Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

KAFEDRALAR Noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi Ijtimoiy - iqtisodiy geografiya kafedrasi Sport pedagogik mahoratini oshirish kafedrasi Maktabgacha ta'lim pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi Tasviriy san’at kafedrasi Botanika kafedrasi Axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasi Iqtisodiy nazariya kafedrasi Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi Mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi Umumiy fizika kafedrasi O'zbekiston tarixi kafedrasi Psixologiya kafedrasi Mаtematik tahlil kafedrasi Rus tilshunosligi kafedrasi Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi Zoologiya kafedrasi Optimal boshqaruv metodlari kafedrasi Iqtisodiyot va tadbirkorlik kafedrasi Texnologik ta'lim O‘zbek tilshunosligi kafedrasi Optika kafedrasi Arxiologiya kafedrasi Boshlang’ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti Algebra va geometriya kafedrasi Rus va chet el adabiyoti kafedrasi Fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport kafedrasi Gidrometeorologiya kafedrasi O'simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasi Matematik modellashtirish va kompleks programmalashtirish kafedrasi Kadrlar menejmenti va biznes kafedrasi Muhandislik grafikasi kafedrasi Adabiyot nazariyasi va istiqlol davri adabiyoti kafedrasi Qattiq jisimlar fizikasi Jahon tarixi kafedrasi Pedagogika kafedrasi Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi Rus tili kafedrasi Sport turlarini o‘qitish metodikasi kafedrasi Ekologiya kafedrasi Genetika va biotexnologiya kafedrasi Organik va bioorganik kimyo kafedrasi Ijtimoiy fanlar kafedrasi Fuqarolik jamiyati va milliy g'oya kafedrasi Musiqa ta'limi kafedrasi O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi Yadro fizikasi va astronomiya Tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi Differensial tenglamalar kafedrasi Ingliz tili kafedrasi Hayot faoliyati havfsizligi kafedrasi Analitik kimyo kafedrasi Tojik tili va adabiyoti kafedrasi Nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasi Falsafa kafedrasi Matematik fizika va funksional analiz Roman-german tillari kafedrasi Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi Nazariy va amaliy mexanika kafedrasi Xorijiy sharq tillari

O‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri

Mahmadiyev Shavkatjon Suyunqulovich

1982-1992-yy. – Kitob tumani Abdulla shoir nomli 24-o’rta maktab o‘quvchisi

1992-1997-yy. - Samarqand davlat universiteti talabasi

1997-1998-yy. - Samarqand davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi katta laboranti

1998-1999-yy. - Samarqand davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi stajyori

1999-2002-yy. - Samarqand davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi aspiranti

2002-2020-yy. - Samarqand davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi

2020-yil 5-iyundan - Samarqand davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri

O’zbek tilshunosligi kafedrasi

O’zbek tilshunosligi kafedrasi universitet bilan tengdosh kafedralardan biridir. O’zbek tilshunosligi kafedrasida Abdurauf Fitrat, Yevgeniy Polivanov, G’ozi Olim Yunusov, Ulug’ Tursunov, Abdurahmon Sulaymonov, Hamdam Berdiyorov, Rahmatulla Qo’ng’urov, Xudoyberdi Doniyorov, Abdujabbor Muxtorov, Vahob Egamov, Bozorboy O’rinboyev, Bekmurod Yo’ldoshev, Jo’raboy Hamdamov kabi yetakchi olimlar ishlashgan.

Kafedra a’zolari tomonidan shu paytgacha yaratilgan alohida nashrlar soni 100 dan ortadi. Ular orasida yirik hajmdagi monografiyalardan tortib, oliy ta’lim tizimida o’quv jarayonida foydalanishga mo’ljallangan darsliklar, o’quv va o’quv-uslubiy qo’llanmalar ham mavjud. Shu davr mobaynida kafedrada 200 ga yaqin fan nomzodlari va fan doktorlari tayyorlandi. Ular orasida fan arboblari, akademiklar, professorlar, dosentlar, xalq o’qituvchilari va murabbiylari bor.

Bugungi kunda O’zbek tilshunosligi kafedrasida 4 nafar fan doktori, professor (S.Karimov, U.Sanaqulov, J.Eltazarov, A.Pardayev), 5 nafar nafar fan nomzodlari, dosentlar (D.O’rinbayeva, R.Suvonova, A.G’afforov, Sh.Maxmadiyev, O.Yusupova), 6 nafar o’qituvchilar (Sh.Normo’minov, S.Umirova, D.Islomova, B.Xolmuxamedov, F.Nurmonov, M.Bobotoyev)lar  mehnat faoliyatini olib bormoqdalar. Ular kafedra bosh istiqbol rejasi bo’lgan “O’zbek tili lug’aviy va grammatik birliklarining funksional-pragmatik va kognitiv-uslubiy masalalari» (sinxron va diaxron aspekt)” mavzusi asosida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.

O’zbek tilshunosligi kafedrasining ahil jamoasi Ulug’ Tursunov shakllantirgan Samarqand tilshunoslik maktabi an’analarini davom ettirib, talabalarga bilim berish, ularni har tomonlama bilimdon, komil inson, yetuk mutaxassis qilib tarbiyalash borasidagi ilmiy-pedagogik faoliyatlarini bugungi kunda ham sobitqadamlik bilan davom ettirmoqdalar. Kafedra a’zolari respublika, viloyat ilmiy-amaliy anjumanlarida ma’ruzalar bilan ishtirok etishda, jamoat topshiriqlarini uddalashda  ham faollik ko’rsatmoqdalar.

Kafedrada o‘qitiladigan fan o`quv dasturlari

Bakalavriat ta’lim yo'nalishi o’quv rejasi

 

Magistratura mutaxassisligi o’quv rejasi