Samarqand Davlat Universiteti

uz-samdu-title

  • O'zbekcha
  • Русский
  • English

Phone:    +998 66 2391140
Fax:        +998 66 2391140
E-mail: monitor@samdu.uz
Ishonch telefoni: +998662391105

Bosh sahifa Umumiy ma'lumotlar Fakultet va kafedralar Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti

Ijtimoiy-iqtisodiyot

E-mail Bosish PDF

sl-1

Iqtisodiyot bo’limi haqida ma’lumot 

Fakultetning faoliyati to’g’risida statistik ma’lumotlar

 Fakultetda professor-o’qituvchilar soni - 38 ta. Ilmiy salohiyat - 68%, Talabalar soni – 378 ta, Magistrantlar soni – 20 ta, Aspirantlar – 8 ta, Tadqiqotchilar – 8 ta, Bitiruvchilar soni  - 88 ta bakalavr, 11 ta magistr.

Keyingi 5 yil ichida 7 ta dissertasiya himoya qilindi, shu jumladan iqtisod fanlari nomzodi bo’yicha: Arabov N.U. (2008 y.), Quvondiqov Sh.O. (2008 y.), Usmanova D.K. (2009 y.), Taniyev A.B. (2010 y.), Safarov B.Sh. (2011 y.), Xolmuxamedov M.M. (2011 y.), Nasimov D.A. (2011 y.), iqtisod fanlari doktori bo’yicha Turayev B.X. (2011 y.).

Fakultetning tuzilishi

Fakultetda quyidagi kafedralar faoliyat ko’rsatmoqda:

- «Iqtisodiy nazariya»

-«Iqtisodiyot va mehnat sotsiologiyasi»

- «Ijtimoiy iqtisodiyot,menejment va moliya».

Fakultetda 2 ta bakalavriyat ta’lim yo’nalishlari: 5230100 - Iqtisodiyot (sanoat tarmog’i), 5111000 - Kasb ta’limi (iqtisodiyot) bo’yicha hamda 2 ta magistratura yo’nalishi: 5A230110 – Mehnat iqtisodiyoti, 5A111101 – Kasb ta’limi (iqtisodiyot) bo’yicha kadrlar tayyorlanmoqda.

Professor –o’qituvchilar tarkibi

Kafedra nomi

Mavjud shtat birligi

Prof.-o’qit.soni

Shundan

O’rindosh shtatlar

O’qituvchilar yoshi

Fan dok.

Fan nomzodi

Unvonsiz

Ilmiy salohiyat

30 va undan past

31-40

41-50

51-60

60 dan yuqori

O’rtacha yosh

1.

Ijtimoiy iqtisodiyot, menejment va moliya

17,75

16

-

11

5

69%

4

-

5

1

9

1

48

2.

Iqtisodiyot va mehnat sotsiologiyasi

11

11

-

7

4

64%

1

-

5

1

2

3

55

 

3.

Iqtisodiy nazariya

10,5

11

-

7

4

64%

1.5

-

7

1

1

2

50

 

Jami

39.25

38

-

25

13

66%

6.5

-

17

3

12

5

50

Fakultet tarixi

Universitetimizda iqtisodiy sohada yuqori malakali kadrlar tayyorlash ilk bor 1992 yilning sentyabr oyida boshlandi. Amaliy matematika fakulteti tarkibida «Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish» ixtisosi bo’yicha 33 nafar talaba qabul qilindi. Shu munosabat bilan «Umumiqtisodiyot fanlari» kafedrasi ochildi.

1993-1994 o’quv yilida shu fakultet tarkibida «Turizm iqtisodiyoti va uni tashkil etish» ixtisosi ochildi. 1995-1996 o’quv yilida «Menejment» ixtisosi bo’yicha talabalar o’qishga qabul qilina boshlandi vash u munosabat bilan 1995 yilning sentyabr oyida «Menejment» kafedrasi tashkil etildi. 1997 yilda esa yana ikkita kafedra, ya’ni «Iqtisodiyot va mexnat sotsiologiyasi» hamda «Ichki va tashqi turizm menejmenti» kafedralari tashkil etildi.

1997 yil 15 avgustda universitit tarkibida mustaqil Iqtisodiyot fakulteti tashkil etilganligi haqida rektor buyrug’i e’lon qilindi.Shu yili ilk bor iqtisodiyot fakultetini 30 nafar yosh mutaxassislar bitirib chiqdi, ular respublikamizning turli nufuzli boshqaruv tashkilotlariga, moliya, bank, bojxona va soliq tizimlariga ishga yuborildi.

1999-2000 o’quv yili ilk bor Menejment yo’nalishi bo’yicha magistraturaga talabalar qabul qilindi. 2000-2001o’quv yilida Aholishunoslik va mehnat iqtisodiyoti yo’nalishi bo’yicha magistratura tashkil etildi.

Iqtisodiyot fakulteti yetakchi fakultetlardan biri bo’lib bozor iqtisodiyotiga, turizm sanoatini tashkil qilish hamda xalq xo’jaligining turli jabhalarini islohat qilishga yo’naltirilgan ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

Fakultetning asoschisi va birinchi dekani prof. K.S.Saidov (1997-1999 yillar) bo’lgan. 

Fakultetning ilmiy tadqiqot sohasi

Samarqand davlat universitetida oliy ta’lim muassasasi, fan va ishlab chiqarish o’rtasidagi innovasion korporativ hamkorlik O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 15 iyuldagi “Innovasion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora‑tadbirlari to’g’risida”gi PQ‑916 sonli Qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining 2010 yil 29 martdagi 20‑son majlisi bayoni 1.17 bandida belgilangan topshiriqlar asosida 2010 yil 17 apreldagi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’at yig’ilishining 3/2‑son hamda 2010 yil 25 dekabrdagi 13/2‑son qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida SamDU  Iqtisodiyot fakultetida quyidagi ishlar amalga oshirilgan.

Har bir kafedrada ishlab chiqarish korxonalari bilan innovasion hamkorlik borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan fakultet bo’yicha umumlashtirilgan ma’lumot shakllantirilgan.

Kafedralarda bosh tadqiqot mavzulari va ularning bajarilish holati.

“Iqtisodiyot va mehnat sotsiologiyasi” kafedrasi.

Kafedra tadqiqot mavzusi “Mehnat resurslari va ulardan samarali foydalanish yo’llari” bo’lib, mazkur tadqiqot mavzusi bo’yicha aspirantura va magistratura yo’nalishlarida hamda kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Xususan, kafedra ilmiy tadqiqot mavzusi doirasida ikkita nomzodlik dissertasiyasi himoya qilindi va uning natijalari amaliyotga tadbiq etildi. Shuningdek, aspirantura yo’nalishi bo’yicha D.Nasimov, A.Saidov, U.Eshbo’riyevlar nomzodlik dissertasiyalarini Ixtisoslashgan kengashga topshirib, muvaffaqiyatli himoya qilish arafasida. Kaferada 8 ta stajyor-tadqiqotchi va magistratura yo’nalishi talabalari tadqiqot mavzu doirasida ilmiy izlanish olib bormoqdalar.

Kafedrada professor-o’qituvchilar tomonidan o’quv-uslubiy ishlanmalar, ko’rsatmalar va qo’llanmalar tayyorlangan. Xususan, TDIU “Mehnat iqtisodiyoti va aholishunoslik” kafedrasi bilan  hamkorlikda “Xorijda ish haqini tashkil etish”, “Mehnat bozori infratuzilmasi”, “Mehnat tashkil etish muammolari” fanlari bo’yicha o’quv qo’llanmalari tayyorlanib, chop ettirish arafasida. Shuningdek, mazkur oliygoh bilan hamkorlikda yangi tahrirda “Mehnat iqtisodiyoti va sosiologiyasi” fani bo’yicha o’quv qo’lanma tayyorlanmoqda.

“Boshqaruv hisobi va moliya kafedrasi”

Bugungi kunda “aholi turmush darajasini yaxshilashda statistic ko’rsatgich va moliyaviy hisobotlarning realligi taminlash muammolari” mavzusi atrofida turli yo’nalishlar bo’yicha ilmiy ishlarni tashkil yetganlar. Ushbu mavzuning bank-moliya-kredit, soliq, buxgalteriya hisobi va audit, statistika va innovasiya yo’nalishlari bo’yicha har yili o’nlab maqola va turistlar mahalliy, respublika va xalqaro darajada chop yettirishadi. So’ngi uch-to’rt yil davomida 4 (to’rtta) nomzodlik ishi yuqorida keltirib o’tilgan yo’nalishlar bo’yicha himoya qilindi.

Kafedraning bosh tadqiqot mavzusi «ijtimoiy iqtisodiy hayotda va taraqiyotda hayot darajasining o’rni va muammolari» deb nomlanadi. Ushbu bosh mavzu bo’yicha kafedrada bita doktorlik disertasiyasi, uchta nomzodlik disertasiyasi himoya qilindi. Kafedrada aspirantura mavjud bo’lib, aspirantlarning barchasi ushbu tadqiqot mavzusi bo’yicha ilmiy isholib borishmoqda. Tadqiqot mavzusi bo’yicha olingan ilmiy xulosalar ijtimoiy iqtisodiy hayotda joriy etilmoqda. Xususan, kafedra dosenti Sh.Kuvondikovning ilmiy xulosalariO’zbekiston Respublikasi savdo-sanoatpalatasi Samarqand viloyat xududiy boshqarmasining 28.01.2008 yildagi 10-02/02 dalolatnomasi va Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi Samarqand viloyat bo’limining 2007 yil 21 dekabrdagi 01/37 – sonli ma’lumotnomasi bilan amaliyotga joriy qilingan.

Kafedralardagi innovasion guruhlarning ilmiy hamkorlik ko’rsatkichlari.

 “Iqtisodiyot va mehnat sosiologiyasi” kafedrasi TDIU “Mehnat iqtisodiyoti va aholishunoslik” kafedrasi bilan yangi yo’nalish va tahrirdagi, ya’ni “Xorijda ish haqini tashkil etish”, “Mehnat bozori infratuzilmasi”, “Mehnat tashkil etish muammolari” fanlari bo’yicha o’quv qo’llanmalarni tayyorlash va chop ettirish   bo’yicha ilmiy hamkorlik qilmoqda.

“Boshqaruv xisobi va moliya” kafedrasi bilan korxonalar o’rtasidagi ilmiy hamkorlik ko’proq korxonalarning moliyaviy holati bilan bog’liq ko’rsatkichlarni tahlil qilish va shu asnoda hamkorlik qilinayotgan korxona va muassasalar uchun uslubiy qo’llanmalar:

  • Buxgalteriya hisobi va hisobotlari tuzishni takomillashtirish;
  • Mahsulot tannarxini kalkulasiya qilishni takomillashtirish;
  • Kollejlarda yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish

mavzusida tayyorlanadi va amaliyotga joriy etiladi.

Respublika bank-moliya akademiyasi, Toshkent moliya instituti va Samarqand iqtisodiyot va servis instisutlari bilan hamkorlik natijasida guruhning 4 a’zosi nomzodlik  ishlarini himoya qildilar. Guruh a’zosidan A.Taniyev va S.Aliqulovlar doktorlik ishlari ustida ish olib borib monografiyalarini chop yettirishi arafasida turishibdi.

“Ijtimoiy iqtisodiyot va menejment” kafedrasi   Tambov universiteti (Rossiya), Qozog`iston Prezidenti qoshidagi “Menejment, iqtisodiyot va bashorat” Qozoq instituti – (KIMEP)  va Koventri (Angliya) universiteti bilan ilmiy hamkorlik  qilmoqda.

Fakultetning o’quv-uslubiy sohadagi ma’lumoti

O’quv ishlari bo’yicha asosiy e’tibor o’quv jarayoni me’yoriy xujjatlarini takomillashtirish, o’quv jarayoni va ta’lim sifati ustidan nazoratni samarali tashkil etish mexanizmini ishlab chiqish, dars mashg’ulotlarining sifatini ko’tarish, yangi texnologiyalarni    joriy etish, talabalar davomatini yaxshilash, o’quv mehnat intizomini mustahkamlash, talabalar bilim saviyasini tanlanma tekshirishdan o’tkazish va tegishli choralar ko’rish masalalariga qaratilmoqda.

O’quv jarayoni sifatini ko’tarish va bu bo’yicha kafedralar faoliyatini muvofiqlashtirish, reyting tizimi, bitiruv malakaviy ishlari bo’yicha ishlar samaradorligini oshirish maqsadida qo’yidagi yo’riqnoma va tavsiyalar ishlab chiqilib, kafedralar ta’minlandi:

        -  bitiruv malakaviy ishlarini yozish va rasmiylashtirish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar;

        - professor-o’qituvchilar jurnalini to’ldirish bo’yicha ko’rsatmalar;

        - dars mashg’ulotlarini sifat ko’rsatgichlarini baholash mezoni;

        - talabalar o’quv-ilmiy tadqiqot ishlari majmuasi;

        - reyting qaydnomasini rasmiylashtirish tartibi;

        - kafedra hisobotini tayyorlashga doir ko’rsatma;

        - 1-kurs talabalariga yo’llanma;

        - pedagogik amaliyotning ishchi dasturi.

Ijtimoiy-siyosiy fanlar yo’nalishi.

Bo'limning faoliyati to’g’risida statistik ma’lumotlar

 Ijtimoiy iqtisodiy fakultetning ijtimoiy-siyosiy fanlar bo’limda 59 nafar professor o’qituvchi faoliyat olib boradi. Ilmiy salohiyat 58%ni tashkil etadi. Bo’limning sosiologiya yo’nalishida  49 nafar, milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishida  395 nafar,  falsafa yo’nalishida -22 nafar; ijtimoiy ish yo’nalishida – 152 nafar, jami  618  nafar bakalavr talaba tahsil  olmoqda.

 Milliy g’oyani falsafiy masalalari: estetika; ma’naviyat asoslari;  etika va  estetika mutaxassisligi bo’yicha 30 nafar magistrant taxsil olmoqda.

4-nafar aspirant, 4-nafar tadqiqotchi, 121-nafar  bitiruvchilar mavjud. Ijtimoiy siyosiy fanlar bo’limida 16ta tadqiqotchi nomzodlik va doktorlik dicsertasiyalarini  mufaqqiyatli himoya qildilar.

Bo’limning tuzilishi

Ijtimoiy siyosiy fanlar bo’limi tarkibida 3ta kafedra: «Milliy g’oya va falsafa», «Ijtimoiy ish», va  «Siyosatshunoslik va demokratik jamiyat qurish nazariyasi hamda amaliyoti» faoliyat ko’rsatmoqda. Mazkur kafedralar professor o’qituvchilari tomonidan  sotsiologiya;  ijtimoiy ish;  milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi; falsafa ixtisosligi bo’yicha bakalavr hamda «Milliy g’oyaning  falsafiy masalalari; ma’naviyat asoslari; estetika;  etika va estetika  ixtisosliklari bo’yicha magistrlar  tayyorlanadi. «Ijtimoiy ish» kafedrasi tarkibida  sosiologik tadqiqotlar olib borish uchun labarotoriya tashkil etilgan bo’lib, mazkur laboratoriyada  sotsiologiya va ijtimoiy ish  yo’nalishidagi bakalavrlarning mustaqil ilmiy tadqiqot va sotsiologik  so’rovlar  tahlilini o’tkazishi va tahlil etish uchun sharoit yaratilgan. Fakultet tarkibida murabbiylar  kengashi faoliyat olib boradi. Bundan tashqari iqtidorli  talabalarning ilmiy to’garaklari mavjud bo’lib, bu to’garaklarda talabalar va magistrantlar ijtimoiy siyosiy fanlarning dolzarb masalalari bo’yicha olib borgan tadqiqotlari yuzasidan ma’zuzalar qiladilar.

Bo'lim tarixi

SamDUda ijtimoiy siyosiy fanlar bo’limining barcha yo’nalishlari mustaqillikdan so’ng tashkil etilgan. Dastlab  tarix fakulteti tarkibida 1993 sotsiologiya, so’ng 1996 da falsafa, 2001 da esa  milliy g’oya: huquq va ma’naviyat asoslari  yo’nalishlari tashkil topadi.

2003 yilda bu yo’nalishlar tarix fakulteti tarkibidan chiqarilib alohida mustaqil  ijtimoiy - siyosiy  fanlar fakulteti tashkil topadi.

2005yilda fakultet tarkibida yana bir yangi yo’nalish –ijtimoiy ish yo’nalishi ochiladi va bu yo’nalishda ijtimoiy ish mutaxassisligi bo’yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda.

Fakultet strukturalarini optimallashtirish maqsadida ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti tarix fakulteti bilan  2006 yilda yana qo’shiladi. 2011 yilda universitet fakultetlari va kafedralari strukturasidagi o’zgarishlarga ko’ra ijtimoiy-siyosiy fanlar bo’limi  tarix fakulteti tarkibidan chiqib iqtisodiyot fakulteti bilan birlashdi hamda ijtimoiy iqtisodiy fakultet deb nomlandi.

Ijtimoiy siyosiy fanlar bo’limida professor o’qituvchilar tomonidan bakalavriat va magistrlar uchun o’quv qo’llanmalar  va uslubiy tavsiyalar yozilgan  bo’lib xususan, Falsafadan ma’ruzalar  matni  I, II, IIIqismlar S.: SamDU(1992, 1993, 1994, yil); Dinshunoslik asoslari. T.: «O’zbekiston».1995 (o’quv qo’llanma) (Yaxshilikov J).  Falsafa fanidan amaliy mashg’ulotlar va uslubiy maslahg’atlar, S.: SamDU. 1996 yil; Falsafa va dunyoqarash  Haydarov P, Yaxshilikov J  S.: SamDU 1998; Ma’naviyat asoslari Akademik lisey  va KHK uchun o’quv dasturi T.: 1999, 2004  y; Milliy qadriyatlar  va ma’naviyat asoslari T.: 2001 yil. Yaxshilikov J, Aliqulov Q.

Fakultet qoshida 2012-2013 o’quv yilida Samarqand viloyatida  faylasuf bakalavrlarga bo’lgan extiyojdan  tashqari Zarafshon vohasi hamda Qashqadaryo,  Surxondaryo  viloyatlaridagi AL va   KHKlari, oliy o’quv yurtlaridagi faylasuf mutaxassislarga zarur bo’lgan  ehtiyojni inobatga olib bakalavr yo’nalishini ochish rejalashtirilgan. Fakultetda  2009 yildan  ijtimoiy  ish sohasida  bitiruvchilar  tayyorlanayotganligi va  ularning  keyingi ilmiy tadqiqot va izlanishlari  uchun imkoniyat  yaratish maqsadida «Ijtimoiy ish» mutaxassisligi bo’yicha magistratura  ochish rejalashtirilgan. Bo’limdagi  ilmiy  salohiyatni inobatga olib «Estetika» – mutaxassisligi bo’yicha  aspirantura ochish rejalashtirilgan

Oxirgi yangilash ( 27.05.2015 11:44 )  

Rektor virtual qabulxonasi

Banner

Fotogaleriya


1-9foto-191-29foto-41-3

TUG'ILGAN KUN MUBORAK BO'LSIN!

24-may. Xudoyberdiyeva Gavxar Ismailovna 29-may. Xasanov Gafurjan Aknazarovich

Elektron pochta xizmati

1414756350 e-mail2
Banner

E'lonlar

 
logoabitur1
   

Yaponiya fan - texnologiyalari,sport  va madaniyat vazirligi   va YUNESKOning milliy komissiyasi hamkorligida Yaponiya “Goi jahon fondi”  “Tabiatdan o’rganamiz” mavzusida xalqaro essay tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovda ishtirok etish tartibi  http://www.goipeace.or.jp/en/work/essay-contest/ web sahifasidato’liq berilgan. Esseylar 2017 yil 15 Iyunga qadar 
е-mail: essay@goipeace.or.jp  manziliga jo’natiladi. Asosiy sovrin 100 ming yena (900$) va 25 noyabr kuni mukofotlani topshirish uchun yaponiyaga taklif etiladi.
Qo’shimcha ma’lumot xalqaro aloqalar bo’limidan olish mumkin. 
   

Italiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi 2017-2018 o‘quv yillarida Italiya OTMlarida tahsil olish uchun grant stipendiya tanlovini e‘lon qilgan.
Grant shartlari:
1. Italyan tilini bilish,
sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish
3. Italiya universitetidan ilmiy rahbar rozilik xati (PhD bo‘yicha)
Xujjatlarni topshirish muddati: 10 may 2017 yil (xujjatlar Italiya elchixonasiga topshiriladi) Qo‘shimcha ma’lumotni xalqaro aloqalar bo‘limidan olish mumkin.  



 

Loyihalar

Banner
Banner

Fikr.UZda SamDU blogi

Banner

Milliy internet tanlovi

Banner
Banner
Banner
Banner
Banner

Reyting


Statistika

Foydalanuvchilar : 7
Maqolalar : 529
Bog'lanishlar : 6
Ko'rilgan maqolalar soni : 18926095
Hozir 552 ta mehmon onlaynda

Ob-havo

Онлайн консультант