Hazrati Xizir masjidi

Ma’lumki ajdodlarimiz bir necha ming yilar davomida otashparastlik diniga e’tiqod qilganlar. Ular uchun payg’ambar Zardusht tomonidan tartibga solingan "Ovesto" muqaddas hisoblangan. Otashparastlik dinining aqidalariga ko’ra yer, suv, havo va olov muqaddas hisoblanib bu to’rt unsur har qanday tahqirlashdan xoli bo’lgan. Hashamatli va ulug’vor ibodatxonalarda kecha-yu, kunduz muqaddas olov yonib turgan, ajdodlarimiz sarxush qiluvchi xaoma ichimligidan ichishib "Ovesto"dan ilohiy madhiyalarni ko’ylaganlar. Ular shu tariqa ma’buda Axura Mazdaga o’z mehr-muhabbatlarini izhor qilganlar... Bu holat to VIII asrning boshlarigacha davom etdi... Eramizning VII asrlarga kelib insoniyat ma’naviyatida yangi hodisa ro’y berdi, ya’ni Arabiston yarim orolining Madina shahrida islom dini paydo bo’ldi. Islom dini tezlik bilan yaqin atrofga tarqala boshladi. Arablar Suriya, Falastin va Eron kabi mamlakatlarni egalashib VIII asrning boshlarida Amudaryo qirg’oqlariga yetib keldilar. Ularning nazarlari So’g’diyonaga qaratilgan edi. 674 yili arab lashkarboshisi Ubaydulla ibn Ziyod Buxoro va Poykent shaharlarini istilo qilib juda ko’p miqdorda o’ljani qo’lga kiritdi. Shundan so’ng, arablar tomonidan Movoro¬un¬nahr deya atalgan bu yurtga birin-ketin bosqinlar boshlandi. Bu yurishlar ichida eng halokatlisi Xuroson noibi Qutayba ibn Muslim tomonidan uyushtirilgan harbiy yurishlar edi. Shu o’rinda, Amudaryo ortiga o’z qo’shinlarini boshlab kelgan arab lashkarboshilarining maqsadlari nima edi? - degan savol to’g’ilishi tabiiydir. Bu muammoni tahlil qilgan tarixchilarning fikrlaricha, arablarning Movoraunnahrga qilgan dastlabki yurishlari talash va ko’plab uljalarni qo’lga kiritishdan iborat bo’lgan. Ikkinchi asosiy maqsad esa o’lkaga yangi islom dinini yoyish edi. Ha, arablar ajdodlarimizdan ular bir necha asrlardan buyon muqaddas hisoblab kelgan yer, suv, olov va havoni emas, bu to’rt unsurni yaratgan yagona Allohni tan olishni talab qildilar. Ammo, bir necha ming yillardan buyon amal qilingan e’tiqodni birdaniga tark etib yangi, hali anglab yetilmagan e’tiqodni tan olish unchalik oson emasdi. Shu tufayli ajdodlarimiz o’z e’tiqodlari va vatanlari himoyasi uchun arablarga qarshi qo’zg’oldilar... Qutayba ibn Muslim boshchiligidagi arab lashkarlari 712 yili Samarqandni qamal qildilar. So’g’d podshosi Furek boshchiligida samarqandliklar erk jangiga ko’tarildilar. Furek kuchlar teng emasligini yaxshi anglab, Shosh podshosi, Farg’ona ixshidi va turk hoqonidan yovga qarshi yordam so’radi Hoqon, ixshid va podsho o’zaro maslahatlashib Samarqand hukmdori Furekka yordam berishga kelishdilar. Hoqonning o’g’li boshchiligida harbiy otryad tuzildi. davomi