Ulug'bek rasatxonasi

Temuriylar sulolasining shon-sho’hratini dunyoga yoyishda ulug’ xizmatlar qilgan buyuk munajjim va davlat arbobi Mirzo Ulug’bek 1409 yili sohibqiron bobosining taxtiga o’tirgach, Amir Temurning ishlarining chinakkam davomchisiga aylandi. Yoshligidanoq to’g’ma iste’dod sohibi bo’lgan Ulug’bek olimlar, shoirlarga katta g’amxo’rlik qildi. U poytaxt Samarqandga 100 dan oshiq olimlarni yig’ib katta ilmiy markaz-maktab yaratdi. Ulug’bek Samarqandga mashhur olimlarni yig’arkan ularning oldiga Sharq va Farbda yashab o’tgan yirik olimlarning asarlarini yig’ish, ularni tarjima qilish, ularga mukammal ilmiy sharhlar yozish va matematika, geometriya, medisina, tarix, astronomiya, poetika, tarix ilmlarining muhim qirralarii rivoj-lantirish muammosini qo’ydi. Ulug’bek Samarqandda yaratgan bu ilmiy maktab fan tarixida shu darajada chuqur iz qoldirdiki, bundan 250 yil ilgari mashhur fransuz yozuvchisi, faylasufi va tarixchisi Volter bu maktabni "Samarqand akademiyasi" deb atagan edi. Ulug’bek yaratgan bu ilmiy maktab ayniqsa astronomiya fanida katta yutuqlarga erishdiki, bu maktabning shon-sho’hratini dunyoga yoyilishiga sabab bo’ldi. Samarqand olimlari Ulug’bekning bo’yrug’i bilan astronomiyaga oid risolalarga sharhlar yozar ekanlar, bu risolalardagi ko’plab ma’lumotlarni qayta tekshirib ko’rishga ehtiyoj seza boshladilar. Bu hol Samarqandda rasadxona qurishni taqazo etadi. Olimlar bu fikrni Mirzo Ulug’bekka aytganlarida, hukmdorning ham niyati shunday ekanligi ma’lum bo’ldi. Shundan so’ng Samarqandda rasadxona qurishga kirishiladi. Ulug’bek, Samarqandda qurilajak rasadxona har tomonlama mukammal bo’lishi va unda o’rnatiladigan asbob-uskunalar har qanday xatoliklardan xoli bo’lishini talab qiladi. Shu sababli, Samarqand olimlari Ulug’bek bilan hamkorlikda turli davrlarda qadimgi Sharqnig Bag’dod Damashq, Isfahon va Marog’ shaharlarida barpo qilingan rasadxonalarning loyihalari, ularda o’rnatilgan asboblarning tuzilishini har tomonlama o’rganib chiqdilar. Shundan so’ng, quriladigan rasadxonaning loyihasi yaratildi va uni qurish uchun joy tanlandi. Mirzo Ulug’bek va boshqa olimlar rasadxona qurish uchun Cho’ponota tepaligining janubidagi Obirahmat arig’ining yaqinidagi tepalik qulay degan qarorga keladilar va bu yerda 1420 yili qurilish ishlari boshlab yuboriladi. Qurilish qariyib 9 yil davom etadi. davomi