SHOHIZINDA ANSAMBLI

Ajoyib va nafis bezaklar bilan qoplangan bu xilxona o’z salobati bilan diqqatingizni tortadi. Shirinbeka og’a maqbarasining qarama-qarshi tomonida esa barvaqt vafot etgan Shodimulk og’a va uning onasi qabrlarini o’z ichiga olgan maqbara joylashgandir. Bu maqbarani samarqandlik me’morlar usta Bahriddin va usto Shamsiddinlar hamda buxorolik usta Zayniddinlar barpo qilganliklari yozib qo’ yilgandir. Tarixiy manbalardan anglashilicha, Shodimulk og’a 1371 yili, uning onasi Turkon og’a 1383 yili qazo qilganlar. Bu maqbaralardan o’tgan sayyohlar yo’lakning chap tomonda yonma-yon qad rostalagan ikki no’malum maqbaraga duch keladilar. Faqat ularning bittasida uni yaratgan ustaning, ya’ni, Ali Nasafiyning nomi saqlangandir. Shohizinda ansamblining o’rtasidagi koridordan sekin-asta qadam tashlab borayotgan sayyohlar endi eng baland no’qtaga yaqinlashadilar. Bu yerda ansamblning eng qadimiy qismi joylashgandir. Amir Temurning eng jasur lashkarboshisi amir Burunduq bu yerda abadiy uyquda yotibdi. Uning maqbarasi taxminan 1380 yillarda barpo qilingandir. Amir Burunduq qabrini ziyorat qilib o’tgan sayyohlar, endi koridorning o’ng tomoniga burilib Qusam ibn Abbos maqbarasiga kirib boradilar. Qusam ibn Abbosning qabrtoshi juda hashamatli bo’lib ustma-ust qo’yilgan uchala tosh ham nafis mayolika bilan qoplangan va ularga Qur’ondan keltirilgan oyatlar yozilgandir. Shuningdek, bu yerda ziyoratxona, chillaxona va XV asrda qurilgan masjid ham yaxshi saqlangan. Shohizinda ansanblidagi koridorning eng turida bir necha maqbaralar, masjid va chortoq barpo qilingan. Tarixchilarning fikrlaricha, bu yerdagi masjid, chortoq va maqbarani Amir Temurning xotini Tuman og’a barpo qildirgan va bu pokdomon malikaning o’zi ham shu yerda abadiy uyquda yotibdi. Tuman og’a maqbarasining qarshi tomonida, shaxsiyati no’malum, ammo yoshligida qazo qilgan malikaning qabri saqlangandir. Koridorning eng to’rida esa ulamo Xoja Ahmadning maqbarasi joylashgan bo’lib, bu eng oxirgi inshootdir. Albatta, bu yerda Shohizinda ansambli haqida to’liq ma’lumot berishning imkoni yo’qdir. Shu narsa ma’lumki, bu ansambl qoraxoniylar davrida qurilishi boshlangan, Amir Temur va temuriylar davrida rivojlangan, mang’itlar davrida qurilishi yakunlangan. davomi