quv ishlari bo’yicha prorektor

4. Ilmiy ishlar bo’yicha prorektor

5. Raxmonov Ismoil Usmonovich - Iqtisodiyot va moliya ishlari bo’yicha prorektor

6. Islomov Bo’ston Sultonovich - AL va KHK bilan ishlash bo’yicha prorektor

7. Mo’minov Tolib Musayevich - Yadro fizikasi kaf.professor-konsultanti

8. Rashidov Tursunboy Rashidovich - Nazariy va amaliy mexanika kaf. professor-konsultanti

9. Ashurov Muhsinjon Xurramovich - Nazariy fizika va kvant lektronikasi kaf. professor-konsultanti

10. To’xtayev Xayrulla - Universitet kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi

11. Boltayev Mardonqul - Universitet ilmiy kengashi kotibi

12. Imomqulov Norbobo Yamankulovich – Ichki nazorat va monitoring bo’limi boshlig’i

13. Xolxo'jayev Axmad Miyassarovich- O’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i

14. Nosirov Muxtor - Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i

15. Jo’raqulov Mavlon Jo’raqulovich - Oqsoqollar kengashi raisi

16. Ro’zimurodov Haydar Xolmuradovich - Magistratura bo’limi boshlig’i

17. Tuxliyeva Sharofat Bektashevna - Xotin - qizlar kengashi raisi

18. Ataxadjayeva Dilyara Xoshimovna - Kadrlar bo’limi boshlig’i

19. Indiaminov Nuriddin Nazarovich - Mintaqaviy malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi rahbari

20. Ryasnyanskaya Raisa Abdullayevna - Rus filologiyasi fakulteti dekani

21. Mirzayev Raxmatillo Ibodullayevich - Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti dekani

22. Mahmatmurodov Shavkat - Pedagogika fakulteti dekani

23. Xushvaqtov Hakim Abdulhaqovich - Fizika fakulteti dekani

24. Keldiyorov Xudoyor Otamuradovich - Biologiya va kimyo fakulteti dekani

25. Xolmatov Normuhammad O’razovich -Tarix fakulteti dekani

26. Eshniyozov Olimjon Ismoilovich - Kasbiy ta’lim fakulteti dekani

27. Begmatov Akram Hasanovich - Mexanika- matematika fakulteti dekani

28. Qipchoqov Bahodir Bahriddinovich - Jismoniy madaniyat fakulteti dekani

29. Eltazarov Juliboy Donaboyevich - Filologiya fakulteti dekani

30. Ahatov Akmal Rustamovich - Amaliy matematika va informatika fakulteti dekani

31. Abbosov Subhon Burhonovich - Geografiya va ekologiya fakulteti dekani

32. Hamroyev Jumaqul Hamroyevich - Tojik tili va adabiyoti kafedrasi mudiri

33. Xoliqulov Shodiqul Turdiqulovich - Gidrometeorologiya kafedrasi mudiri

34.Qodirov Mo’min Qodirovich - Astronomiya kafedrasi mudiri

35. Eshnazarov Jo’raqul Eshnazarovich - Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi mudiri

36. Yaxshilikov Jo’raboy Yaxshilikovich - Milliy g’oya, falsafa va ma’naviyat asoslari kafedrasi mudiri

37. Abdurahmonov Ergash - Analitik kimyo kafedrasi mudiri

38. Ikromov Isroil Akramovich - Matematik analiz kafedrasi mudiri

39. Nabiyev Farhod Hamidovich - Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri

40. Xo’jayorov Baxtiyor - Matematik modellashtirish va kompleks dasturlash kafedrasi mudiri

41. Ishniyazova Shahnoza Ashurovna - Rus va chet el adabiyoti kafedrasi mudiri

42. Salohiddinova Musharraf Isomiddinoana - Psixologiya kafedrasi mudiri

43. To’g’izov Nurillo - Mehnat ta’limi kafedrasi mudiri

44. Jo’rayev Bahodir - Harbiy kafedra boshlig’i

45. Muhiddinov Muslihiddin Qutbiddinovich - Filologiya fakultetimumtoz adabiyot tarixi kafedrasi professori

46. Xodjayev Jo’raqul Xodjayevich - Biologiya va kimyo fakulteti botanika va o’simliklar fiziologiyasi kafedrasi professori

47. Muqimov Ziyodullo Yusupovich - Tarix fakulteti huquqiy ta’lim kafedrasi professori

48. Quvondiqov Obloqul - Fizika fakulteti umumiy fizika kafedrasi professori

49. Abulqosimov Ali - Geografiya va ekologiya fakulteti gidrometeorologiya kafedrasi professori

50. Jumanov Isroil Ibragimovich - Amaliy matematika va informatika fakulteti axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasi professori

51. To’rayev Bahodir Hotamovich - Ijtimoiy iqtisodiyot. fakulteti iqtisodiy nazariya kafedrasi professori

52. Nuriddinova Maysara Ikromovna - Pedagogika fakulteti boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi dotsenti

53. Oblonazarov Faxriddin Asadovich - Jismoniy madaniyat fakulteti fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport kafedrasi o’qituvchisi

54. Ergashev Abdurashid - Kasbiy ta’lim fakulteti, musiqa ta’limi kafedrasi professori

55. To’xtayev Husan MIrzayevich - Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi

56. Abiyev Ne’mat - 1-son akademik lisey direktori

57. Qo’ziyev Zafar - 2-son akademik lisey direktori

http://www.samdu.uz/assets1/plugins