Samarqand Davlat Universiteti

uz-samdu-title

  • O'zbekcha
  • Русский
  • English

Phone:    +998 66 2391140
Fax:        +998 66 2391140
E-mail: monitor@samdu.uz
Ishonch telefoni: +998662391105

Kasbiy ta’lim fakulteti

E-mail Bosish PDF

dsc 1947

Fakultetda jami 53 ta professor o’qituvchilar ishlaydi. Shulardan 14 tasi fan nomzodi dotsentlar . 12 tasi katta o’qituvchilar hamda 27 nafar o’qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda. Fakultetning ilmiy salohiyati 25,5 % ni tashkil etadi.

Umumiy talabalar soni  554 ta bo’lib , ular mehnat ta’limi , tasviriy san’at va muhandislik grafikasi , amaliy san’at va musiqiy ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bilim olmoqdalar . Musiqiy ta’lim yo’nalishida 12 ta , amaliy san’at yo’nalishlarida 8 ta magistr tahsil olmoqda.

2010-2011 o’quv yilida 127 talaba fakultet bakalavr yo’nalishida , 6 ta talaba magistratura yo’nalishini muvaffaqiyatli tugatib ishga joylashdilar.

dsc 2247

Fakultetda 5 ta kafedra mavjud bo’lib, ular quyidagilardan iborat.

1.      Umumtexnika fanlari:

2.      Badiiy grafika va uni o’qitish metodikasi:

3.      Musiqa nazariyasi va an’anaviy ijrochilik:

4.      Musiqa o’qitish metodikasi va xalq cholg’u asboblari:csc 1970

5.      Kasbiy ta’lim va uni o’qitish metodikasi kafedrasi:

Bugungi kunda «Musiqa, badiiy grafika va mehnat ta’limi» fakultetida o’quv uslubiy ishlar quyidagi yo’nalishlar bo’yicha olib borilmoqda :

      5141000-Musiqiy ta’lim;alt

      5142000-Mehnat ta’limi;

      5110800-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;

      5140900-Kasbiy ta’lim (5211200-amaliy san’at);

      5141000-Kasbiy ta’lim (Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi):alt

Fakultetda quyidagi labaratoriyalar va ustaxonalar mavjud;

            - materiallarni kesib ishlash asboblar va stanoklar;

- materialshunoslik va konstruksion matiriallar      texnologiyasi;

            - gidrovlika va gidromashinalar;

            - elektrotexnika;

            - yog’ochga qo’lda va stanokda ishlov berish;

            - metalga qo’lda ishlov berish;

            - mashina va mexanizmlar nazariyasi:

alt

«Ta’lim to’g’risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» vazifalaridan kelib chiqqan holda akademik lisey, kasb hunar kollejlari va umumiy o’rta ta’lim maktablarini oliy ma’lumotli yuqori malakali pedagog yo’nalishdagi mutaxassis kadrlar bilan ta’minlashda yoshlarni kasbiy ta’limga yo’naltirish imkoniyatlaridan keng va samarali foydalanish maqsadida universitet ustavining 37-bandi hamda ilmiy kengashning 2002yil 22-mayda o’tkazilgan yig’ilishning 12-raqamli majlis qaroriga asosan universitet rektorining 2002 yil  24-may kuni 95-ij buyrug’i bilan pedagogika fakultetidagi umumtexnika fanlari va kasbiy ta’lim uslubiyati kafedralari negizida kasbiy-pedagogik yo’nalishlarga ixtisoslashtirilgan yangi kasbiy ta’lim fakulteti tashkil etildi. Ushbu fakultet dekani  vazifasiga pedagogika fanlari nomzodi, dosent Isroil Xayriyev tayinlandi. Yangi mustaqil fakultetning tashkil etilishi jamoada yaxshi ruhiyat bilan kutib olindi. Fakultet dekani dos. I.Xayriyev rahbarligida ko’p yillar davomida yaroqsiz holatga kelib kolgan binolar qisqa vaqt ichida to’liq ta’mirlandi. O’quv xonalari, laboratoriyalar va ustohonalar ta’mirlanib ishga tushirildi. 2002 yilning sentyabr oyidan yangi fakultetda havas qiladigan yangicha hayot boshlandi. Kasbiy ta’lim fakulteti tarkibiga kirgan kafedralar, professor-o’qituvchilari o’quv soatlari, shtat birliklari, o’quv xonalari bilan tegishli tartibda rasmiylashtirildi. «Oliy ta’lim mussasalari fakultetining ilmiy kengashi to’g’risida»gi Nizomga asosan kasbiy ta’lim fakulteti ilmiy kengashi hamda belgilangan me’yoriy talablar asosida fakultet o’quv-uslubiy kengashi tuzildi.

Yangi fakultetning ilmiy, o’quv-uslubiy va boshqa sohalardagi faoliyati bo’yicha «ta’lim to’g’risida»gi qonun va «kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida rivojlantirishning istiqbol  rejalari ishlab chiqildi.

Yildan yilga fakultetning moddiy texnik bazasi rivojlantirib borildi va quyidagi:  5140800- tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, 5140900-kasb ta’limi (5211200- amaliy san’at) yangi yo’nalishlar ochildi.

Samarqand davlat universiteti ilmiy kengashining 2008 yil 10 noyabrdagi 3-raqamli majlisi qaroriga asosan, universitet rektorining 2008 yil 18-noyabrdagi № 254-ij buyrug’i bilan mehnat, tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, amaliy san’at va musiqa yo’nalishlarida yuqori malakali bakalavr va magistrlar tayyorlanayotganligini e’tiborga olib, mazkur sohalarda yetuk mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish, mavjud 4ta kafedra faoliyatini muvofiqlashtirish, boshqarish tizimini yaxshilash uchun, O’zbekiston respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining ruxsatini inobatga olib, kasbiy ta’lim va musiqa bo’limlari negizida «San’atshunoslik» fakulteti tashkil etildi.

Samarqand Davlat universiteti tarkibidagi barcha san’at yo’nalishlarini yagona fakultet qilib birlashtirilishini jamoa a’zolari ko’tarinki ruh bilan qabul qildi. Bu yuqori ruhiyat fakultetimizda ko’plab ijobiy ishlarni amalga oshirishga imkon berdi.

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining fakultet va kafedralar tuzilmasini yangi taxrirda tasdiqlashi natijasida fakultetimizning nomi «Musiqa, badiiy grafika va mehnat ta’limi» deb atala boshlandi.

 Fakultetda ilmiy tadqiqot ishlarini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida T.N.Qori Niyoziy nomidagi pedagogika ilmiy tekshirish instituti, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika Universiteti, Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomchilik va dizayn instituti va viloyatlardagi kasb-hunar kollejlari bilan ilmiy hamkorlik yo’lga qo’yilgan.

O’tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari o’quv tarbiyaviy jarayonlarga joriy etib kelinmoqda.

Fakultetda faoliyat olib borayotgan dos. N.S Qiyomov doktorlik disirtasiyasini himoya qilish arafasida. Katta o’qituvchilar Sh.N Mustafoyev, D. Ergashovlar nomzodlik disirtasiyasini yoqlash arafasidalar.

Fakultet professor–o’qituvchilari «Respublikaning ta’lim-tarbiya to’g’risidagi ustuvor yo’nalishga mos keladigan quyidagi bosh ilmiy mavzular: «O’zbekistonda musiqa madaniyatining rivojlanish tarixi», Oliy o’quv yurtlari va kasb-hunar kollejlarida «Tasviriy san’at» , «Amaliy san’at» va «Chizmachilik» fanlarini o’qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini yaratish asosida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.

alt

Oxirgi yillarda fakultetimiz professor –o’qituvchilari tomonidan monografiyalar, uslubiy qo’llanmalar va ilmiy maqolalar Moskva shahridagi «Педагогические науки» ilmiy jurnallarida, Respublikamizning «Xalq ta’limi» , «Ta’lim muammolari» , «Boshlang’ich ta’lim» , «SamDU ilmiy-tadqiqotlar axborotnomasi» , «Pedagogik ta’lim» , «Kasb-ho’nar ta’limi» , «San’at» , «Ziyokor» - kabi nufuzli ilmiy jurnallarida chop etilmoqda.

Fakultetda o’quv-uslubiy ishlarga ham alohida e’tibor berilmoqda. Fakultet qoshida ilmiy-uslubiy kengash faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Fakultetda ta’lim sifatini oshirish maqsadida bir qator diqqatga sazovor ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Shulardan o’quv jarayoniga yangi pedagogik va axborot texnologiyalarining joriy etilishi bo’yicha olib borilgan ishlarni ta’kidlash joizdir. Fakultetda yangi kompyuter klassini ishga tushurilishi ko’plab ijobiy ishlarni amalga oshishiga imkon berdi. Oxirgi yillarda fakultetimiz professor –o’qituvchilari tomonidan 2 ta monografiya, 3 ta o’quv-qo’llanma, 70 dan ziyod ma’ruza matnlari  va 37 ta elektron darsliklar chop etilgan.

Fakultetda kelajakda kasbiy ta’lim (yengil sanoat buyumlarini konstruksiyalash) bakalavriyat yo’nalishi hamda «Mehnat ta’limi» yo’nalishi bo’yicha magistratura ochishni rejalashtirmoqda.

Oxirgi yangilash ( 16.10.2015 11:30 )  

Rektor virtual qabulxonasi

Banner

Fotogaleriya


1-21-81-121-15foto

TUG'ILGAN KUN MUBORAK BO'LSIN!

24-may. Xudoyberdiyeva Gavxar Ismailovna 29-may. Xasanov Gafurjan Aknazarovich

Elektron pochta xizmati

1414756350 e-mail2
Banner

E'lonlar

 
logoabitur1
   

Yaponiya fan - texnologiyalari,sport  va madaniyat vazirligi   va YUNESKOning milliy komissiyasi hamkorligida Yaponiya “Goi jahon fondi”  “Tabiatdan o’rganamiz” mavzusida xalqaro essay tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovda ishtirok etish tartibi  http://www.goipeace.or.jp/en/work/essay-contest/ web sahifasidato’liq berilgan. Esseylar 2017 yil 15 Iyunga qadar 
е-mail: essay@goipeace.or.jp  manziliga jo’natiladi. Asosiy sovrin 100 ming yena (900$) va 25 noyabr kuni mukofotlani topshirish uchun yaponiyaga taklif etiladi.
Qo’shimcha ma’lumot xalqaro aloqalar bo’limidan olish mumkin. 
   

Italiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi 2017-2018 o‘quv yillarida Italiya OTMlarida tahsil olish uchun grant stipendiya tanlovini e‘lon qilgan.
Grant shartlari:
1. Italyan tilini bilish,
sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish
3. Italiya universitetidan ilmiy rahbar rozilik xati (PhD bo‘yicha)
Xujjatlarni topshirish muddati: 10 may 2017 yil (xujjatlar Italiya elchixonasiga topshiriladi) Qo‘shimcha ma’lumotni xalqaro aloqalar bo‘limidan olish mumkin.  



 

Loyihalar

Banner
Banner

Fikr.UZda SamDU blogi

Banner

Milliy internet tanlovi

Banner
Banner
Banner
Banner
Banner

Reyting


Statistika

Foydalanuvchilar : 7
Maqolalar : 529
Bog'lanishlar : 6
Ko'rilgan maqolalar soni : 18926082
Hozir 570 ta mehmon onlaynda

Ob-havo

Онлайн консультант