Maxdumi A'zam memorial kompleksi
Shu o’rinda Maxdumi A’zam yashagan Dahbed qo’rg’oni haqida ham gapirib o’tmoq lozimdir. Tarixiy manbalarda aytilishicha, Dahbedning tuprog’i serunum, havosi toza va suvi mo’l bo’lgandir. Dastlabki Shayboniy hukm¬dorlar davridayoq Dahbedning atrofi baland devor bilan o’ralib qurg’on qilingan va bir necha darvozalar o’rnatilgan edi.
Ashtarxoniylar davrida Dahbedning mavqyei oshib bordi va u tuman markaziga aylandi. Samarqand hukmdori Yalanto’shbiy Bahodir Dahbedning obodonchiligi borasida katta xizmatlar qilganligi ma’lumdir. Yalangto’shbiy Boyxo’jabiyning o’g’li bo’lib, o’zbeklarning olchin urug’idan chiqqan va Maxdumi A’zamning nabirasi Xoja Hoshim Dahbediyga qo’l berib uning muridi bo’ladi. Yalangto’shbiy o’z pirining bobosi Maxdumi A’zamning qabri ustida dahma qurdirdi va yirik masjid barpo qildi. Bu masjid, olti ustunli va o’n ikki qubbali xonaqoh, tahoratxona hamda qo’shimcha xonalardan iborat yirik inshoot edi. Shuningdek, Yalangto’shbiy bu yerda hashamatli madrasa ham bino qildirdi.
Topgan xazinasini xayrli maqsadlar va ilm ma’rifatga sarflagan Yalangto’shbiy milodiy 1656 yili Samarqandda vafot etdi va o’z vasiyatiga ko’ra Dahbedda, piri-ustozi Hoja Hoshimning oyoq tomonlariga dafn etiladi. Shuningdek, bu yerda Yalangtushbiyning qizi Oybibi xonimning ham qabri bordir. Dahbeddagi Mahdumi A’zam ziyoratgohida hozirgi kunda jami 47ta qabrtosh saqlangan bo’lib ularning ko’pchiligini shaxsiyatlari aniqlangandir.
Hozirgi kunda Mahdumi A’zam memorial kompleksiga kiruvchi dahma, masjid va xonaqohlar ta’mirlangan, atroflari obodonlashtirilgandir. Mahdumi A’zam qoldirgan boy ma’naviy meros bugungi kunda keng miqyosda o’rganilmoqda bu ulug’ zotning ayrim asarlari katta nusxada chop etilmoqda...