Dekan: Soleyev Ahmadjon Soleyevich, f.m.f.d., professor.
Dekan o‘rinbosarlari: Mardonov Eshim Mardonovich, p.f.n., dotsent
Boboyorov Abdusattor Ibragimovich, f.m.f.n. dotsent
Mexanika – matematika fakulteti haqida
Mexanika-matematika fakultetida 3 ta ta’lim yo‘nalishlari (5406100-matematika, 5440200-mexanika va 5480100-amaliy matematika va informatika) bo‘yicha bakalavrlar, 12 mutaxassislik bo‘yicha (deformatsiyalanuvchi qattiq jism mexanikasi, matematik tahlil, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, hisoblash matematikasi, amaliy matematika va axborot texnologiyalari, matematik fizika, nazariy mexanika, matematik modellash, geometriya va topologiya, matematika o‘qitish metodikasi, matematik mantiq, algebra va sonlar nazariyasi) magistrlar tayyorlanadi 121 nafar professor-o‘qituvchi, jumladan, 20 nafar fan doktori, professor, 69 nafar fan nomzodi, dotsent faoliyat ko‘rsatishmoqda. Ilmiy salohiyat 72,7% .
Hozirgi kunda 908 nafar talaba (794 nafari bakalavriat va 114 nafari magistratura talabasi) tahsil olmoqda. 7 nafar stsjor-tadqiqotchi-izlanuvchi va 5 nafar tatqiqotchi ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanmoqdalar.
Bugungi kungacha fakultetni tugatgan kadrlardan 31 nafari fan doktori, 148 nafari fan nomzodi ilmiy darajalarga erishishgan. Jumladan, oxirgi 3 yilda 2 ta doktorlik va 8 ta nomzodlik dissertatsiyasihimoya qilindi.
Har yili 200-250 nafar yoshlar fakultetni bitirib, iqtisodiyotning turli sohalariga yo‘llanma olishmoqda. Jumladan, 2011 yilda 149 nafar talaba (196 nafar bakalavriat va 53 nafar magistratura talabasi) bakalavr va magistr akademik darajasiga ega bo‘lishdi.
Fakultet tarixidan lavhalar
1927-yilda tashkil topgan Samarqand pedagogika institutining (hozirgi universitet) fizika-matematika bo‘limi mexanika-matematika fakulteti tashkil etilishiga asos bo‘ldi. 1961-yilda fizika-matematika fakulteti bazasida fizika va mexanika-matematika fakultetlari tashkil etildi. 1972-yilda amaliy matematika fakulteti ochildi va keyinchalik informatika va informatsion texnologiyalar, 2004-yildan amaliy matematika va informa-tika nomi bilan atala boshlandi. 2005-yilda mexanika-matematika, fizika, amaliy matematika va informatika fakultetlari birlashtirilib, yana fizika-matematika fakulteti nomini oldi. 2008-yil dekabr oyida ushbu fakultet fizika va mexanika-matematika fakultetlariga ajratildi.
Mexanika-matematika fakultetini turli yillar davomida quyidagi olimlar boshqarishgan: prof. Malin R.X. (1931-1935), dots. Sobirov M.S. (1936-1944, 1953-1956), prof. Iskandarov R.I. (1944-1953), prof. Narzullayev X. N. (1957-1974), prof. Ortiqov A.R. (1975-1977), prof. Abduhamidov A.U.(1978-1985), prof. Yormuhamedov Sh.Y. (1986-1990), dots. Nazarov A.N. (1991-1994), prof. Isroilov I.I. (1995-1996), dots. Aymatov Q.A. (1997-1998), prof. Do‘stmatov O. (1999-2005), prof. Eshqobilov N. (2006-2008).
Informatika va informatsion texnologiyalar fakultetiga turli yillarda dots. Shirov I, prof. To‘rayev X.T, dots. Suyarshayev M.M, dots. Amriddinov S.A, prof. Begmatov A.Q, dots. U.X.Narzullayevlar dekanlik qilishgan. 2009-yildan dotsent Qurbonov H.Q. fakultet dekani vazifasini bajarmoqda. Fakultet o‘z tarixi davomida iqtisodiyot uchun minglab ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlab berdi, o‘nlab yetuk fan va maorif arboblari yetishib chiqdi. Akademik T.Sh.Shirinqulov, Beruniy nomli davlat mukofoti lauriati F.B.Badalov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, M.S. Sobirovlar shular jumlasidandir. Shuningdek, fakultetda faoliyat ko‘rsatgan va hozirgi kunda faoliyat ko‘rsatayotgan fan doktori va professorlar Sh.R.Sharipov, Sh.Y.Yormuhamedov, N.Narzullayev, A.R.Ortiqov, S.N.Laqayev, A.S.Soleyev, X.X Xudoynazarov, X.T.To‘rayev, B.X.Xo‘jayorov, I.Jumanov, A.X.Haydarov, A.H.Begmatov, I.I.Isroilov, O.Do‘stmatov, A.H.Hotamov, G.V.Zloskiy, T.X.Xolmatov, I.Ikromov, J.Abdullayev, T.Ishankulov, A.G‘oziyev, O.Abdurashidov, A.U. Abduhamidovlar hamda 148 nafar fan nomzodi va dotsentlar mexanika-matematika fakultetida yetishib chiqqan kadrlar hisoblanadi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, FA ning muxbir a’zosi I.S. Kukles, professorlar N.P. Romanov, Sh. Y. Yormuhamedov kabi fan darg‘alari talabalarga ta’lim berish bilan bir qatorda malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashga katta hissa qo‘shishdi. Hozir bu borada professorlar Laqayev S.N, Soleyev A.S, Xudoynazarov X.X, Jalilov, A.J, To‘rayev X.T, I.I. Jumanovlar faol mehnat qilishmoqda.
Fakultetning tuzilishi
Fakultet tarkibida 5 ta kompyuter sinfi, 2 ta laboratoriya (amaliy mexanika, informatsion texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tatbiq qilish), bitta matematika kabineti, 2 ta magistrlar xonasi, 26 ta o‘quv xonalari mavjud.
Matematika yo‘nalishi bosh korpusning uchinchi qavatida, mexanika, amaliy matematika va informatika yo‘nalishlari esa bosh korpus hovlisidagi 3 ta bir qavatlik korpuslarda joylashgan. Fakultetda 9 ta kafedra faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ilmiy-tadqiqot ishlari

Oxirgi o‘n yil davomida fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilgan ilmiy-tatqiqotlar natijasi 1441 ilmiy maqolada o‘z aksini topdi. Jumladan, xorijiy ilmiy nashriyotlarda 99 ta, Respublika markaziy nashriyotlarda 509 ta maqola nashr qilindi. 8 ta monografiya tayyorlanib, chop etildi. 4 ta doktorlik, 21 ta nomzodlik dissertasiyasi himoya qilindi. 5 ta doktorlik, 12 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya arafasida turibdi. Jumladan, oxirgi yil 1 ta doktorlik, 3 ta nomzodlik ishi himoya qilindi. 16 ta professor-o‘qituvchi chet el va respublika grantlari bo‘yicha tatqiqot ishlari olib bormoqda. Jumladan, Prof.A.A.Djalilov 1. DJF (Germaniya) granti. 2. Abdusalam (Italiya, Triyest nazariy fizika va matematik ins.) granti. 3. D.Mayer (Germaniya), K.Xanin (Kanada), I.Lus (Fransiya), Ya.Sinay (AQSh, Prinston universiteti) bilan ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Prof.S.N.Laqayev 1. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademyasi Samarqand bo‘limi O‘zbekiston fundamental tadqiqotlar fondi granti. 2. Germaniya-O‘zbekiston proyekti (DFG 436 USB113/3,113/4, 113/6,113/7) DAAD,SRDF grantlari. 3. Bonn, Mainz, Potsdam universitetlari olimlari. Sergio Albeverio, Volker Bach, Walter de Seqiera Pedra va Tarxanov-lar bilan birga ilmiy tatqiqotlar olib borilmoqda.
Prof.I.Ikromov 1. AQSHning Prinseton universiteti, Anglyaning Kembridj, Germaniyaning Kyolin universiteti, Izroilning Tel-Aviv universiteti, Italyaning Triyest shahridagi xalqaro nazariy fizika ilmiy markazi, Rossiyaning Moskva davlat universitetlari bilan hamkorlikda ilmiy uslubiy tatqiqotlar olib bormoqda.
O‘quv-uslubiy ishlar
Oxirgi o‘n yil davomida fakultet professor o‘qituvchilar tomonidan 8 ta darslik, 27 ta o‘quv qo‘llanma, 118 ta uslubiy qo‘llanma, 164 ta uslubiy ko‘rsatma va tavsiyalar tayyorlanib, chop etildi. Jumladan, 5 ta darslik va o‘quv qo‘llanmalari «Yilning eng yaxshi o‘quv adabiyoti» tanlovida sovrinli va ragbatlantiruvchi o‘rinlarni egalladi.
1. I.I.Isroilov, «Geometriyadan masalalar to‘plami», o‘quv qo‘llanma T. O‘qituvchi, 2001 yil, 214 bet – 1 o‘rin. 2. I.I.Isroilov, Funksiyalar va grafiklar, o‘quv qo‘llanma, T.: O‘qituvchi, 2008 yil, 263 bet rag‘batlantiruvchi o‘rin.
3. A.G‘oziyev,, I.I.Isroilov, M.Yaxshiboyev, Matematik analizdan misol va masalalar, o‘quv qo‘llanma, T.O‘qituvchi, 2006 yil, 312 bet-rag o‘batlantiruvchi o‘rin.
4. H.T.To‘rayev, Diskret matematika va matematik mantiq, o‘quv qo‘llanma, T.: O‘qituvchi, 2008 yil –2 o‘rin. 5. H.To‘rayev, O‘rinboyev, A.Musayev, Harakat turg‘unligini tadqiq etishni avtomatlashtirish, T. O‘qituvchi, 2006 yil 3-o‘rin.
Fakultet talabalari erishgan yutuqlar
2003-yil: Arabboyev Sh. - Beruniy stipendiyasi, Qudratova A. - Beruniy stipendiyasi. 2004-yil: Absalomov A. - Otaxodjayev stipendiyasi, Jo‘rayeva A. - Beruniy stipendiyasi. 2005-yil: Qalandarova M. - Ulug‘bek stipendiyasi.2006-yil: Eshtemirova L. - Beruniy stipendiyasi, Soleyeva N. - Ulug‘bek stipendiyasi, Imomqulov A. - Ulug‘bek stipendiyasi, Shermatova Y. - Sirojiddinov stipendiyasi, Xolmatov Sh. - Respublika fan olimpiadasida 2-o‘rin. 2007-yil: Xolmatov Sh. - Respublika fan olimpiadasida 1-o‘rin, Eshtemirova L. - Iqtidorli talabalar Respublika ilmiy anjumani ishtirokchisi (diplom). 2007-yil: magistrlar Sattorov A., Achilov A., Kuliyev K., Kuliyeva G., Nurmatov X lar tanlovdan o‘tib Chexiyada o‘qishni davom ettirishdi. Kuliyev Komil 2009-yilda dissertasiya himoya qilib, Chexiya universitetida dotsent lavozimida ishlamoqda. 2008-yil: Ibragimov O. - Respublika fan olimpiadasida 2-o‘rin, 2009-yil: - Respublika fan olimpiadasida 1-o‘rin, - Respublika «Universitet talabalar bahori» fan tanlovida 1-o‘rin, - Bolgariyada bo‘lib o‘tgan halqaro fan olimpiadasida 4-o‘rinlar sovrindori, 2009-yilda Germaniya universitetiga magistraturaga o‘qishga kirdi va o‘qishni davom ettirmoqda. 2009-yil: Rasulov K. - Sirojiddinov stipendiyasi sovrindori, Axmedjanov B. - «Ingliz tili» bo‘yicha Respublika fan olimpiadasida 2-o‘rin g‘olibi. 2010-yilda Salimova D. - Rus tili buyicha Respublika olimpiadasida 2-o‘rin, 2010-yil: Ermamatova M – Ulug‘bek stipendiyasi. 2011-yil Nusratov X – Ulugbek stipendiyasi, 2011-yil Allado‘stov Sh – Respublika fan olimpiyadasida 3-o‘rin va shu yili Sirojiddinov nomli stipendiyasi sovrindori, Jo‘rayeava U – 2011-yil ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha «Zulfiya» nomidagi stipendiya sovrindorlari bo‘lishdi.
Non Vestibulum lacus justo pellentesque massa Pellentesque Integer Ut non a. Ligula egestas eget felis ut amet tortor et pellentesque id justo. Consequat Sed interdum in malesuada molestie fermentum justo scelerisque wisi ac. Maecenas urna nec dolor ullamcorper auctor laoreet ridiculus tortor Vestibulum morbi. Vitae Nullam Aenean Quisque id tellus pellentesque.
| < Prev | Next > |
|---|
















