Hazrati Xizir masjidi
Bu lashkarlar Toshkent, Farg’ona va turk hoqonlarining aslzoda-zodaganlaridan tuzilgan bo’lib, dushmanga kutilmaganda hujum qilishga qaror qilindi. Qutaybaning ayg’oqchilari Samarqandga kelayotgan bu yordam haqida xabar topishib unga yetkazdilar. Qutayba o’z akasi Solih boshchiligida 20 ming askarni pistirmaga qo’yib madadkorlarni kuta boshladi.
Samarqandga yordamga shoshilayotgan Hoqonning o’g’li kutilmaganda pistirmaga duch keldi. Ikki o’rtada qizg’in jang boshlandi. Arablar yordamga shoshayotgan toshkentlik, farg’onalik va hoqon lashkarlarini katta qismini qirib tashlashga erishdilar, qolganlari asirga olindi. Shunday qilib kutilgan yordam Samarqandga yetib kelmadi. Qattiq qamal va shiddatli janglardan sung arablar shaharni istilo qilishga erishdilar. Arab tarixchisi At-Tabariy Samarqandni istilo qilinishi haqida qimmatli ma’lumotlarni yozib qoldirgandir. Tarixchining yozishicha, Qutayba shaharga kirgach shaharliklar bilan vaqtinchalik shartnoma tuzgan, harbiy harakatlar va talon-tarojni to’xtatgan. Qutaybaning o’zi shaharning eng baland qismiga ko’tarilib uni tamosha qilgan. Qutayba bilan tuzilgan muvaqqat shartnomaga ko’ra so’g’dlar arablarga: katta miqdorda tovon to’lashlari, har yili ma’lum miqdorda qullar yetkazib berishlari, ibodatxonalardagi barcha boyliklarni berishlari, masjid qurishlari, so’g’d qo’shinlarini shahardan chiqarishlari va shaharni butunlay arablar ixtiyoriga berishlari lozim edi. Furek shahardan lashkarlarni chiqarishga, ibodatxonaga minbar o’rnatishga va g’oliblar uchun ziyofat hozirlashga buyruq berdi. So’g’d podshosi Furek Qutaybani kutib olish uchun shaharning Kesh darvozasiga bordi.
Qutayba arablarga qarshi mardlarcha kurashgan so’g’d podshosi Furekni har tomonlama kamsitishni, uni ruhan mag’lub etishni xohlardi. Shu sababli u dastlab Furekni o’zi oldida tiz cho’kishga va so’ngra to shahar ichidagi ibodatxonagacha piyoda yurishga majbur qildi.
Piyoda ketayotgan Furekning ortidan g’olib Qutayba otda viqor bilan borar edi.
Qutayba shahar ibodatxonasiga yetib kelgach ichkaridan sanamlarni olib chiqishni buyurdi. Bu sanamlarning barchasi oltin, kumush va qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan edi. Foliblar sanamlardan barcha qim¬mat¬baho narsalarni ajratib olib bir joyga to’pladilar. Ibodatxonada sanamlar shu darajada ko’p ediki, ular bir joyga to’planganda ulkan tepalik paydo bo’ldi.
Qutayba barcha sanamlarni yoqib yuborishga buy›ruq berdi. Furek va ibodatxona kohinlari, Qutaybadan bu ishni qilmaslikni so’radilar, kimki bu ishni qilsa bir baloga uchrashini aytdilar. Ularing so’zlaridan g’azablangan Qutayba mash’alani olib sanamlar uyumi ustiga otdi. davomi