Abu Mansur al-Motrudiy
Chokardiza qabristoni ustiga qurilgan bir necha hovli joylar ko’chirilib, Imom al-Moturidiy qabri ustiga hashamatli maqbara bunyod qilindi. Maqbara ichiga Imom Moturidiyga bag’ishlab marmar kabrtosh o’rnatildi. Ushbu toshning ustiga: «Inson vafot etgach barcha amallari to’xtaydi, magaram uch amali davom etadi: birinchisi, sadaqai joriyalari; ikkinchisi o’rgangan ilmi-amallari va uchinchisi undan qolgan soliq farzandlari» degan hadis yozilgandir. Maqbaraning naqshinkor eshiklariga ham yozuvlar bitilgan bo’lib, uning janubiy va shimoliy eshiklariga bir xilda: «Fuqarolarga jannat eshiklari ochiqdir. Marhumlarga Ollohning rahmatlari nozil bo’ladi» degan yozuv bitilgandir.
Maqbaraning sharqiy eshigini ikki tabaqasiga ikki xil yozuv bitilgan. 1-tabaqaga «Ollohning xuzuriga qaytadtgan kundan qo’rqinglar», 2-tabaqasiga esa «Ey, Parvardigor, bizlarga rahmat eshiklarini ochgin» degan yozuvlar bitilgandir.
Ushbu mo’jaz maqbarada o’zbek me’morchiligining bir necha ming yillik boqiy an’analari o’z ifodasini topgan, desak mubolag’a bo’lmaydi.
2000 yilning 17 noyabrida Prezidentimiz I.A. Kari¬mov yangi majmuani tantanali ochdi va Imom al-Moturidiy tavalludining 1130 yillik tantanala¬rini boshlab berdi.
Bir necha ming yillik Samarqandda yana bir muqaddas maskan Chokardiza qabristoni yana ziyoratchilarni qabul qila boshladi.