Samarqand Davlat Universiteti

uz-samdu-title

  • O'zbekcha
  • Русский
  • English

Phone:    +998 66 2391140
Fax:        +998 66 2391140
E-mail: monitor@samdu.uz
Ishonch telefoni: +998662391105

1-Akademik litsey

E-mail Bosish PDF
SamDU qoshidagi 1-sonli akademik lisey
 
Universitet qoshidagi 1-sonli AL 1996 yildan lisey-internat sifatida faoliyat boshlagan. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi, O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Markazining 1998 yil 16 iyuldagi 192-sonli hamda 1998 yilning 24 iyuldagi O’MKHT boshqarmasining № 45-sonli buyruqlari asosida akademik liseyga aylantirilgan.
Bugungi kunda akademik liseyda jami 138 nafar o’qituvchi faoliyat ko’rsatadi. Ulardan 124 nafari (90%) asosiy shtatda, 12 nafari (10 %) o’rindosh o’qituvchilardir. ALda 2 nafar davlat mukofoti sovrindori, 4 nafar fan doktori, 12 nafar fan nomzodi, 4 nafar xalq ta’limi a’lochisi, 7 nafar O’MKHT a’lochii faoliyat yuritmoqda.
Universitetning 17 nafar professor-o’qituvchisi ALda o’rindoshlik asosida ishlamoqda.
ALda aniq fanlar (iqtisodiyot),  aniq fanlar (texnika),  tabiiy fanlar, xorijiy filologiya, ijtimoiy-gumanitar fanlar kabi 5 yo’nalishda 1764 nafar o’quvchi tahsil olmoqda.
ALda 20000 ga yaqin kitob fondiga ega bo’lgan ARM bor. Akademik liseyning 300 o’rinli oshxona, 240 o’rinli majlislar zali, 2 ta yopiq sport zali, trenajyor zali, 1 ta ochiq tennis korti va yopiq basseyn o’quvchilar xizmatida. Dars jarayonida Koreya krediti asosida hamda Respublikamizdagi “El xolding” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan jihozlangan 2 ta kimyo, 2 ta fizika, 2 ta biologiya laboratoriya xonalari, 3 ta informatika, 3 ta audio-video lingafon, 1 ta multimedia o’quv xonalari, Gyote instituti tomonidan jihozlangan nemis tili o’quv markazidan foydalanilmoqda. AL 300 o’quvchiga mo’ljallangan yotoqxonaga ega.
Bugungi kunda akademik liseyda o’quvchilarning bilimi, iqtidorini rivojlantirish, jismonan sog’lom, ma’naviy barkamol o’g’il-qizlar etib tarbiyalashga qaratilgan 35 ta fan to’garagida 910 nafar o’quvchi, 12 ta sport va 2 ta ijodiy to’garaklarda 664 nafar o’quvchi qatnashmoqda.
2013 yil 24-30 aprel kunlari Toshkent shahrida o’tkazilgan 47-xalqaro Mendeleyev olimpiadasida akademik liseyning 3-kurs o’quvchisi Daminova O’g’iloy 4-darajali diplom bilan taqdirlandi. Abdullayeva Shirin Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida MDH va Boltiq bo’yi mamlakatlari o’quvchilari o’rtasida o’tkazilgan “Rus tili va madaniyati” olimpiadasida 2-o’rinni egallab, diplom bilan taqdirlandi.
2013 yilda 1-son akademik liseyining 15 nafar o’quvchilari (8 nafar 3-kurs, 7 nafar 2-kurs o’quvchilari) viloyat o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o’rtasida 1-o’rinni egallagan.
2012-2013 o’quv yilida ALning 553 nafar bitiruvchisidan 531 nafari testga qatnashgan, shundan 278  nafari oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilingan. Bu 50,3% ni tashkil etadi. Shundan 29 nafari Samarqand Davlat universiteti talabasidir. Bu 10,4% ni tashkil etadi.
ALda tashkil etilgan fan klublari va “Abituriyent shtab”i mashg’ulotlarida universitetning 16 nafar professor-o’qituvchisi ishtirok etmoqda.
ALda universitet kafedralaridan 6 tasinig filiali tashkil etilgan.
SamDU qoshidagi akademik liseylarning yosh o’qituvchilarini dars berish salohiyatini oshirish maqsadida universitet professor-o’qituvchilari 1-sonli ALda 12 marta ochiq darslar tashkil etilgan. 1-son Akademik lisey SamDU professor-o’qituvchilari bilan hamkorlikda quyidagi darslik va o’quv qo’llanmalarini yaratilgan: I.Isroilov, Z.Pashayev “Geometriyadan masalalar to’plami”, I.Isroilov, Z.Pashayev “Geometriya” 1-qism, 2-qism; I. Isroilov, Z. Pashayev “Geometriya” (rus tilida), B.Yo’ldoshev, Z.Shodiyev “Ufq trilogiyasining lingvopoetik tahlili masalalari”; A.U.Abduhamidov, H.Nasimov va boshqalar “Algebra va matematik analiz asoslari”, 1-qism., A.U.Abduhamidov, H.Nasimov va boshqalar “Algebra va matematik analiz asoslari”, 2-qism va boshqalar. SamDU tabiiy fanlar fakulteti analitik kimyo kafedrasi professori E.Abdurahmonov va SamDU qoshidagi 1-con akademik lisey o’qituvchilari R.Begmatov va N.Muhammadiyevalarning “Umumiy kimyo” nomli o’quv-uslubiy qo’llanmasi akademik liseylarning tabiiy fanlar yo’nalishi 1-kurs o’quvchilari uchun mo’ljallangan o’quv dastur asosida yozilgan.
Akademik lisey o’qituvchilari SamDU professor-o’qituvchilari bilan  hamkorlikda yaratgan 50 dan ortiq maqolalari nashr etilgan. AL o’qituvchilaridan N.Qobilov SamDU professori X.Umurov rahbarligida “Pirimqul Qodirovning adabiy-tanqidiy qarashlari” mavzusida, Z.Shodiyev SamDU professori B.Yo’ldoshev rahbarligida «Said Ahmadning “Jimjitlik” romanidagi frazeologizmlar» mavzusida doktorlik dissertasiyalari yozilmoqda.
Oxirgi yangilash ( 05.11.2016 09:23 )  

Rektor virtual qabulxonasi

Banner

Fotogaleriya


1-41-121-151-21foto-2

TUG'ILGAN KUN MUBORAK BO'LSIN!

24-may. Xudoyberdiyeva Gavxar Ismailovna 29-may. Xasanov Gafurjan Aknazarovich

Elektron pochta xizmati

1414756350 e-mail2
Banner

E'lonlar

 
logoabitur1
   

Yaponiya fan - texnologiyalari,sport  va madaniyat vazirligi   va YUNESKOning milliy komissiyasi hamkorligida Yaponiya “Goi jahon fondi”  “Tabiatdan o’rganamiz” mavzusida xalqaro essay tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovda ishtirok etish tartibi  http://www.goipeace.or.jp/en/work/essay-contest/ web sahifasidato’liq berilgan. Esseylar 2017 yil 15 Iyunga qadar 
е-mail: essay@goipeace.or.jp  manziliga jo’natiladi. Asosiy sovrin 100 ming yena (900$) va 25 noyabr kuni mukofotlani topshirish uchun yaponiyaga taklif etiladi.
Qo’shimcha ma’lumot xalqaro aloqalar bo’limidan olish mumkin. 
   

Italiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi 2017-2018 o‘quv yillarida Italiya OTMlarida tahsil olish uchun grant stipendiya tanlovini e‘lon qilgan.
Grant shartlari:
1. Italyan tilini bilish,
sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish
3. Italiya universitetidan ilmiy rahbar rozilik xati (PhD bo‘yicha)
Xujjatlarni topshirish muddati: 10 may 2017 yil (xujjatlar Italiya elchixonasiga topshiriladi) Qo‘shimcha ma’lumotni xalqaro aloqalar bo‘limidan olish mumkin.  



 

Loyihalar

Banner
Banner

Fikr.UZda SamDU blogi

Banner

Milliy internet tanlovi

Banner
Banner
Banner
Banner
Banner

Reyting


Statistika

Foydalanuvchilar : 7
Maqolalar : 529
Bog'lanishlar : 6
Ko'rilgan maqolalar soni : 18926092
Hozir 546 ta mehmon onlaynda

Ob-havo

Онлайн консультант