Bibixonim maqbarasi
Samarqandning ko’hna qismida, Amir Temur jome’ masjidining kunchiqar tomonida, bundan olti asrlar ilgari barpo qilingan, mo’jazgina, asrlar yukidan beli bukchayib qolgan bir me’moriy obida qad rostlab turibdi.
Bu obidaning gumbazi ostida Amir Temurning suyukli xotini, u bilan ko’plab issiq-sovuqlarni birga baham ko’rgan, zukko, tadbirkor, oqila Katta xonim-Saroymulkxonim-Bibixonim abadiy uyquda yotibdi.
Har xil ofatlar, qarovsizlik va asrlarning zalvorli yukidan uning gumbazi yiqilib tushdi, ammo butunlay yo’q bo’lib ketmadi.
Bibixonim maqbarasi haqidagi ilk tarixiy ma’lumotlarni biz 1404 yili Samarqandga tashrif buyurgan, Kastiliya qiroli Hyenrix III ning elchisi Rui Gonsales de Klavixoning kundaliklaridan o’qishimiz mumkin. Ispan elchisi bu yodgorlik haqida: - "Dushanba, yigirma to’qqizinchi sentyabr kuni janob (ya’ni, Amir Temur) Samarqand shahriga jo’nadi va shaharga kirish yo’lining ustida joylashgan bir uyga to’xtadi. Bu uyni janob xotini Kan’oning (Bibixonimning onasi) uchun qurdirgandi. Uning onasi shu uyning ichidagi sag’anaga dafn etilgan. Uy juda hashamatli bo’lib ichi ajoyib bezatilgan. Ularda uylarni juda hashamatli bezatish odati bo’lmasa-da, bu uy hashamatli, u hali bitmagan, har kuni ish bormoqda» - deb yozgan edi. Bu yerda gap Saroymulkxonim-Bibixonim madrasasi va unga yondosh qilib Amir Temur tomonidan qaynonasi, ya’ni, Bibixonimning onasi, amir Qozonxonning xotini uchun qurdirgan maqbara haqida borayotgani yirik tarixchilar tomonidan tan olingan.
Bibixonim maqbarasi qurilgan davrda juda hashamatli va mahobatli bo’lgan, uning devorlari rang-barang koshinlar, naqshlar hamda Qur’ondan keltirilgan oyatlar bitilgan yozuvlar bilan bezatilgan. Maqbaraning ichki tuzilishi, xuddi Go’ri Amir maqbarasidek ikki, qavatli, pastda sag’ana, tepada esa ziyoratxona bo’lgan. Maqbaraning gumbazi yiqil¬ganidan so’ng unig ichiga qor-yomg’irlar tushib sag’ana¬ning tomi ham yiqilib tushgan.
1941 yili arxeolog Yahyo Fulomov rahbarligidagi olimlar maqbarada qazish ishlarini olib borishib, shu paytgacha no’malum bo’lgan ko’pgina narsalarni aniqladilar. Shu paytgacha, sag’ana o’rtasidagi bo’sh yerning tagida yashirin qabrlar mavjud, degan taxminlar bor edi. Bu yer qazib ko’rilgada, bu yerda hyech qanday yashirin qabr yo’qligi ma’lum bo’ldi. Shuningdek, ekspedisiya a’zolari maqbara XI-XII asrlarga oid madaniy qatlam ustida bunyod qilinganligini aniqladilar.
1941 yilning iyun oyida Ya.Fulomov boshchiligidagi arxeologlar maqbaradagi qabrlarni ham ochib o’rgandilar.
davomi