Samarqand Davlat Universiteti

uz-samdu-title

  • O'zbekcha
  • Русский
  • English

Phone:    +998 66 2391140
Fax:        +998 66 2391140
E-mail: monitor@samdu.uz
Ishonch telefoni: +998662391105

Fizika

E-mail Bosish PDF

FIZIKA FAKULTETI FAOLIYATI TO’G’RISIDA

Samarqandda Oliy pedagogika instituti tashkil etilgan yildayoq fizik mutaxassislar tayyorlash boshlangan edi. Dastlab “Umumiy fizika” kafedrasi, keyinchalik 1935-yildan boshlab “Optika va nazariy fizika” kafedrasi tashkil etildi. 1961-yil 28-avgustda Samarqand davlat universitetida yangidan fizika fakulteti tashkil topdi. Shu kundan boshlab fizik mutaxassislar tayyorlash va fizikaviy ilmiy tadqiqotlar sohasida yangi davr boshlandi.
Yarim asrdan ortiqroq vaqt davomida fizika fakultetining ilmiy va o’quv bazasi mustahkamlanib, yangidan-yangi o’quv va ilmiy laboratoriyalar yaratildi, shakllandi.
Hozirgi kunda fakultetda 10 nafar fan doktorlari, professorlar, 44 nafar fan nomzodlari, dotsentlar, 4 nafar katta o’qituvchi, assistentlar, jami 56 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqda. Fakultet o’qituvchilarning o’rtacha yoshi 56 ga teng va ularning ilmiy salohiyati 93.1% ni tashkil etadi.
O’quv jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash maqsadida fakultetda 3 ta kompyuter sinflari va maxsus dars xonalar tashkil qilingan bo’lib, barcha kompyuterlar «Internet» tarmog’iga ulangan. Kafedralar hamda dekanat zamonaviy kompyuterlar bilan ta’minlangan bo’lib, ta’lim yo’nalishlari bo’yicha o’tiladigan fanlar, darsliklar, o’quv adabiyotlari, elektron darsliklar, ma’ruza matnlari kompyuterlarga kiritilgan. Fakultetning har bir professor-o’qituvchisining elektron manzillari mavjud.
Fakultetda xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy konferensiyalar, seminarlar muntazam ravishda o’tkazilib kelinmoqda.
Fakultetda 2011-2012-o’quv yilida jami 563 nafar talaba, shundan, fizika yo’nalishida 414 nafar, astronomiya yo’nalishida 91 nafar, kasb ta'limi: elektronika va mikroelektronika yo’nalishida 58 nafar talaba, 63 nafar magistrantlar (1-kursda 34 nafar, 2-kursda 29 nafar) ta’lim olmoqda. 2011-2012-o’quv yilida fakultetni 116 nafar bakalavr, 29 nafar magistrantlar bitiradilar.
Fakultet kafedralarida quyidagi mutaxassisliklar bo’yicha magistr-mutaxassislar tayyorlanmoqda: Fizika (yo’nalishlar bo’yicha), Astrofizika va radioastronomiya, Astronomiya, Atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi, Nazariy fizika, Lazer fizikasi hamda Issiqlik fizikasi va molekulyar fizika.
Hozirgi kunda fakultetda 8 nafar ilmiy izlanuvchi tadqiqotchilar, 2 nafar kichik ilmiy xodimlar ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Fakultetning 3 nafar xodimi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilish arafasida turibdi.
Fakultetning tuzilishi

Fakultet Ilmiy kengashi

D e k a n a t

Fakultet uslubiy kegashi

Fakultet kasaba uyushmasi

Ilmiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari

Ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari

O’quv ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari

Fakultet “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang’ich tashkiloti

“Sog’lom avlod uchun” tashkiloti

Guruh rahbarlari kengashi

Xotin qizlar kengashi

Akademik lisey va kasb hunar kollejlari bo’yicha dekan o’rinbosari

Fizika fakultetining ilmiy tadqiqot sohasi
- Umumiy va magnit hodisalar fizikasi kafedrasi “2/7 d.k.r. 01860103966 Siyrak Yer, o’tkinchi element metall qotishmalarining hamda ularning intermetallik birikmalarining elektr va magnit xossalarini qattiq, suyuq holatlarda tekshirish.” mavzusida;
-Astrofizikakafedrasi “Kosmik nurlar intensivligining vaqti variasiyalari tadqiqoti” mavzusida;
- Atom va yadro fizikasi kafedrasi “Yadro fizikaning nazariy va eksperimental izlanishlari” mavzusida;
- Optika va spektroskopiyakafedrasi “Issledovaniye mnogomernoy agregasii nizkomolekulyarnыx spirtov i vodыi razrusheniye etoy agregasii pri razbavlenii etix veщyestv v podxodyaщyem rastvoritele” va “Ckvarain bo’yoqlari molekulalarining ba’zi bir hayvonlar oqsillari bilan ta’sirini spektroskopik tadqiq qilish.” mavzularida;
- Kvant elektronikasi va nazariy fizika kafedrasi “Fazaviy o’tishlar kritik nuqtasi atrofida lazer nurining moddalar bilan (nochiziqli qabul qiluvchanlikga ega bo’lgan moddalar) o’zaro ta’siri” mavzusida;
- Qattiq jismlar fizikasi “Hajmiy va kichik o’lchamli qattiq jismlarning elektrofizik, fotoelektrik, termomagnit,galvonomagnit,elastik, dielektrik xossalari va kvant o’lchamli effektlarga turli faktorlarning ta’sirini eksperimental va nazariy o’rganish hamda ular asosida yangi asboblarni yaratish istiqbollarini aniqlash” mavzulari bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
Fizika fakultetining o’quv-uslubiy sohadagi faoliyati
Keyingi 3 yilda fakultet professor-o’qituvchilari tomonidan 2 ta darslik, 20 ta o’quv qo’llanma, 87 ta uslubiy qo’llanma, 60 ta ma’ruza matni, 2 ta monografiya, 28 ta elektron darslik va 46 ta o’quv-uslubiy majmualari yaratildi.
Fakultet professor-o’qituvchilari, talabalari tomonidan shu kungacha erishilgan yutuqlar
«Optika va spektroskopiya» kafedrasida hozirgi kunga qadar 14 ta fan doktori, 38 fan nomzodlari tayyorlangan. Akad. A.Q.Otaxo’jayev «O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan Fan arbobi», «Xalq ta’limi a’lochisi», «Oliy maktab a’lochisi» va «Beruniy» nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti sovrindori bo’lgan.
Prof. A.Jumaboyev raxbarligida talaba Osmanov Bari – O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi, Fattoyev Farrux – Beruniy nomidagi Davlat stipendiyasi, Ubaydullayeva Zebo - akad. A.Q.Otaxo’jayev nomidagi universiteti stipendiyasi sovrindori bo’lishgan. Bugungi kunda Fattoyev Farrux AQSh Florida universiteti doktoranti. dos. A.A.Yakubov raxbarligida talaba Meliyev Orif - akad. A.Q.Otaxo’jayev nomidagi universiteti stipendiyasi sovrindorlari bo’lishdilar.
Fizika fani bo’yicha Respublika talabalar fan olimpiadasida 2007-yili Meliyev Orif (rahbari dots. A. A. Yakubov) 3-o’rinni, 2011- yili Majidov Husan (rahbari dots. A.A.Yakubov) 2-o’rinni egalladilar.
Umumiy fizika va magnetizm fizikasi” kafedrasida 2 nafar fan doktori, 10 nafar fan nomzodlari tayyorlangan. Kafedra professori Quvondiqov Obloqul Quvondiqovich Pedagogika Fanlari Xalqaro Akademiyasining muxbir a’zosi etib saylangan.
Kafedra professor-o’qituvchilaridan prof. O.Q.Quvondiqov, dots. X.O.Shakarov, dots. N.S.Xamrayev, dots. R.Rajabov, dots. M.Saloxitdinova, dos. Z.Shodiyev, A.Eshqulov, B.Amonovlar 1998-2003-yillar davomida 2 marta xalqaro “INTAS” granti tanlovi g’olibi deb topildi.
2009-yil may oyida o’tkazilgan Fizika fani bo’yicha Respublika talabalar fan olimpiadasida prof. O.Q.Quvondiqov rahbarligida talaba Sherali Joniqulov faxrli II-o’rinni egalladi.
Nazariy fizika va kvant elektronikasi” kafedrasida hozirga qadar 8 ta fan nomzodi va 2 ta fan doktorlari tayyorlangan. Prof. L.M.Sabirov Beruniy nomidagi davlat mukofoti sovrindori hisoblanadi .Shuningdek, u kishi O’zbekiston va chet el granti sohibi. Prof. N.B.Eshqobilov xo’jalik shartnomasi asosida ish olib bormoqda.
Prof. L.M.Sobirov rahbarligida magistr P.V.Redkin  – O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sovrindori, prof. N.B.Eshqobilov rahbarligida talaba Meliyev Orif Fizika fani bo’yicha Respublika talabalar fan olimpiadasida qatnashib 3-o’rin sohibi bo’lishdilar.
Qattiq jismlar fizikasi”da hozirga qadar 10 ta fan nomzodi va 2 ta fan doktorlari tayyorlangan. Kafedra dotsenti E.U.Arziqulov  1998 va 2002-yillar davomida 2 marta xalqaro “INTAS” va”NATO” granti tanlovi g’olibi deb topildi.
Kafedra dotsenti E.U.Arziqulov 1999 va 2004-yillarda ikki marotaba O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “ISTE’DOD” jamg’armasi g’olibi bo’ldi.
Kafedra dotsenti E.U.Arziqulov 2003-yil AQSh ning “CRDF” granti sovrindori bo’ldi.
Astronomiya” kafedrasida 9 nafar fan nomzodlari, 3 nafar fan doktori tayyorlangan.
-         Kafedraning shtat birligi: 9,5. 
-         Kafedra professor-oqituvchilari tarkibi:  9 fan nomzodlari, 4 assistentlar. 
-         Kafedra professor-oqituvchilari royxati:
     professorlar –  M.Q.Qodirovich,  B.M.Maxmudov, Sh.A.Egamberdiyev;
     dotsentlar: A.Ajabov, S.Kurbaniyazov, T.Alimov, A.Yusupov, R.Turniyazov, I.Jabborov, U.Zoxidov, R.Eshburiyev,          Yu.Tillayev;
     assistentlar:  Sh.Egamberdiyev, N.Xasanova, S.Qo‘chqorov, Q.Samandarov.  
-         Astronomiya kafedrasi prof.-o‘qituvchilari SamDU bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarga “Umumiy fizika”dan darslar o‘tishadi:
Matematika, TM va I (Amaliy matematika), Mexanika, Geografiya, Gidrometerologiya, Ximiya, Biologiya, Arxeologiya, Ekologiya.
interiors
Atom va yadro fizikasi” kafedrasida prof.R.M.Ibadov O’zbekiston Prezidentining «Iste’dod» jamg’armasi hamda Italiya davlatining Landau Netvork granti, Germaniyaning DAAD, Folsvagen stiftung granti va Vengriya FA ning grantlari sovrindoribulgan.
Kafedra mutaxassisligi bo’yicha 40 dan ortiq fan nomzodlari, 7 ta fan doktorlari yetishib chiqdi. T.M.Mo’minov O’zRFA akademigi. 1977-yilda kafedra professori T.M.Mo’minov va dots. A.B.Xoliqulovlar Beruniy nomidagi O’zbekiston Respublikasi davlat mukofotining laureati bo’ldilar.
Kafedra dosenti Sh.X.Xushmurodov 2001-yilda AQSh ning “CRDF”, 2009-yilda Angliyaning «Slose Nuclear Center Program», 2011-yilda “Xalqaro Atom energiyasidan foydalanish agentligi“ (MAGATE) va O’zbekiston Fan va texnika qo’mitasi loyihalarining sovrindori, 2008-2011-yillar mobaynida Avstriyaning Vena, Germaniyaning Karlsruye, Xorvatiyaning Zagreb va Turkiyaning Anqara shaharlarida MAGATE yo’nalishi bo’yicha malaka oshirish kurslarini o’tagan. 2011-yildan buyon MAGATE ning Yevropa yo’nalishi bo’yicha texnik hamkorlik bo’limining xalqaro eksperti. 2003-yili O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ustoz” jamg’armasi sovrindori bo’ldi.
Kafedra dotsenti G.Axmedova rahbarligida talaba Nasriyev Aziz akademik A.Q.Otaxo’jayev nomli universitet stipendiya sovrindori bo’ldi.
Oxirgi yangilash ( 06.01.2017 04:40 )  

Rektor virtual qabulxonasi

Banner

Fotogaleriya


foto-201-201-261-131-29

TUG'ILGAN KUN MUBORAK BO'LSIN!

24-Iyun. Kushshayeva Matlyuba, Xamrakulova Iroda Shaxobovna, Boboqulov G‘olib Doniyorovich, Kushatov Toshkul Shamsiyevich, Pirnazarov Sherzod Shermamatovich

Elektron pochta xizmati

1414756350 e-mail2
Banner

Yo'nalishlar

E'lonlar

 
logoabitur1
   

Yaponiya fan - texnologiyalari,sport  va madaniyat vazirligi   va YUNESKOning milliy komissiyasi hamkorligida Yaponiya “Goi jahon fondi”  “Tabiatdan o’rganamiz” mavzusida xalqaro essay tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovda ishtirok etish tartibi  http://www.goipeace.or.jp/en/work/essay-contest/ web sahifasidato’liq berilgan. Esseylar 2017 yil 15 Iyunga qadar 
е-mail: essay@goipeace.or.jp  manziliga jo’natiladi. Asosiy sovrin 100 ming yena (900$) va 25 noyabr kuni mukofotlani topshirish uchun yaponiyaga taklif etiladi.
Qo’shimcha ma’lumot xalqaro aloqalar bo’limidan olish mumkin. 
   

Samarqand Davlat universiteti “Ochiq eshiklar kuni”ga taklif etadi. Tadbir 2017 yil 10-12 iyun kunlari 900 da Samarqand Davlat universitetining katta majlislar zalida ochiladi. Manzil: Samarqand shahar, universitet xiyoboni, 15-uy, Tel: (0366) 233-60-85.  



 

Loyihalar

Banner
Banner

Fikr.UZda SamDU blogi

Banner

Milliy internet tanlovi

Banner
Banner
Banner
Banner
Banner

Reyting


Statistika

Foydalanuvchilar : 7
Maqolalar : 554
Bog'lanishlar : 6
Ko'rilgan maqolalar soni : 19661118
Hozir 1693 ta mehmon onlaynda

Ob-havo

Онлайн консультант