Bibixonim maqbarasi

Shuni aytish lozimki, ushbu maqbaraga dafn etilganlar, marmartoshlardan yo’nilgan tosh tobutlarga kumilganlar. Ushbu tosh tobutlar dastlab maqbaraning pastiga, ya’ni, sag’anaga qo’yilgan edi, sag’ananing tomi yiqilib tushganidan so’ng esa tosh tobutlar tokchalar ichiga joylashtirilgandir. Arxeologlar dastlab shimoliy tokchada turgan tosh tobutni ochishga kirishdilar. Tosh tobutni yopib turgan tosh qopqoq ko’tarib olingach, uning ichida paxta, gazlamalarga aralashib yotgan suyaklar ko’rindi. Mumiyolangan suyaklar shu darajada aralashtirib tashlanganki, oyoq suyaklari bosh suyaklari bilan birga yotardi. Antropolog M.Gerasimovning aniqlashiga ushbu suyaklar 25-30 yoshli ayol kishiga tegishli ekan. Tosh tobutning qopqog’ida hyech qanday yozuvlar bo’lmaganligi uchun malikaning shaxsiyatini aniqlab bo’lmadi. Shundan so’ng olimlar, shimoliy tokchaga qo’yilgan ikkinchi tosh tobutni ochishga kirishdilar. Bu tobutning uzunligi 1 m 90 sm, eni 47-66 sm, balandligi 37sm, bo’lib u ham yaxlit, kulrang marmartoshdan yasalgan edi. Tosh tobutning qopqog’i ochilgach, uning ichida aralash quralash bo’lib yotgan suyaklar, tuproq, paxta va gazlama qoldiqlari ko’rindi. Tobut ichidagi suyaklar shu darajada ezilib ketgan ediki, uni yoshini aniqlashni iloji bo’lmadi, faqatgina antropolog M.Gerasimov ushbu suyaklar keksa ayol kishiga tegishli ekanligini aniqladi. Shundan so’ng, maqbaraning sharqiy tokchasida tur¬gan tosh tobutlarni ochishga kirishildi. Bu yerda uchta tosh tobut yonma-yon qo’yilgan bo’lib, ular ham yaxlit marmartoshlarning ichini yo’nib tayyorlangan edi. Sharqiy tokchadagi uchala tosh tobutning ikkalasi bo’m-bo’sh bo’lib, faqat bittasining ichida jasad saqlangan ekan. Bu tobutdagi jasad ham titib tashlanganli uchun anchayin tartibsiz holatda yotar edi. Jasad dafn qilinishidan oldin mo’miyolangan, jasadnig yonidan bir necha taqinchoq, rayhon barglari va kafanning qoldiqlari topildi. 1941 yilda ushbu tosh tobut ochilayotganda, uning qopqog’i ustida hyech qanday yozuvlar uchratilmadi, ammo, tarixchi S.A. Lapinning yozishicha, u 1889 yili maqbaraga kirganida, ushbu tobutning usida yozuv bitilgan tosh qopqoqni ko’rganligini yozib qoldirgan. Uning yozishicha, qopqoqning ustida, Qur’ondan ko’chirilgan oyat va pastroqda esa: "Majnunning o’limidan so’ng ming yil o’tsa hamki, uning kafanidan hamon ishq dardi taraladi" degan yozuv bo’lgan. 1926 yili rassom I.Mrachkovskiy maqbarada tadqiqot o’tkazganida, bu yozuvli taxta o’g’irlanib, uning o’rniga oddiy, yozuvsiz qopqoq qo’yilganligini yozgan edi. Shu o’rinda, nega toshtobutlardagi jasadlar titib tashlangan, uni kimlar, qachon qilishgan? - degan savol tug’ilishi mumkin. Bu savolga javob topish uchun gapni ilgariroqdan boshlamoq lozimdir. davomi