Bibixonim maqbarasi
O’sha davrda yashagan bir shoir Bibixonimning go’zalligi haqida: "Uning go’zalligini so’z bilan anglatish mushkul, chunki ul har qanday go’zal so’zdan-da go’zaldir"-deb yozgan ekan. Bibixonimni aql-farosati, mehribonchiligini Amir Temur yuksak baholar edi, shu sababli, sohibqiron oqila malikaga temuriy shahzodalarning tarbiyasini ishonib topshirgan edi. Bibixonimga tabiat ona bo’lish baxtini bermagan edi, u bor mehr-muhabbatini Mirzo Ulug’bek, Muhammad Sulton, Xalil Sulton kabi suyukli nabiralariga baxsh etdi.

Bibixonim o’z sarmoyasidan Samarqandda ulug’vor madrasa bunyod qildi, olimlar shoirlar va me’morlarga g’amxo’rlik qildi. Arab tarixchisi Ibn Arabshohning yozishicha, uni Xalil Sultonning xotini Shodimulk yashirin ravishda zaharlab o’ldirgan... Hozirgi kunlarda Bibixonim mangu uyquda yotgan maqbara ta’mirlanmoqda, yana o’z asliga qaytmoqda, bu yerga ziyoratga kelayotganlarning soni kundan kunga oshib bormoqda...