Samarqand Davlat Universiteti

uz-samdu-title

  • O'zbekcha
  • Русский
  • English

Phone:    +998 66 2391140
Fax:        +998 66 2391140
E-mail: monitor@samdu.uz
Ishonch telefoni: +998662391105

Pedagogika

E-mail Bosish PDF

PEDAGOGIKA FAKULTETI

         ped-fak   Fakultet faoliyati haqida statistik ma’lumot

1)      professor-o’qituvchilar – 75 nafar

2)      fan doktori, professorlar- 3 nafar

3)      fan nomzodi, dotsentlar – 21

4)      ilmiy salohiyat    - 34,7

5)      talabalar         – 834 nafar

6)      magistrantlar  - 17 nafar

7)      aspirantlar – 5 nafar

8)      doktorantlar – 1 nafar

9)      tadqiqotchilar – 7 nafar

10)    bitiruvchilar – 216 nafar

11)    dissertasiya himoyasi – 1 nafar

12)    stipendiat talabalar – 2 nafar

Fakultet tuzilishi

·         dekanat

·         ilmiy kengash

·         o’quv-metodik kengash

·         kafedralar – 4

Boshlang’ich ta’lim metodikasi (fan nomzodi, dotsent-10, o’qituvchi -23)

Maktabgacha ta’lim metodikasi ( fan doktori, professor-1, fan nomzodi, dotsent -2, o’qituvchilar 5)

Pedagogika (fan doktori, prof.- 2, fan nomzodi,dots.- 6,o’qituvchi- 15)

Psixologiya (fan nomzodi, dotsent- 3, o’qituvchi – 9)

Ta’lim yo’nalishlari – 4

5111700 - boshlang’ich ta’lim va tarbiyaviy ish

5111800 -maktabgacha ta’lim

5110900 - pedagogika va psixologiya

5210200 –psixologiya

Magistratura mutaxassisligi - 3

5A141804 – ijtimoiy pedagogika

5A141701– boshlang’ich ta’lim pedagogikasi va metodikasi

5A110901 – pedagogika

Stajiyor-tadqiqotchi izlanuvchi  – 1

13.00.01 – pedagogika nazariyasi va tarixi

Katta ilmiy xodim – 1

13.00.01 – pedagogika nazariyasi va tarixi

Laboratoriyalar – 2

«Afrosiyob» mintaqaviy tadqiqot laboratoriyasi

psixologiya o’quv laboratoriyasi

·   ijtimoiy tashkilotlar- xotin-qizlar kengashi;  «Nuroniy» jamg’armasi akultet kengashi murabbiylar kengashi;  «Kamolot» YoIJ; «Sog’lom avlod» jamg’armasi fakultet kengashi

Fakultet tarixi

Buyuk allomalaru ustozlarga qanot bergan Samarqandda asrlar osha ma’naviyat va ma’rifat ahli teran ilmiy va pedagogik faoliyat yuritib kelmoqda. Ana shu bilimlar diyorida Samarqand Davlat universiteti tarkibidagi pedagogika fakulteti o’ziga xos va sharifiga mos mavqyega egadir.

Fakultet «Maktabgacha tarbiya va boshlang’ich ta’lim uslubiyati» nomi bilan 1966 yilda sobiq Sadriddin Ayniy nomidagi pedagogika instituti bazasida ochilgan. 1992 yilda pedagogika institutining Samarqand davlat universitetiga qo’shilgandan keyin ham alohida fakultet sifatida faoliyat ko’rsatdi. Shu o’tgan yillar mobaynida kunduzgi bo’limni 6000 ga yaqin, kechki bo’limni 1350, sirtqi bo’limni 3000 dan ziyod mutaxassis bitirib chiqdi. Bitiruvchilarimiz mamlakatimiz hayotida faol qatnashib, maktab-maorifni rivojlantirishdek xayrli ishga munosib hissa qo’shib kelmoqdalar.

Fakultetga Shavkat Mahmatmurodov (1989-2001,2005-2007), X.Ibragimov (2001-2004), U.Tashkenbayev ( 2004-2005) , U.Zohidov (2007-2008), X.Nazarov ( 2008-2009), M.Qodirovlar (2009) , T.Qurbonov(2009-2015) dekanlik qildilar.  2015 yildan buyon fakultetga A.Saidov rahbarlik  qilib kelmoqda.

1994 yilda fakultetda psixologiya yo’nalishi ochildi va u ma’lum yillardan keyin yana yopildi. 2009 yilda bu yo’nalish yana tiklandi. Hozirda 5210200- psixologiya (faoliyat turlari bo’yicha) yo’nalishida talabalar tahsil olmoqda. Fakultetda to’rtta kafedra faoliyat ko’rsatmoqda.

Pedagogika (mudiri prof. K.Hasanova), psixologiya (mudiri dots. A.Saidov), boshlang’ich ta’lim metodikasi (mudiri dots. F.Shodiyev), maktabgacha ta’lim metodikasi ( mudiri  dots.B.Doniyev).  Bu kafedralarda o’z sohasining bilimdonlari bo’lgan yirik olimlar faoliyat ko’rsatganlar.

Fakultetda har yili «Uzluksiz ta’lim sifat va samradorligini oshirishning nazariy-uslubiy muammolari» hamda «Axborot kommunikasiya pedagogik texnologiyalarni o’quv jarayoniga joriy etish muammolari»ga bag’ishlangan an’anaviy respublika ilmiy-amaliy anjuman o’tkaziladi. Shuningdek, «Ta’lim va tarbiya muammolari», «Boshlang’ich ta’lim metodikasi va pedagogikasi» , «Jamiyat va psixologiya» nomi bilan ilmiy to’plamlar nashr etildi.

Ilmiy-tadqiqot sohasi.

Fakultetda pedagogika, psixologiya, boshlang’ich ta’lim va  maktabgacha ta’lim pedagogikasi va metodikasi yo’nalishlarini ilmiy jihatdan o’rganish, tadqiq etish, eksperimentlar o’tkazish, xulosalar va takliflar berish bu sohadagi asosiy yo’nalish sanaladi.

Mavjud to’rtta kafedradagi ilmiy-tadqiqot mavzulari uzluksiz ta’lim jarayoni va uning sifat-samaradorligini oshirish yo’llari, oliy ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi, ta’limda yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish, ta’limda axborot texnologiyalarini jalb etish va undan foydalanish yo’llari va usullarini yaratish, fan yutuqlarini ta’limga joriy etishga bag’ishlangan.

Tadqiqot yo’nalishlari:

«Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik-psixologik shart-sharoitlari»deb nomlanuvchi ushbu mavzu ustida 2 nafar professor, 6 nafar fan nomzodi, 10 nafar tadqiqotchi, 5 nafar aspirant va 2 nafar  doktorant  ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

Maqsad va vazifa:

·         milliy tarbiya omillari, usullari va vositalari yuzasidan ilmiy tadqiqotlar o’tkazish;

·         komil inson tarbiyasi va uni amalga oshirish metodikalarini ishlab chiqish;

·         maktabgacha ta’lim muassasalarida nafosat tarbiyasi mazmunini takomillashtirish va bog’cha amaliyotiga tadbiq etish;

·         komil shaxsni tarbiyalashning etnopedagogik muammolarini o’rganish va tavsiyalar berish ;

·         oilada ijobiy hissiyotlarni singdirish orqali komil insonni tarkib toptirish bo’yicha tavsiyalar tayyorlash;

·         yoshlarda oila haqidagi ijtimoiy tasavvurlarni shakllan-tirishning ilmiy va amaliy muammolarini o’rganish;

·         kichik maktab o’quvchilarida ijodiy qobiliyatlarni shakllan-tirish yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borish;

·         darslarni loyihalash asosida talabalarda kasbiy ko’nikma-larni rivojlantirishni tadqiq etish va ta’lim jarayonida qo’llash;  

·         mehnat munosabatlarini tashkil etishda o’smirlarni ijtimo-iy himoyalash mazmunini tadqiq etish va ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llash;  

·         yoshlarda irodaviy xususiyatlarni shakllantirishning ilmiy va amaliy muammolarini o’rganish;

·         ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish-ning samaradorligini oshirish yo’llarini tarkib toptirish.

·         mehnat munosabatlarini tashkil etishda o’smirlarni ijtimo-iy himoyalash mazmunini tadqiq etish va ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llash;  

·         ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish-ning samaradorligini oshirish yo’llarini izlab topish va bu bo’yicha tavsiyalar tayyorlash.

«Shaxsni umuminsoniy va milliy ruhda tarkib toptirishning pedagogik-psixologik asoslari» deb nomlangan ilmiy-tadqiqot mavzusi bo’yicha  4 nafar fan nomzodi, 7 nafar  tadqiqotchi ish olib bormoqda.

            Ko’zda tutilgan  asosiy muammolar va ularning yechimi:

·        milliy tarbiya omillari, usullari va vositalari yuzasidan ilmiy tadqiqotlar o’tkazish;

·         maktabgacha ta’lim muassasalarida nafosat tarbiyasi mazmunini takomillashtirish va bog’cha amaliyotiga tatbiq etish;

·         yoshlarda sog’lom (sanogen), ijodiy, yaratuvchi (kreativ) tafakkurni shakllantirishning psixologik asoslarini ishlab chiqish;

·          badiiy asarlarda umumpsixologik muammolar talqini  va uning ta’lim-tarbiyadagi o’rnini belgilash;

·         talabalar shaxsida ekologik madaniyat shakllantirishning yo’l va vositalarini izlab topish va bu bo’yicha tavsiyalar tayyorlash;

·         yoshlarda irodaviy xususiyatlarni shakllantirishning ilmiy va amaliy muammolarini o’rganish;

«Maktabgacha yoshdagi bolalarni bilim va dunyoqarashini shakllantirishning pedagogik-psixologik asoslari» mavzusi bo’yicha  1 nafar fan doktori, 2 nafar fan nomzodlari va 4 nafar  tadqiqotchi ilmiy izlanishlarni olib bormoqda.

Quyidagi yo’nalishlarda ilmiy-tadqiqotlar olib borish ko’zda tutilmoqda:

·        maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini nazorat va tahlili yuzasidan ilmiy tadqiqotlar o’tkazish;

·         maktabgacha ta’lim muassasalarida nafosat tarbiyasi mazmunini takomillashtirish va bog’cha amaliyotiga tatbiq etish;

·         maktabgacha ta’lim muassasasidagi bolalarni bilish jarayon-larini rivojlantirish bo’yicha tavsiyalar tayyorlash;

·         maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o’stirish yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borish va natijasi bo’yicha tavsiyalar berish;

·         maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalash va uning mazmunini  belgilash, natijasi bo’yicha tavsiyalar berish;  

·         maktabgacha yoshdagi bolalar  bilish jarayonlarini shakllantirish muammolarini o’rganish va bu bo’yicha o’quv qo’llanmalari yaratish;

·         maktabgacha yoshdagi bolalar irodaviy xususiyatlarni shakllan-tirishning ilmiy va amaliy muammolarini o’rganish va tavsiyalar tayyorlash;

·         maktabgacha ta’lim muassasasida yosh guruhlarda hikoya qilishga o’rgatish jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishning samara-dorligini oshirish yo’llari  bo’yicha uslubiy qo’llanmalar tayyorlash.

«Boshlang’ich ta’limning dolzarb muammolari» mavzusiga  10 nafar fan nomzodi  va 6 nafar tadqiqotchi birlashtirilgan. Ushbu mavzu-ning asosiy maqsad va vazifalari :

·                    boshlang’ich ta’lim jarayonida o’tkazilgan eksperementlar natijasiga ko’ra fanlarni o’qitish metodikasi bo’yicha tavsiyalar tayyorlash;

·                    ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llashda axborot vositalaridan foydlanishning samarali usullarini yaratish;

·                    kichik maktab yoshidagi o’quvchilar bilimini sinashning yangi usululrini yaratish, testlarga tayyorlash va uning samarali tomonlari haqida tavsiyalar berish;

·                    yod olish va uni uzoq vaqt xotirada saqlashning yo’llarini ko’rsatish bo’yicha tavsiyalar berish;

·                    ta’limning mazmun-mohiyatini mujassam etuvchi darsliklarni tahlil qilish va uni yanada ixchamlashtirish bo’yicha tavsiyalar tayyorlash;

·                    ta’limda noan’anaviy usullardan foydalanishning ma’qul usullarini yaratish;

·                    darsni o’tishda yangi metodlardan foydalanishning samarasi bo’yicha tavsiyalar tayyorlash;

·                    mutaxassislar tayyorlashda malakaviy va pedagogik amaliyotlarning  e’tiborli tomonlari bo’yicha tahlillar tayyorlash va tavsiyalar berish;

O’quv-uslubiy soha

dsc 2495

O’qish-o’qitishda asosiy e’tibor «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ko’zda tutilgan vazifalarni bajarishga qaratilgan. O’qitiladigan fanlarning o’quv adabiyotlarini ta’minlash, o’quv-metodik majmualar, elektron va multimediali darsliklar yaratish, darslarni yangi pedagogik texnologiyalar asosida o’tish va unda axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish darslarning mazmunli o’tilishiga xizmat qilmoqda.

Fakultet olimlari tomonidan quyidagi o’quv adabiyotlari yaratildi: K.Hasanova. Pedagogika nazariyasi asoslari. Darslik (2008), Pedagogika.O’quv qo’llanma (2000), Pedagogika tarixi. Darslik (2006), Pedagogika antologiyasi. O’quv qo’llanma (2009), Odobi oiladori. O’quv qo’llanma (2003); N.Shodiyev.Talabalarni ma’naviy tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash. Monografiya (2008), Yangi pedagogik texnologiyalar. O’quv qo’llanma (2005), Podgotovka studentov k rabote po proforiyentasii selskix shkolnikov. Uchebnoye posobiye (1979), Pedagogika. Ma’ruzalar matni (2010), Qishloq maktablarida umumta’lim fanlarini o’qitish jarayonida o’quvchilarni meliorativ kasblariga yo’llash.O’quv qo’llanma (1978), Vneklassnaya ivneshkolnaya rabota po proforiyentasii uchaщixsya. Monografiya (1986),Studentlarga o’quvchilarni kasb tanlashga yo’llash ishlarini o’rgatish.(1987), Teoriya i metodika professionalnoy oriyentasii. Programma pedagogicheskix institutov dlya spesialnosti  №2120 (1986),Test nazariyasi uslubiyati.O’quv qo’llanma (1998), Pedagogika fanidan muammoli vaziyatlar va o’quv topshiriqlari(2004), «Mehnat ta’limi» fanidan kasbga yo’naltirish asoslari (2004),  N. Shodiyev, S. Shukurullayeva. Yoshlarga ajdodlarimizning ilmiy merosi haqida. Monografiya (2008); M.Quronov.Maktab ma’naviyati va milliy tarbiya.Monografiya (1995); N.Saidaxmedov. Podgotovka studentov k rukovodstvu proizvoditelnыm trudom shkolnikov. Monografiya (1992); M.Nuriddinova. Yosh fiziologiyasi va gigiyena. Darslik (2010); Yu.Ahrorov, A.Shirinqulova, V.Ahrorov . Pedagogik konfliktologiya. I-IIqism.O’quv qo’llanma. (2010); M.Yo’ldotshev, X.Ziyadullayev, M.Ro’ziboyev. Ta’lim va ekologik madaniyat.O’quv qo’llanma. (2010), T.Begaliyev, X.Ziyodullayev,X.Qodirova.Ta’lim tizimini boshqarishning pedagogik va uslubiy asoslari. Uslubiy qo’llanma (2006); M.Xolmuxammedov, V.Chaqqonov,X.Ziyadullayev.Ta’lim jarayonida pedagogik texnologiya muam-molari. Uslubiy qo’llanma (2007); V.Chaqqonov ,X.Ziyodullayev, Sh.Eshpo’la-tov. Ta’lim jarayonida mustaqil ishlarni tashkil etish muammo-lari.Uslubiy qo’llanma (2009); A.Azimov. Bolalar adabiyoti va folklor. O’quv qo’llanma (2010); Sh.Taylanova. Talabalarda qadriyatli tasavvurlar tizimini shakllantirish yo’nalishlari. O’quv qo’llanma. I-II qism. (2011; B.Doniyev.Mehnat ta’limi o’qituvchisi pedagogik faoliyatini nazorat qilish metodikasi. O’quv-uslubiy qo’llanma (2010), B.Doniyev, R.Sarsenbayeva. Umumiy pedagogika.O’quv-uslubiy qo’llanma. (2010); M.Ashurov. Milliy tarbiya asoslari. O’quv qo’llanma (2005).    

Fakultet olimlari ta’lim yo’nalishlari bo’yicha o’qitiladigan 50 dan ortiq fanlarning o’quv-uslubiy majmualarini yaratdilar. Bu majmualarning elektron versiyalari SamDU portaliga qo’yilgan.

Yutuqlar

Fakultet olimlaridan dots. S.Musinov, M.Ashurovlar tomonidan «Psixologiya ilmiy-tadqiqot va o’quv laboratoriyasi» bo’yicha davlat granti loyihasi tuzildi va u ekspertizaga berildi. Bu loyihaga  dots. T.Qurbonov rahbarlik qilmoqda. 2010 yilda Saodat Otaqulova va Nafisa Xo’jamqulova, 2011 yilda Sarvinoz Nosirova va Dilrabo Sultonovalar atoqli kishilar stipendiyasi sovrindorlari bo’lishdi. Fakultetning 2 nafar talabasi – To’xtayeva Rushana va Xudoyberganova Feruzalar Respublika oliy o’quv yurti talabalarining Andijon shahrida bo’lib o’tgan  «Universiada- 2010» musobaqalarida ishtirok etishdi.     

Istiqboldagi rejalar

Boshlang’ich ta’lim metodikasi va pedagogikasi, psixologiya mutaxassisliklari bo’yicha magistratura va aspiranturani ochish, ta’lim grantlarini olish, viloyat oliy o’quv yurtlarida pedagogika va psixologiya fanlari bo’yicha faoliyat ko’rsatayotgan  mutaxassislarni birlashtiruvchi ilmiy seminar tashkil etish, viloyat tashkilotlariga psixologik ko’mak beruvchi markazni shakllantirish.

Oxirgi yangilash ( 27.05.2015 12:14 )  

Rektor virtual qabulxonasi

Banner

Fotogaleriya


foto-7foto-101-41-101-8

Elektron pochta xizmati

1414756350 e-mail2
Banner

E'lonlar

 
logoabitur1
   

Ruminayaning “Alexandra Ioana Cusa in Iasi” Universiteti tomonidan “Erasmus +” loyihasi bo’yicha  xodimlarva talabalar uchun grant stipendiyasini e’lon qiladi. Arizatopshirishmuddati 5-noyabr 2016 yil. Anketa formalarini ushbu web saytidan:  https://erasmusplus.uaic.ro/ olish mumkin. 
Qo’shimcha ma’lumotni Universitet Xalqaro Aloqalar bo’limidan olishingiz mumkin.
Eslatma: barcha harajatlar qoplanadi.
   

2017 yil fevral oyida o‘tkaziladigan «Mustaqillik mafkurasi va demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy-ma’naviy negizlari va ilmiy asoslari», «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fanlaridan malakaviy imtihon topshiruvchilar ro‘yxati Imtihonlar soat 9.00 da SamDU majlislar zalida boshlanadi.
   


 

Loyihalar

Banner
Banner

Fikr.UZda SamDU blogi

Banner

Milliy internet tanlovi

Banner
Banner
Banner
Banner
Banner

Reyting


Statistika

Foydalanuvchilar : 7
Maqolalar : 496
Bog'lanishlar : 6
Ko'rilgan maqolalar soni : 18157578
Hozir 1794 ta mehmon onlaynda

Ob-havo

Онлайн консультант