SHOHIZINDA ANSAMBLI

Markaziy Osiyo me’morchiligi tarixida alohida e’tiborga sazovor bo’lgan Shohizinda haqida yuz marta eshitgandan ko’ra bir marta ko’rgan ma’qulroq deb o’ylaymiz. Qadrli sayyoh, Shohizinda zinapoyalariga ohista qadam qo’yib bu yerdagi sukunatga quloq tuting. Bu muqaddas tuproqda Buyuk Turonning ne-ne ulug’lari abadiy o’yquda yotibdilar. Mirzo Ulug’bek zamonasidan buyon bu maydon Samarqand ahli uchun Bosh maydon hisoblanadi. Samarqand hukmdorlarining farmonlari shu yerdan e’lon qilinadi. Yovga qarshi erk jangiga otlangan jasur lashkarlar, aynan, shu maydonda qasamyod qilishib keksalardan duo-fotiha olganlar... Registon maydonida olib borilgan arxeologik qazishmalarning ko’rsatishicha, ibtidoiy jamoa davrida bu yerda ulkan changalzor bo’lib eng qadimgi ovchilar changalzorda har xil yovvoyi hayvonlarni ovlaganlar. Qazishmalar paytida Registon maydonining eng pastki qatlamlaridan ibtidoiy odamlarning ov qurollari topilgandir. Antik davrda esa hozirgi Registon maydonidan Afrosiyob shaharchasi tomonga katta ariq o’tkazilgan ekan. VIII-X asrlarda Registon maydoni o’rnida juda ko’plab imoratlar paydo bo’la boshlaydi, chunki, Samarqandni istilo qilgan arablar Afrosiyobdan bir necha minglab mahaliy aholini majburlab ko’chirgan edilar. Aynan shu davrlarda bu yerda xunarmandlarning ustaxonalari, savdo rastalari bunyod etiladi. XI-XII asrlarda hozirgi Registon maydoni o’rni va atrofidagi mahallalar tashqi mudofaa devori bilan o’ralib "tashqi shahar" nomi bilan atala boshlaydi. 1220 yili Afrosiyob Chingizxon tomonidan vayron qilingach, bu yerda yashashni iloji qolmaydi, tirik qolgan xalq hozirgi eski shahar tomonga, ya’ni, Registon maydoni atrofiga ko’chib o’tadi. Bu yerdan oqib o’tuvchi kanal ancha kengayib sayozlasha boshlaydi. Shundan so’ng, kanal uchun yangi o’zan qazilib jilovlanadi. Kanalning eski o’zanida juda ko’p qum to’planganligi uchun bu joy Registon, ya’ni, "qumloq joy" deb atala boshlandi. Sohibqiron Amir Temur davrida Registon maydoni o’rnida markaziy bozor joylashgan edi, shuningdek, bu yerda jahongirning xotini Tuman og’a tomonidan barpo qilingan usti yopiq savdo timi-rastalar qurilgan edi. Registon maydonining me’moriy tomondan shakllanishi Mirzo Ulug’bek hukumronligi davridan boshlangan. Samarqandga 40 yil (1409-1449 y.) huqmronlik qilgan ulug’ munajjim Mirzo Ulug’bek bu shaharning obodonchiligi borasida hyech narsani ayamadi. Mirzo Ulug’bekning farmoni bilan Tuman og’a timining g’arbiy tomonida hashamatli madrasa qurish boshlanadi.