Samarqand qadimiy yodgorliklari
Samarqand so’zi bilan Samandar so’zi o’rtasidagi jarangdor hamohanglik bejiz emasdir. Uch ming yilga yaqin o’tmishida bu shahar ne-ne fojealarni ko’rmadi. Samarqandning boyligi, jozibasi, hosildor tuprog’i dastlab Eron shohlarining ochko’zligini qo’zg’atdi, ular bu shaharni istilo qilib taladilar, vayron qildilar. Eron shohlari o’zlarining dabdabali saroylarini Samarqandning oltin-u, kumushlari bilan bezadilar. Jasur so’g’dliklar Eron podsholarining yovlariga qarshi kurashdilar, ularning jasadlari begona yurtlarda qolib ketdi...
Lekin Samarqand o’lmadi...
So’ngra bu yurtga yunon fotihi Iskandar qilich va nayza ko’tarib keldi, qonlar daryo bo’lib oqdi. Jasur Spitamen yovga qarshi qo’zg’oldi. Iskandar va uning qo’shinlari bir necha bor qattiq talofatlarga uchradilar. Ming- minglab jasur so’g’dliklar erk uchun qurbon bo’ldilar, shahar va qal’alar vayron bo’ldi.
Lekin Samarqand o’lmadi...
Batafsil
Qadimiy Samarqandga tashrif buyurgan sayyohlar bu muazzam shaharning yuragi
bo’lmish Registon maydoni va unda qad rostlagan uch madrasaning ko’rki, salobatidan hayratga tushadilar.
Uning nafis go’zalligini soatlab tomosha qiladilar, sehrli oqshomlaridan taraladigan sukunat qo’shig’ini
tinglaydilar. Registon. Bu nom har bir samarqandlik uchun bag’oyat tanish nom. Registon maydoni
qadim-qadimdan boshlab Samarqandning boshidan kechgan shodlik va qayg’uli kunlarning tirik,
tilsiz guvohidir. Mirzo Ulug’bek zamonasidan buyon bu maydon Samarqand ahli uchun Bosh ma
ydon hisoblanadi.
Samarqand hukmdorlarining farmonlari shu yerdan e’lon qilinadi. Yovga qarshi erk jangiga otlangan
jasur lashkarlar, aynan, shu maydonda qasamyod qilishib keksalardan duo-fotiha olganlar...
Registon maydonida olib borilgan arxeologik qazishmalarning ko’rsatishicha, ibtidoiy jamoa davrida
bu yerda ulkan changalzor bo’lib eng qadimgi ovchilar changalzorda har xil yovvoyi hayvonlarni ovlaganlar.
Qazishmalar paytida Registon maydonining eng pastki qatlamlaridan ibtidoiy odamlarning ov qurollari
topilgandir.
Antik davrda esa hozirgi Registon maydonidan Afrosiyob shaharchasi tomonga katta ariq o’tkazilgan ekan.
batafsil