Samarqand Davlat Universiteti

uz-samdu-title

  • O'zbekcha
  • Русский
  • English

Phone:    +998 66 2391140
Fax:        +998 66 2391140
E-mail: monitor@samdu.uz
Ishonch telefoni: +998662391105

Jismoniy madaniyat

E-mail Bosish PDF

Jismoniy madaniyat fakultetida 34 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat yuritib, shundan   1 nafar fan doktori professor 1 nafar fan nomzodi, professor, 4 nafar fan nomzodi, dosentlar, 1 nafar fan nomzodi katta o’qituvchi va 1 nafar dosent ilmiy unvoniga ega bo’lgan hamda 26 nafar o’qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda. Fakultetning ilmiy salohiyati 35,1 % tashkil etadi.

Jismoniy madaniyat fakultetining bakalavriat yo’nalishida 495 nafar talabalar ta’lim olmoqda, shulardan 25 nafari qiz bolalarni tashkil qiladi. Magistratura ta’lim yo’nalishida esa 13 nafar magistr tahsil olmoqda. Hozirgi vaqtda fakultet kafedralarida 7 nafar o’qituvchi tadqiqotchi sifatida ilmiy ishlarini olib borishmoqda.

img 0666

2010-2011 o’quv yilida 100 nafar talaba fakultetni bakalavr yo’nalishida va 8 nafar talaba magistratura ta’lim yo’nalishida o’qishni bitirib ishga joylashdi va hozirgi kunda  o’z faoliyatlarini davom ettirmoqdalar.

2009-2011 yillarda 3 nafar o’qituvchi nomzodlik dissertasiyalarini himoya qilishdi (J.E.Eshnazarov) professorlik unvonini olishga muyassar bo’ldi.

 Jismoniy madaniyat fakulteti tarkibida 4 ta kafedra mavjud bo’lib ular quyidagilardan iborat:

1.      Jismoniy madaniyat nazariyasi va tibbiy-biologik asoslari.

2.      Jismoniy madaniyat va sport turlarini o’qitish uslubiyati

3.      Jismoniy tarbiya va sport

4.      Tibbiy tayyorlov va fuqarolar mudofasi

Fakultetda 1 ta jismoniy madaniyat ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar hamda 1 ta jismoniy madaniyat magistratura yo’nalishi bo’yicha kadrlar tayyorlanadi. Bakalavriat yo’nalishining nomi «Jismoniy madaniyat» - 5112000 hamda magistratura mutaxassisligining nomi «Jismoniy madaniyat» - 5A 112001 shifiriga egadir.

Fakultetni «Jismoniy madaniyat nazariyasi va tibbiy-biologik asoslari» kafedrasida laboratoriya mavjud bo’lib, maxsus xona ajratilgan va kerakli jixozlar bilan ta’minlangan.

Jismoniy madaniyat fakulteti 1967 yilda sobiq S.Ayniy nomidagi Samarqand davlat pedagogika instituti tarkibida tashkil topgan. Turli yillarda fakultetda R.A.Abdumalikov, B.P.Marokanov, H.T.Rafiyev va J.E.Eshnazarovlar rahbarlik qilib kelmoqda. Fakultet tarkibida 4 ta kafedra faoliyat ko’rsatmoqda. Bularga «Jismoniy madaniyat nazariyasi va tibbiy-biologik asoslari», «Jismoniy madaniyat va sportni o’qitish metodikasi», «Jismoniy tarbiya va sport» va «Tibbiy tayyorlov va fuqarolar mudovasi» kafedralari kiradi.

Shu yillar davomida fakultetda 3000 ziyodroq yuqori malakali kadrlar tayyorlangan. Bular hozirgi vaqtda viloyat va Respublika miqyosida jismoniy madaniyat va sportni ommalashtirish hamda rivojlantirish uchun xizmat qilib kelmoqda.

Fakultetni turli yillarda quyidagi Respublika, Osiyo, Jahon chempionlari va olimpiada ishtirokchilari hamda sovrindorlari N.Nazarov, I.Hamroqulov, M.Sokolov, Ye.Piskunova, K.Kim, D.Pulatov, I.Sattorov, D.Yorbekov, Sh.Jo’rayevlar bitirishgan.

Hozirgi vaqtda fakultetda 71 nafar O’zbekiston chempioni, 34 nafar Osiyo chempioni va 11 nafar Jahon chempionlari ta’lim olmoqda. Shulardan Xitoyning Guanjou shahrida o’tkazilgan 16 chi Osiyo o’yinlarida B.Murodov va Yo.Hamzayevlar kumush hamda bronza medallari sohiblari bo’lishdi. 2011 yilda Koreyada o’tkazilgan Osiyo chempionatida Akademik eshkak eshish bo’yicha fakultetning 1-kurs talabalari Z.Usmonov va A.Muxammadiyevlar oltin va bronza medallari sohibi bo’lishdi.

Fakultetni bitirganlardan 15 nafari ilmiy tadqiqot ishlarini o’tkazib, fan nomzodi hamda 1 kishi fan doktori ilmiy darajasini olishgan. Fakultetda faoliyat olib borilayotgan 7 nafar yosh o’qituvchi hozirgi vaqtda ilmiy tadqiqotchi bo’lib nomzodlik dissertasiyasi ustida ishlamoqda.

Oxirgi yillarda fakultet professor-o’qituvchilari tomonidan 3 ta darslik «Odam fiziologiyasi», «Jismoniy madaniyat tarixi va boshqarish» va «Turizm va uni o’qitish metodikasi» chop etilgan. Bundan tashqari 10 ta o’quv qo’llanma va 20 dan ziyod uslubiy qo’llanmalar ham chop etilgan. Bu o’quv adabiyotlarni yaratilishida professorlar E.N.Nuritdinov va J.E.Eshnazarov, dosentlar Sh.A.Aminjanov, Y.M.Masharipov, R.A.Qosimova va B.T.Haydarov, o’qituvchilardan E.Sh.Ermatov, U.S.Do’sanov, B.B.Qipchoqov, Z.B.Boltayevlar katta hissa qo’shgan. Fakultetda hozirda ham o’quv adabiyotlarni yaratilishida muayyan ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Shuni ham ta’kidlash lozimki oliy va o’rta maxsus hamda halq ta’limi vazirliklari iste’dod jamg’armasi tomonidan 2011 yilning eng yaxshi darsligi va o’quv qo’llanmasi tanlovida  professor J.E.Eshnazarov tomonidan yozilgan «Jismoniy madaniyat tarixi va boshqarish» darsligi hamda dosent Y.M.Masharipov tomonidan yozilgan «Sport psixologiyasi» o’quv qo’llanmasi 2-chi o’rinni egalladi.

Fakultetning ilmiy-tadqiqot ishlarini o’tkazishda katta e’tibor berilmoqda. Jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirishga qaratilgan dolzarb ilmiy mavzular asosida fakultet professor-o’qituvchilari tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda va uning natijalari bo’yicha nomzodlik dissertasiyalari, monografiyalar va ilmiy maqolalar yaratilmoqda.

Fakultetni bosh ilmiy mavzusi «Jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirishda pedagogik-psixologik va tibbiy-biologik tadqiqotlarni o’rni» bo’lib shu mavzu asosida professor-o’qituvchilar ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.

Fakultetda 2006-2009 yillar davomida 2 ta nomzodlik dissertasiyasi himoya qilindi va dissertantlarga nomzodlik darajasi hamda diplomlari berildi. 2011 yilda yana 2 ta nomzodlik dissertasiyasi himoya qilindi. Shu yillarda 3 ta dosentlik va 1 ta professorlik ilmiy unvonlari oliy attestasiya komissiyasi tomonidan fakultet professor-o’qituvchilariga berildi. Hozirgi vaqtda yana 3 ta nomzodlik dissertasiya ishlari yakunlanib 2012 yilda himoyaga taqdim etish arafasida turibdi.

Fakultetni bosh ilmiy-mavzusi bo’yicha 7 nafar yosh o’qituvchilari nomzodlik dissertasiyasi ustida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

Oxirgi yillarda fakultet professor-o’qituvchilari tomonidan 10 dan ortiq monografiyalar va 200 dan ziyodroq ilmiy maqolalar chop etilgan.

Aksariyat ilmiy maqolalar respublikada chiqadigan «Fan sportga», «SamDU ilmiy – tadqiqotlar axborotnomasi», «Pedagogik ta’limi», «O’zbekiston biologiya jurnali» kabi nufuzli ilmiy jurnallarda chop etilmoqda. Fakultet professor-o’qituvchilari respublika va halqaro miqyosida o’tkazilib  kelinayotgan ilmiy anjumanlarda o’z  ma’ruzalari bilan faol qatnashib kelmoqdalar.

Fakultetda ilmiy-tadqiqot ishlarini takomillashtirish va uni samaradorligini oshirish maqsadida Rossiya fanlar akademiyasi «Evolyusion fiziologiya va biokimyo» ilmiy-tadqiqot  instituti hamda O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti va O’zbekiston fanlar akademiyasi «Fiziologiya va biofizika» ilmiy-tadqiqot instituti bilan ilmiy hamkorlik bo’yicha shartnomalar tuzgan.

O’tkazilgan  ilmiy-tadqiqot natijalari o’quv jarayoniga joriy etib kelinmoqda.

img 0689

Fakultetda o’quv – uslubiy ishlarga ham alohida e’tibor berilmoqda. Fakultet qoshida o’quv-uslubiy kengash faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Fakultetda ta’lim sifatini oshirish maqsadida bir qator diqqatga sazovor ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.  Shulardan o’quv jarayoniga yangi pedagogik va axborot texnalogiyalarning joriy etilishi bo’yicha olib borilgan ishlarni ta’kidlash joyizdir. Fakultet qoshida kompyuter xonasini ochilishi va uni zamonaviy kompyuterlar bilan ta’minlanganligi bu faoliyatni yanada ham yuqori saviyada olib borishni taqqozo etadi. Oxirgi yillarda fakultet professor-o’qituvchilari tomonidan 3 ta darslik «Odam fiziologiyasi», «Jismoniy madaniyat tarixi va boshqarish», «Turizm va uni o’qitish metodikasi» chop etilgan. Bundan tashqari 10 ta o’quv qo’llanma va 20 dan ziyod uslubiy qo’llanmalar ham chop etilgan. Fakultet professor-o’qituvchilari tomonidan yetishmayotgan o’quv adabiyotlarni to’ldirish maqsadida hozirgi  vaqtda 1 ta darslik, 3 ta o’quv qo’llanma hamda 2 ta uslubiy qo’llanma chop etishga tayyorlangan.

img 0684

Fakultet professor-o’qituvchilari o’zlarining samarali mehnatlari natijasida ma’lum yutuqlarni qo’lga kiritib kelmoqda. 2011 yilda Oliy va o’rta maxsus ta’lim va xalq ta’limi vazirliklari hamda iste’dod jamg’armasi tomonidan e’lon qilingan yilning eng yaxshi darsligi va o’quv qo’llanmasi tanloviga fakultetdan ishtirok etgan professor J.E.Eshnazarov o’zining «Jismoniy madaniyat  tarixi va boshqarish» darsligi hamda dosent Y.Masharipov o’zining «Sport psixologiyasi» o’quv qo’llanmasi bilan qatnashib 2-o’rinni egalladi va diplom hamda pul mukofoti bilan taqdirlanishdi. O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida o’tkaziladigan «Jismoniy tarbiya,  sport nazariyasi va amaliyoti» talabalar respublika fan olimpiadasida fakultet talabasi Tursunqulov Elmurod qatnashib 3-o’rinni egalladi va diplom hamda medal bilan taqdirlandi. Tursunqulov Elmurod  hozirgi vaqtda fakultetning 1-kurs magistridir.

Bundan tashqari sport sohasida ham talabalarimiz ma’lum yutuqlarni qo’lga kiritishmoqda. Shulardan Xitoyning Guanjou shaxrida o’tkazilgan 16 chi Osiyo o’yinlarida B.Murodov va Yo.Hamzayevlar kumush hamda bronza medallari sohiblari bo’lishdi. 2011 yil Koriyada o’tkazilgan Akademik eshkak eshish sport turi bo’yicha Osiyo chempionatida Z.Usmonov va A.Muxammadiyevlar oltin va kumush medallari sohibi bo’ldilar. 2011 yil Toshkent shahrida Muay-tay sport turi bo’yicha bo’lib o’tgan Jahon chempionatida F.Xolmurodov oltin medalni qo’lga kiritib 3 marta Jahon chempioni bo’ldi va shu bilan respublikamiz shon-sho’hratini yanada yuksalishiga katta hissa qo’shishdi. Sportchi talabalarimizni bunday yutuqlarga erishishga intilishlari bundan keyin ham davom etadi.       

 

 

Oxirgi yangilash ( 27.05.2015 11:59 )  

Rektor virtual qabulxonasi

Banner

Fotogaleriya


1-251-15foto-71-22foto-12

TUG'ILGAN KUN MUBORAK BO'LSIN!

24-Iyun. Kushshayeva Matlyuba, Xamrakulova Iroda Shaxobovna, Boboqulov G‘olib Doniyorovich, Kushatov Toshkul Shamsiyevich, Pirnazarov Sherzod Shermamatovich

Elektron pochta xizmati

1414756350 e-mail2
Banner

E'lonlar

 
logoabitur1
   

Yaponiya fan - texnologiyalari,sport  va madaniyat vazirligi   va YUNESKOning milliy komissiyasi hamkorligida Yaponiya “Goi jahon fondi”  “Tabiatdan o’rganamiz” mavzusida xalqaro essay tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovda ishtirok etish tartibi  http://www.goipeace.or.jp/en/work/essay-contest/ web sahifasidato’liq berilgan. Esseylar 2017 yil 15 Iyunga qadar 
е-mail: essay@goipeace.or.jp  manziliga jo’natiladi. Asosiy sovrin 100 ming yena (900$) va 25 noyabr kuni mukofotlani topshirish uchun yaponiyaga taklif etiladi.
Qo’shimcha ma’lumot xalqaro aloqalar bo’limidan olish mumkin. 
   

Samarqand Davlat universiteti “Ochiq eshiklar kuni”ga taklif etadi. Tadbir 2017 yil 10-12 iyun kunlari 900 da Samarqand Davlat universitetining katta majlislar zalida ochiladi. Manzil: Samarqand shahar, universitet xiyoboni, 15-uy, Tel: (0366) 233-60-85.  



 

Loyihalar

Banner
Banner

Fikr.UZda SamDU blogi

Banner

Milliy internet tanlovi

Banner

Fakultet yo'nalishlari

Banner
Banner
Banner
Banner

Reyting


Statistika

Foydalanuvchilar : 7
Maqolalar : 554
Bog'lanishlar : 6
Ko'rilgan maqolalar soni : 19707329
Hozir 252 ta mehmon onlaynda

Ob-havo

Онлайн консультант